Turizm va iqtisodiyot fakulteti


Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi



Download 3,77 Mb.
bet2/15
Sana25.06.2022
Hajmi3,77 Mb.
#701670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Otaxonov Saydamin kurs ishi (1)

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Ish kirish, ikki bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan. Uning umumiy hajmi 40 bet, shundan asosiy matn 33 bet. Matnda, 4 ta rasmlar joy olgan, 12 nomdagi adabiyotlar va internet manbalari keltirilgan. Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifasi yoritilgan. Ishning xulosa qismida kurs ishi natijalari umumlashtirilgan.
I. BOB: GERMANIYANING UMUMGEOGRAFIK XUSUSIYATLARI
1.1. Germaniyaning geografik o’rni, shakllanish bosqichlari va davlat tuzumi

Germaniya (nemicha: Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (nemicha: Bundesrepublik Deutschland) — Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni 357 ming km2. Aholisi 83,149,300 kishi (2019-yilga koʻra). Poytaxti — Berlin shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 yer (shtat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga boʻlinadi.1


GFR — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-yil 23-mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994-yillarda qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi — federal prezident. U maxsus chaqiriladigan federal majlis tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va yana faqat bir marta saylanishi mumkin. Federal majlis bundestag raisi tomonidan chaqiriladi va u bundestag deputatlari hamda landtaglar (yer parlamentlari) tomonidan saylangan aʼzolardan iborat. Prezident ish qobiliyatini yoʻqotsa yoki vafot etsa, bundesrat raisi prezident vakolatlarini bajaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. U ikki palata: bundestag va bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Bundesrat esa yer hukumatlari oʻz orasidan 4 yil muddatga tayinlaydigan vakillardan iborat. Ijroiya hokimiyat federal kansler boshchiligidagi federal hukumat qoʻlida. Federal kansler bundestagda prezidentning taklifiga binoan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi. Vazirlar federal kanslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlanadi. Har bir yerning oʻz konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor.
Tabiati
Germaniya manzarasi benihoya xilma-xil va jozibador. Past va baland togʻ tizmalari oralarida yassitogʻliklar, oʻrqirlar, koʻllar, keng va ochiq tekisliklar uchrab turadi. Shimoldan janubga tomon Germaniya 5 landshaft zonasiga boʻlinadi: Shimoliy Germaniya payettekisligi, oʻrtacha balandlikdagi togʻ ostonasi, Janubi-gʻarbiy Germaniya burma poydevorli oʻrta togʻligi, Janubiy Germaniya Alpoldi yassitogligi va Bavariya Alp togʻlari. Shimoldagi payettekisliklarda koʻllar, qirli, qum va tuproqli platolar, yaydoq yerlar va torfli botqoqlar koʻp. Oʻrta togʻ ostonasidan shimoliy tomondagi yerlar (Quyi Reyn, Vestfaliya va Saksoniya-Tyuringiya havzasi) serhosil. Janubda Sharqiy Alp togʻlari qad koʻtargan (eng baland nuqtasi SugShpitse togʻi, 2962 m). Shimoliy dengiz bilan Boltiq dengizi oraligʻidagi past-baland qirgʻoqlarda “Golshteyn Shveysariyasi” joylashgan. Germaniya yer ostida tosh-koʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tuzlar juda koʻp. Oz miqdorda temir rudasi, neft, tabiiy gaz bor. Iqlimi moʻtadil, dengiz iqlimi, gʻarb va shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon dengiz iqlimidagi moʻtadil-kontinental iqlimga oʻta boradi. Yanvarning oʻrtacha harorati pasttekislikda 1,5 °C dan togʻlarda — 6 °C gacha; qishda sertuman, qor tez erib ketadi. Iyulning oʻrtacha harorati pasttekislikda 18 °C dan janubiy vodiylarda 20 °C gacha. Yillik yogʻin miqdori 600-800 mm. Baland togʻlarda yoz salqin, yogʻin 1000-2000 mm. Daryolari: Elba, Reyn, Dunay, Mayn, Vezer, Shire, Mozel. Yirik koʻllari: Voden, Myurits. Tuprogʻi asosan podzol, chimli podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlaridan iborat. Gars togʻlarining sharqiy va shimoliy togʻ oldi joylarida unumdor qoramtir tuproq uchraydi. Togʻlarda qoraqayin, dub, oq va qora qaragʻay oʻsadi. Bugʻu, elik, serna (togʻ echkisi), ohu va boshqalar yashaydi. Milliy bogʻlari — Bavariya oʻrmoni, Berxtesgaden.
Aholisining 90 % dan koʻprogʻi nemislar; qisman dan (daniyalik)lar va gollandlar yashaydi. Shahar aholisi 85 % dan ortiq. Rasmiy tili — nemis tili. Dindorlar — protestantlar (lyuteranlar, 50 % dan ziyod) va katoliklar. Aholi zichligi bir km2ga 229 kishi toʻgʻri keladi. Mamlakatda 7,2 million chet elliklar ham yashaydi. Ular umumiy aholining 8,9 % ini tashkil etadi. Yirik shaharlari: Berlin, Hamburg, Myunxen, Kyoln, Frankfurtmayn, Dortmund, Shtutgart, Dyusseldorf, Hannover, Nyurnberg, Leypsig, Drezden.
