24-modda. Turizm sohasidagi yagona reyestrlar
Vakolatli davlat organi Turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantiradi va yuritadi.
Turizm sohasidagi yagona reyestrlar turoperatorlarga, turagentlarga, gidlarga (gid-
tarjimonlarga), ekskursiya yetakchilariga va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga nisbatan,
joylashtirish vositalariga, tog‘ chang‘isi trassalariga va plyajlarga, shuningdek turistik
yo‘nalishlar va turistik obyektlarga nisbatan yuritiladi.
Turizm sohasidagi yagona reyestrlar vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga
joylashtiriladi.
6-bob. Turistik mahsulotni shakllantirish, targ‘ib etish va realizatsiya qilishning o‘ziga xos
xususiyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |