ekskursiya yetakchisi — turistlar va ekskursantlarni muayyan turistik resurs bilan
tanishtirish uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti
bo‘lgan jismoniy shaxs.
4-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
turistlarning, ekskursantlarning va turizm sohasi subyektlarining huquqlari,
erkinliklari, qonuniy manfaatlarini hamda xavfsizligini himoya qilish ustuvorligi;
turizmni barqaror rivojlantirish va buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
turizm sohasida tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va raqobatni
rivojlantirish;
turizm sohasida oshkoralik va ochiqlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |