- yangi zamonaviy marshrutlar. Bu marshrutlar XVII-XVIII asrlarga xos bo’lib, ushbu davrda Yevropa va Amerikadagi dastlabki avtomobillar, poyezdlar va samolyotlar hamda bug‘ bilan suzadigan kemalar ixtiro qilindi.
- o‘zgartirilgan marshrutlar. Unga asosan,inson o‘zi uchun qulaylik va sharoit yaratadigan geografik rel’ef shakllari asosida o‘zgartiradi. Albatta, mazkur marshrutdagi yangi yo‘l eskisiga qaraganda o‘zining xavfsizligi, qulayligi hamda harakatlar uchun ko‘plab sharoitlar va imkoniyatlarining mavjudligi bilan ajralib turadi.
Ayniqsa, o‘zgartirilgan marshrutlar ko‘pincha davlatlar o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy me’yorlarning buzilishidan kelib chiqadi. Hamda davlat ichidagi marshrutlar yangi shaharlarning qurilishi va boy tabiiy-mineral resurslarning ochilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunga sanoat obyektlarining markazlashuvi, arxeologik topilmalar va tabiat qo‘riqxonalarining tashkil qilinishi ko‘pincha yangi marshrutlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
- o‘zgarmaydigan marshrutlar. Ma’lumki, barcha yo‘llar Rimga olib boradigan shiorda bo‘ladi hamda u asosan dunyoning qadimiy-tarixiy obidalari, diniy rahnomalar dafn etilgan joylar hamda tabiatning noyob haykallari joylashgan manzillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Misrdagi piramidalar, Xitoy, Hindiston, Tailanddagi qadimiy toshdan qurilgan ibodatxonalar, Makka, Madina, Quddus, Buxoro, Samarqand, Xiva va Vatikan kabi shaharlar, tabiat haykallari, Niagara sharsharasiga, g‘orlar, buloqlar va tog‘larga boriladigan marshrutlar o‘zgarmaydi.
Shuningdek, shaharlar va davlatlar o‘rtasidagi temir, havo va avtomobil yo‘llarining marshrutlari ham deyarli o‘zgarmaydi. Xususan, “Buyuk Xitoy devori” bo‘ylab o‘tgan marshrut devorning yo‘qolib ketgunicha harakatda bo‘ladi va o‘zgarmaydi.
- tiklanadigan marshrutlar. Bunday marshrutlar asosan qadimiy marshrutlar bo‘lib, asrlar o‘tishi va ilmiy-texnika taraqqiyoti hamda marshrutda transport turlarining o‘zgarishi tufayli dastlabki ahamiyatini yo‘qotgan marshrutlar hisoblanadi. Masalan, eramizdan oldingi II-III asrlarda mashhur bo‘lgan va tuya karvonlari bilan harakatlanadigan “Buyuk ipak yo‘li” marshrutini tiklash uchun xalqaro harakatlar boshlandi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1995-yil 2-iyunda qabul qilgan “Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmon asosida “Buyuk ipak yo‘li” marshrutini tiklash doirasida qadimiy yo‘l marshruti aniqlanib, zamonaviy avtomagistral yoki temir yo‘l transporti tarmoqlariga aylanishi ham ko‘rib chiqildi. Hamda tuya karvonlari marshrutini ekzotik turizmni rivojlantirish uchun qisqa masofalarda tashkil qilish rejasi ishlab chiqilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |