Turizm to‘G‘risida


-modda. Turistik mahsulotni shakllantirish va targ‘ib etish



Download 107,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/41
Sana21.01.2022
Hajmi107,23 Kb.
#397609
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
O‘RQ-549-сон 18.07.2019. Turizm to‘g‘risida.pdf

25-modda. Turistik mahsulotni shakllantirish va targ‘ib etish

Turistik mahsulot turistik bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda yoxud turistning

yoki ekskursantning buyurtmasiga ko‘ra turoperator tomonidan shakllantiriladigan, turistning

va  ekskursantning  ehtiyojlarini  qanoatlantirish  uchun  zarur  bo‘lgan  turistik  xizmatlar

majmuidir.

Turoperatorning  turistik  mahsulot  jumlasiga  kiruvchi  alohida  turistik  xizmatlarni

ko‘rsatuvchi shaxslar bilan shartnomalar tuzishga va ularni ijro etishga doir faoliyati turistik

mahsulotni shakllantirishdir.

Turistik  mahsulotni  realizatsiya  qilishga  (reklama  qilishga,  ixtisoslashtirilgan

ko‘rgazmalar  va  yarmarkalarda  ishtirok  etishga,  kataloglar,  bukletlar  nashr  etishga  va

boshqalarga) qaratilgan chora-tadbirlar majmui turistik mahsulotni targ‘ib etishdir.

Turoperator  turistlar  va  ekskursantlarga  turistik  mahsulot  jumlasiga  kiruvchi  turistik

xizmatlar  majmui  yoki  ularning  bir  qismi  mustaqil  ravishda  yoki  alohida  turistik  xizmatlar

ko‘rsatuvchi shaxslarni jalb etgan holda ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

Turoperator  turga  kiruvchi  xizmatlarga  bo‘lgan  huquqni  alohida  turistik  xizmatlar

ko‘rsatuvchi  shaxslar  bilan  yoki  turga  kiruvchi  xizmatlarning  barcha  turlari  ko‘rsatilishini

ta’minlovchi,  turistlar  va  ekskursantlarni  qabul  qiluvchi  turoperator  bilan  tuzilgan

shartnomalar asosida oladi.




Turistning, ekskursantning yoki turistlar, ekskursantlar guruhi vakili bo‘lgan shaxsning

turistik  mahsulotni  shakllantirish  uchun  turoperatorga  beradigan  buyurtmasi  dastlabki

shartnoma xususiyatiga ega bo‘lgan bitim tarzida rasmiylashtiriladi.

Kirish  turizmi  va  ichki  turizm  sohalaridagi  turistik  mahsulotni  shakllantirish  faqat

O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan turoperatorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Turistik mahsulotni shakllantirish chog‘ida turoperator atrof tabiiy muhitga, muhofaza

etiladigan  tabiiy  hududlar  va  madaniy  meros  obyektlariga  ehtiyotkorlik  bilan  munosabatda

bo‘lish ta’minlanishini nazarda tutishi shart.

Turistik  mahsulotni  targ‘ib  etish  chog‘ida  turoperator  va  turagent  turistik  mahsulot

to‘g‘risidagi axborotning ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi.

Turagent  turistik  mahsulotni  targ‘ib  etishni  turoperator  bilan  tuzilgan  shartnoma

asosida amalga oshiradi.

Turistik  mahsulotlarni  kirish  turizmi  va  ichki  turizm  hamda  joylashtirish  vositalari

tarzida  reklama  qilish  chog‘ida  turizm  sohasida  belgilangan  milliy  tanitish  belgisidan

foydalanish majburiydir.


Download 107,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish