“Turizm” ta’lim yo’nalishi 181- guruh talabasi ArtikovPanaboy ning


Fransiyada turistik marshrutlarni ishlab chiqish tamoyillari va muhim xususiyatlari



Download 2,81 Mb.
bet9/20
Sana03.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#735746
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
fahriddin kurs ishi

1.2.Fransiyada turistik marshrutlarni ishlab chiqish tamoyillari va muhim xususiyatlari
Turistik marshrutlarni ishlab chiqishda xizmatlarni loyihalash zarur bo‘lib, buni amalga oshirishga asos bo‘lib uning qisqacha ta’rifi xizmatlar bozorini tadqiq qilish natijasida olingan va xizmatlar ijrochisining imkoniyatlarini inobatga olgan holda buyurtmachi bilan kelishilgan talablar to‘plami hisoblanadi. Bunda xizmatlarning tavsifi tegishli xizmat turiga bo‘lgan davlat standarti talablaridan past bo‘lmasligi lozim.
Turli xil xizmatlarga bo‘lgan turistlar talabini ifodalovchi hujjatlarda quyidagi ma’lumotlar aks etishi lozim:
- turistlarga xizmat ko‘rsatish usullari, shakllari va jarayoni bayoni;
- turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni tavsifi;
- zarur xodimlarning soni va ularning kasbiy tayyorgarligi;
- xizmat ko‘rsatishni ta’minlash kafolati;
- rekreatsion resurslar mulkdorlari, sanitariya-epidemiologik nazorat organlari, yong‘in nazorati va boshqalar bilan kelishuv.
Biroq, turizmda xizmat ko‘rsatish jarayonini loyihalash xizmatlarni taqdim etishning alohida bosqichlari va ularning har biri uchun alohida texnologik xaritalarni tuzish bo‘yicha amalga oshiriladi. Xususan, turni loyihalashning natijasi texnologik hujjatlashtirish sifatida unga texnologik xaritalar, yo‘riqnomalar, qoidalar va reglamentlar kiradi.Shu bilan birga, turistik sayohat xizmatini loyihalash quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
- turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturiga muvofiq turistik sayohat xizmatiga kiruvchi har bir turni loyihalash;
- turistik sayohat xizmatini umumiy ravishda loyihalash.
Turistik sayohat xizmati tavsifi ma’lum hududdagi rekreatsion resurslarning imkoniyatlari, aholi ehtiyojlari va to‘lov qobiliyati hamda turistlik sayohatlarning turiga bo‘lgan talabni o‘rganish asosida tuziladi. Bunday tavsif turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturi loyihasida aniqlanadi. Hamda xizmat ko‘rsatish dasturini ishlab chiqishda quyidagi unsurlar aniqlab olinadi:5
- sayohat marshruti;
- xizmatlar ijrochilari yoki turistik tashkilotlarning ro‘yxati;
- har bir xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning xizmatlarni taqdim etish davri;
- ekskursiyalar va diqqatga sazovor obyektlarning tarkibi;
- bo‘sh vaqt tadbirlarining majmuasi;
- marshrutni har bir punktiga tashrifning davomiyligi;
- sayohatda ishtirok etuvchi turistlarning soni;
- ichki tashuvlarga mo‘ljallangan transport turlari;
- gidlar, ekskursiya yo‘riqchilari, chet ellik vakillar yo‘riqchilar, tarjimonlar va ularning tayyorgarligiga bo‘lgan talab;
- transport vositalarining zaruriy miqdori;
- reklama axborot vositalarini tayyorlash tartibi.
Shu bilan birga, har qanday turni loyihalashning natijalari bo‘lib, quyidagi hujjatlar hisoblanadi:
- turistik sayohatning yo‘llanmasi va texnologik xaritasi;
- tashkilotning yuklanish grafigi;
- turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturi;
- turistlik korxonaning safar-trassa pasporti.
Mazkur turlarni loyihalashtirish natijasida turistik marshrutlarni ishlab chiqish va uning tamoyillariga qat’iy rioya qilinadi. Chunki, turistik marshrutlarni ishlab chiqishning asosiy tamoyillari marshrutlarni ishlab chiqishdagi birlamchi talablar va mezonlar bo‘lib qoladi.
Turistik marshrutda turni loyihalashtirish Rossiya turizmida qabul qilingan GOST R-50681 - 94 - “Turistik-ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatish” bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Bu hujjat bo‘yicha turistlarga xizmatlar ko‘rsatish talabnomasida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi shart:
- turistlarga xizmatlar ko‘rsatishning shakli va usullari, jarayonlarini yozish;
- turistlarga xizmatlar ko‘rsatish jarayonini tavsiflash;
- xizmat ko‘rsatuvchilarning soni va malakaviy jihatdan tayyorgarligi;
- xizmatlar ko‘rsatishning shartnomaligi yoki shtatdaligi;
- turistlarga xizmatlar ko‘rsatishning kafolatlanligi;
- xususiy mulkga aylantirilgan turistik obyektlar, yong‘inga qarshi kurashadigan tashkilotlar va sanitariya-epidemiologiya nazorati tashkilotlari bilan o‘zaro kelishuvlar.Biroq, bugungi kungacha turistik marshrutlarni ishlab chiqishning etti xil tamoyil va talabi mavjud bo‘lib, ushbu tamoyillarni turistik marshrut ishlab chiqishdagi asosiy talablar sifatida qabul qilinmagan. Chunki, bular turistik marshrutlarni ishlab chiqish uchun qilingan yo‘l-yo‘lakay kuzatuv, talab, amaliyot, o‘y-fikr va takliflarni jamlagan mutaxassislarning umumiy xulosa va ijodiy qarashlari natijasidir.
Avvalo, turistik marshrutlarni ishlab chiquvchi xodim tomonidan mazkur tamoyillar qo‘llanilganda u tomonidan marshrutga kiritish obyektlari, shart-sharoitlari, turistlar, xizmat qiluvchilar va mahalliy aholining takliflari yoki talablari bilan boyitib va mukammallashtirib boriladi. Eng avvalo, turistik marshrutni ishlab chiqish ma’lum bir nazariya yoki biror-bir standart yoki qolipga bo‘ysunmaydi. Chunki, turistik marshrutlarga bo‘ysunadigan standartlar bevosita marshrutlarning texnik jihatlaridir.
Turistik marshrutni ishlab chiqish ma’lum turistik obyekt va resurslarga turistlarni jalb qilishdagi eng birinchi harakat hisoblanadi. Shuning uchun ham, marshrutni ishlab chiqish, uning turini ishlab chiqish va ma’lum turistik obyektlardan turizmda foydalanishni turlar mukammal va har tomonlama qulay imokniyatlariga ega bo‘lgan marshrutlar asosida amalga oshirilishini talab qiladi. Ya’ni, u turistik marshrutning mukammal ishlab chiqilishi bo‘lib, bu turistning erkin harakat qilishi va turdagi xizmatlarga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida qondiradi.Ana shulardan kelib chiqib, hozirgi kunda turistik marshrutlarni ishlab chiqishning tamoyillari yaratilib, bevosita turizmda har qanday turistik marshrutlarni ishlab chiqishda ushbu tamoyillardan keng foydalaniladi. Mazkur tamoyillar quyidagicha guruhlanadi:1.2.1-jadval

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish