Sog‘lomlashtiruvchi dam olish turizmi
- o‘ta shaxsiy individual xarakter kasb
etadi. Inson organizmiga ta’sir etish vositasiga qarab davolanish uchun dam olish
iqlimli, dengiz, balchiq bilan davolanish va hokazolarga bo‘linadi.
Tanishuv (ekskursion) turizmi
- o‘z ichiga tanishuv (bilish, ko‘rish va eshitish)
maqsadlari bilan bog‘liq tashrif va sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Ekskursiya bilishning
bir shakli bo‘lib, shaxs intelekti va dunyoqarashini kengaytirish vazifasini bajaradi.
Malakaviy ish turizmiga
- ish maqsadlari bilan bog‘liq safarlar kiradi. Hozirgi
taraqqiy etgan zamonaviy jamiyatda hayot xalqaro aloqalarni bog‘lash zaruriyatini
tug‘dirmoqda. So‘nggi yillarda ishchan soha vakillarining, tadbirkorlarning tashriflari
ommaviy tus olmoqda. Qator turistik firmalar guruhlarga jamlangan biznesmenlarning
turli maqsadlardagi tashriflarini tashkil etishga ixtisoslashtirilmoqda. Ushbu turdagi
turizmning o‘ziga xos xususiyatlari Shundan iboratki, ishchanlik vaziyatida o‘tadigan
uchrashuv ishtirokchilari oddiy sayyohga qaraganda mamlakat bo‘ylab sayohat paytida
ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Shuning uchun ko‘pgina davlatlar xalqaro forumlarni va
Shunga o‘xshash tadbirlarni o‘zlarida o‘tkazishga harakat qiladilar.
Ilmiy turizmxalqaro turizmning
- o‘qish, ta’lim olish maqsadida, malaka
oshirish maqsadida amalga oshiriladigan nisbatan yangi turi hisoblanadi. Xorijda
ta’lim olish uchun safar qilish O‘zbekistonda ham turbiznesining o‘rnatilgan
segmentlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Safarlarning ommabop bo‘lib borayotgan turi
bu til o‘rganish maqsadida, ayniqsa Buyuk Britaniyaga va boshqa ingliz tilida
so‘zlashadigan davlatlarga safarlar kengayib bormoqda.
Sport turizmining
- asosiy maqsadi turistlarga o‘zlari tanlagan sport turi bilan
shug‘ullanishiga imkoniyat yaratib berishdan iborat. Sport turizmi zaruriy baza
mavjudligini talab etadi: turli inventarlarni, maxsus trassalarni, yo‘llar, sport
maydonchalarini, asbob-uskunalar. Sport sayohatlariga qo‘yiladigan asosiy talablardan
biri bu dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi.
Shop-turlar
- Rossiya va MDH davlatlari uchun xosdir. Xorijiy mamlakatlarga
tashrifning asosiy maqsadi xorijdan xalq iste’moli tovarlarini xarid qilib, uni o‘zining
mamlakatida yana qayta sotishdan iborat. (poyabzal, trikotaj va boshqa tovarlarni
Turkiya, Italiya, Portugaliya, Suriyadan; yozgi to‘qilgan kiyimlarni Indoneziyadan;
po‘stinlar Gretsiya va Argentinadan; mebellarni Polsha va Italiyadan; elektronika
mahsulotrlarini BAAdan; avtomashinalarni Germaniya, Shvetsiya, Finlandiya,
Gallandiyadan sotb olishadi).
Diniy turizm
- haj safari, ziyorati hozirgi vaqtda juda yuqori talabga ega bo‘lib,
ommaviy tus olmoqda. Har yili yuzlab vatandoshlarimiz Makka-yu Madinaga haj va
umra safarlarini amalga oshirmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |