- turistik marshrutlarni ishlab chiqishdagi ko‘p variantlilik tamoyili.Bu tamoyil bo‘yicha ma’lum bir tur uchun ishlab chiqiladigan marshrutning bir necha variantlari oldindan tayyorlanib qo‘yiladi. Masalan, ob-havo o‘zgargan hollarda turistik marshrutdagi xizmatlar o‘zgaradi.Natijada, turistik marshrutdagi ekskursiyalarni o‘tkazish murakkablashadi.
Bunday vaziyatda ekskursiyaga ajratilgan vaqtni samarali o‘tkazish tadbirlarini ishlab chiqish zarur bo‘ladi va marshrut dasturiga kiritiladi. Jumladan, ma’lum tur uchun marshrutning o‘zgartirilgan variantlari turistlar soni o‘zgarganda ishlab chiqiladi. Chunki, bu holatda oldingi marshrutdagi hajm o‘zgarib ketadi. Shu o‘rinda turistlarning jismoniy tayyorgarligi va yoshi bilan bog‘liq holatlarda marshrutning yangi variantlari ishlab chiqiladi.
- turistik marshrutlarni ishlab chiqishdagi qulaylik tamoyili.Bu tamoyilda marshrutdagi barcha xizmatlarni turistga taklif qilishda birinchi navbatda qulaylilikga e’tibor beriladi. Bular bevosita ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar va ehtiyojlarini qondirish omillari kabilar bo‘lishi mumkin.
- turistik marshrutni ishlab chiqishning axborotlanganlik tamoyili.Unga asosan turistik marshrut haqidagi barcha ma’lumotlar, ya’ni broshyura, bukletlar, ma’lumotlar, gazeta, radio, televedenie va aloqa vositalari marshrut ish boshlaganidan oldin tayyor bo‘lishi lozim. Bunda turist marshrutda ko‘radigan va eshitadigan ma’lumotlari, yurishi, transport turlari, dam olish, ovqatlanish tartibi, ko‘ngilochar o‘yinlar turi, ekskursiyalar va uchrashuvlarga javob bo‘ladi. Shu bois, axborotlanganlik tamoyili turizmdagi barcha turistik resurslarga ishlab chiqiladigan turistik marshrutlarda qo‘llanilishi lozim.
Darhaqiqat, turistik marshrutlarni ishlab chiqishdagi birinchi talab yuqoridagi qayd qilingan tamoyillarni puxta bilish va o‘z o‘rnida talabiga qarab qo‘llash va ishlatish hisoblanadi. Hamda turistik marshrutlarni ishlab chiqishdagi tamoyillar alohida-alohida yoki majmuali holda qo‘llanilishi mumkin.Turistik marshrutlar dastur asosida yaratiladi. Mazkur turistik marshrut dasturi marshrut atrofidagi barcha qiziqtiruvchi obyektlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ya’ni, turistik marshrutda turistni qiziqtiruvchi va uni tomosha qildiruvchi resurslar ko‘p bo‘lsa, unga talab ko‘payadi hamda turistik oqim hajmi oshadi.
Darhaqiqat, turistik marshrutlarni ishlab chiqishda turli yo‘nalishdagi uslubiy yondashuvlarni hisobga olish lozim. Ya’ni, turistik marshrutlarni ishlab chiqish quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:7
- mavzuli usul. Avvalo, turistik marshrutlarni ishlab chiqishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul mavzuli usul hisoblanadi. Unga asosan, turistik resurslar ma’lum bir tizimda turganligi, ya’ni nomlanishi bo‘yicha turlarga ajratiladi. Masalan: ekologik, diniy-ziyoratgoh, sport turizmi va boshqalar.
Mazkur qayd qilingan nomlanishdan ma’lum bo‘ladiki, ekologik turizm marshrutlari tabiat landshaftlari va uning biologik resurslari bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham, ekologik turizm marshrutlarining barchasi tabiat resurslari va uning turlari nomi bilan aytiladi. Biroq, ekologik turizm marshrutlari alohida tabiiy landshaftlarga ishlab chiqilishi mumkin.
Hamda ekologik majmuali mavzuda ham ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, qo‘riqxonalarda ishlab chiqilgan turistik mashrutlarni ekologik turizmning majmuali marshrutlari deb atash mumkin bo‘ladi. Chunki, qo‘riqxonada turist tabiat va uning biologik xilma-xilligini majmuali holda tomosha qiladi. Shuning uchun ham, turizm marshrutlarni ishlab chiqish turistik resursning nomi bilan ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |