3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
gid (gid-tarjimon) — axborotga oid va tashkiliy xizmatlar ko‘rsatish, turistlar va
ekskursantlarni vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) turistik resurslar bilan tanishtirish
uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy
shaxs;
yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi — turistik yo‘nalishlarda turistlar va ekskursantlarga
hamrohlik qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik
ko‘rgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs;
Do'stlaringiz bilan baham: |