Arxeologiya maʼlumotlariga koʻra, Germaniya hududida inson 500-300 ming yillar muqaddam paydo boʻlgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirlarida Germaniyada joylashib olgan nemis qabilalari Rim davlati bilan toʻqnashdi. Xalgʻlarning buyuk koʻchishi deb ataladigan davrdan soʻng Germaniyada alemanlar, bavarlar, sharqiy franklar, sakslar, tyuringlar va frizlar qolgai.
VI-VIII asrlarda Germaniyaning barcha hududini franklar egallab oldi. IX asrda Germaniya yerlari Sharqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan soʻng mustaqil nemis davlatiga yoʻl ochildi. Shtaufenlar sulolasi (1138—1268) davrida Germaniya hududi ancha kengaydi. Ayrim nemis knyazliklari, ayniqsa Saksoniya knyazligi “salib yurishi” niqobi ostida Elba va Boltiqboʻyi xalqlarining yerlarini bosib oldi. XVI asr oxiri — XVII asr boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr-zulmga qarshi qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar bilan turli soliqlar undirib oladigan katolik cherkoviga qarshi qattiq norozilik tugʻildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga qarshi harakat —reformatsiya boshlandi (1517). Reformatsiya davridagi ommaviy harakatning eng yuqori choʻqqisi 1524—26 yillardagi dehqonlar urushi boʻldi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada oʻz mahsulotini tashqi bozorga moʻljallagan yirik xoʻjaliklar paydo boʻldi. 1618-yilga kelib katolik va protestantlarning oʻzaro kurashlari Yevropadagi oʻttiz yillik urush (1618—48) kelib chiqishiga sabab boʻldi. Urush oqibatida Germaniya katta talofat koʻrdi. 1648-yilgi Vestfaliya sulx. shartnomasiga koʻra, Germaniya bir necha knyazliklarga boʻlindi. Oʻzining muhim geografik oʻrni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi (1701-yildan Prussiya qirolligi) eng yirik nemis davlatlaridan biriga aylandi. 1740-1786 yillarga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. Prussiya Yevropada buyuk davlatga aylanib, Germaniyada hukmronlik oʻrnatish uchun Avstriya bilan kurashni kuchaytirdi. 1740-yil Prussiya qoʻshinlari Avstriya Sileziyasiga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi Germaniyada feodal krepostnoy tuzumini bekor qilishni taqozo qilar edi. Fransuz burjua inqilobi taʼsirida Germaniyada dehqonlar harakati avj oldi. nemis knyaz va feodallari Fransiyadagi inqilobni boʻgʻib tashlashni maqsad qilib olishdi. 1792-yil Avstriya bilan Fransiya oʻrtasida urush chiqdi. Prussiya Avstriya tomonida turib urushdi. Urushda Germaniya armiyasi yengildi. 1793-yil 18-martda fransuzlar tomonidan ozod qilingan Mayns shahrida nemis tuprogʻida birinchi demokratik respublika eʼlon qilindi. 1803—1804 yillarda Napoleon Germaniyadagi mayda davlatlarni tugatib, oʻz hukmronligida Reyn ittifoqi tashkil qildi. 1812-yilgi urushda Rossiyaning gʻalabasi Germaniyani Napoleon hukmronligidan xalos qildi. 1813-yilgi Leypsig urushu (xalqlar urushi) dan soʻng Germaniyaning barcha hududi ozod qilindi. 1814—1815- yillar Vena kongressi qaroriga koʻra, 39 davlatni birlashtirgan Germaniya ittifoqi tuzildi. 1834-yil 18 davlat ishtirokida Germaniya bojxona ittifoqi tashkil togshi. Unda Prussiya rahbarlik rolini oʻynar edi. Bu ittifoq sanoat va savdoni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Ayniqsa temir yoʻl qurilishida Germaniya katta yutuqlarni qoʻlga kiritdi va 1850-yilga kelib, Yevropada ikkinchi oʻringa chiqib oldi. 1848—49 yillarda Germaniyada burjua-demokratik inqilobi boʻlib oʻtdi. Uning maqsadi — mamlakatni birlashtirish, monarxiya tuzumini tugatish. agrar masalani demokratik asosda hal etish edi. Biroq, burjuaziyaning qoʻrqoqligi va xoinligi, proletariatning zaifligi tufayli inqilob magʻlubiyatga uchradi. Bu Prussiya hukmdorlarini mamlakatni inqilob yoʻli bilan emas, qurol kuchi va urushlar yoʻli bilan birlashtirish kerak degan xulosaga olib keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya (1866) va Fransiya (1870) ga qarshi olib borilgan urushlardan soʻng Mayn daryosidan Shimolgacha boʻlgan yerlarda Shimoliy Germaniya ittifoqini tuzishga erishdi. 1871-yilgi Fransiya-Prussiya urushidan soʻng Germaniya pruss militarizmi asosida birlashtiriddi. 1871-yil 18-yanvarda nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli Vilgelm 1 ni Germaniya imperatori deb eʼlon qildi. Germaniya kommunistik partiyasi, 1968-yilda tuzilgan; Demokratik sotsializm partiyasi, sobiq GDRda 1946-yilda tuzilgan Germaniya birlashgan sotsialistik partiyasi (GBSP) negizida 1989-yilda tashkil etilgan; Germaniya sotsial-demokratik partiyasi, 1946-yilda tuzilgan; Xristian-demokratik ittifoqi, 1945-yildan faoliyat kursatadi, 1950-yilda tashkiliy jihatdan yagona partiya sifatida rasmiylashgan; Xristian-sotsial ittifoqi, 1945-yilda Bavariyada asos solingan; Erkin demokratik partiya, 1990-yilda tuzilgan: “Ittifoq-90” “koʻkatparvarlar” partiyasi. 1993-yilda “Koʻkatparvarlar” bilan “Ittifoq-90” partiyasining birlashuvi natijasida barpo etilgan; Germaniya milliy demokratik partiyasi, 1964-yilda yangi natsistlar tomonidan tuzilgan; Respublikachilar partiyasi, 1983-yil asos solingan. nemis kasaba uyushmalari ittifoqi, 1949-yilda tuzilgan, Germaniya birlashganidan soʻng sobiq GDRdagi kasaba uyushmalari unga qoʻshildi. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.2
GFR — yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iqtisodiy qudratiga koʻra dunyoda uchinchi oʻrinda, jahon savdosida ikkinchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qurilishning ulushi 33,6 % ni, qishloq xoʻjaligining ulushi 1,2 % ni tashkil etadi.
Mashinasozlik nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qoʻngʻir koʻmir (dunyoda birinchi oʻrin), toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, polimetall rudalar, kaliy va oshtuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik gʻoyat rivojlangan. Germaniya sanoati asosan oʻrta korxonalardan iborat. Sanoatda band boʻlgan barcha xodimlarning 32 % dan koʻprogʻi (2,2 million kishi) yirik firmalarda ishlaydi. “Simens” konserni, “Folksvagen”, BMV va “Daymler Bens” kabi avtomobilsozlik firmalari, “Xyoxst”, “Bayer” va BASF kabi kimyo konsernlari, “Rurkole AG” koʻmir qazish firmasi, “FEBA” va “RVE” elektr texnika konserni yoki “Bosh” guruhi butun dunyoga mashhur boʻlib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik firmalar koʻpdan-koʻp mayda va oʻrta korxonalarning buyurtmachisi hisoblanadi. Bu muvaffaqiyatlarda boshqariladigan iqtisodiyotdan 1948-yilda bozor xoʻjaligiga oʻtilganligi hal qiluvchi omil boʻldi. Transport vositalari ishlab chiqarish, mashinasozlik, kimyo sanoati, elektr texnika, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik, aniq mexanika va optika, aviatsiya va kosmik sanoati asosiy tarmoqlardir. Texnika taraqqiyoti sohasida Germaniya sanoati dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Germaniya iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sunʼiy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va oʻlchov asboblari ishlab chiqarishda, yangi avtomobillar yaratish va mashinasozlikda, telekommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi oʻrinda. Germaniyada qadimdan va goʻzal anʼ-analarga ega boʻlgan hunarmandchilik rivoj topgan.
Germaniyada qishloq xoʻjaligiga yaroqli 36 million ga yer bor. U moʻl-koʻl yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi. Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari: bugʻdoy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, shuningdek uzum, meva, sabzavot va boshqalar. Chorvachilikda mol goʻshti, choʻchqa goʻshti, tovuq goʻshti va sut yetishtiriladi.
Germaniya hududining qariyb uchdan bir qismi (10,7 millionga) oʻrmon bilan qoplangan. Mamlakatda har yili salkam 30—40 million kub metr yogʻoch tayyorlanadi, bu hajm ichki ehgiyojning uchdan ikki qismini krplaydi. Germaniya yogʻoch eksport qiladigan eng yirik davlatlardan biridir. Shimoliy va Boltiq dengizlarida, Grenlandiya oroli atroflarida baliq ovlanadi.
Temir yoʻl uzunligi — 91,4 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 496,6 ming km. Eng katta aeroporti — Frankfurtmayn shahrida. Boshqa yirik aeroportlari: Berlin — Tegel, Berlin — Shenefeld, Bremen, Hamburg, Gannover, Drezden, Dyusseldorf, Kyoln Bonn, Leypsig, Myunxen, Nyurnberg, Saarbryukken va Shtutgart. Suv yoʻllari uzunligi — 7467 km. Asosiy dengiz portlari: Hamburg, Bre-menBremerxafen, Vilgelmsxafen, Rostok.
Germaniya dunyodagi tashki savdo aylanmasi hajmi boʻyicha AQShdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Germaniya chetga asosan avtomobillar, stanoklar, mashinalar, kimyo mahsulotlari va elektr texnika buyumlari chiqaradi. Chetdan xom ashyo, elektr texnika va toʻqimachilik mahsulotlari oladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari: Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Niderlandlar, Belgiya, AQSh, Rossiya, Lyuksemburg. Pul birligi — nemis markasi.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish