Туризм, таълим ва и қ тисодиёт тармо қ лар



Download 7,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/285
Sana12.03.2022
Hajmi7,11 Mb.
#491948
TuriСборник
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   285
Bog'liq
Интеграция туризма, образования и экономики

Литература
1. Дербенов Ч. Ю. Информационные системы и информационно-
коммуникационные технологии в бизнесе: Учебное пособие. — Ростов-на-Дону: 
Медиаграф, 2016. — 152 с.
2. Раклов В. П. Картография и ГИС: Учебное пособие. — 2 изд.– М.: 
Академический проект, 2014. –224 с.
3. Чудновский А. Д., Жукова М. А. Информационные технологии 
управления в туризме: Учебное пособие. — 4 изд., стер. – М.: Кнорус, 2016. — 
102 с.
O’ZBEKISTON MEHMONXONA XIZMATLARINI XORIJ 
TAJRIBASI ASOSIDA RI VOJLANTIRISH 
Axmedov Behzod, talaba 
Toxirov J.R., ilmiy rahbar 
Buxoro davlat universiteti 
Hozirgi vaqtda mehmonxona korporatsiyalari mehmonxona xizmati bozorida 
mustahkam o’rnashib olgan. Butun dunyodagi katta shaharlarida ulkan mehmonxona 
zanjirlariga tegishli mehmonxonalar mavjud. O’zbekiston ham bunda orqada emas. 
Hozirgi kunda dunyo mehmonxona zanjirlari O’zbekistonning mehmonxona bozorini 
aktiv holatda egallamoqda.Ko’pgina shaharlarda asosan poytaxtda dunyoning ulkan 
mehmonxona zanjirlari nomi paydo bo’lyapti.Mehmonxona zanjiri bu bir xil 
dizayndagi, bir xil darajadagi xizmatlar turi, bir xil xizmatlar, mijozga bir muomala, 
munosabat, qarash yo’lining o’xshashligini o’z ichiga oladigan mehmonxonalarning 


159 
birlashgan holatdagi jamlanmasidir.Odatda mehmonxona zanjirigi tegishli bir 
mehmonxona boshqa mehmonxonaning qandayligi haqida guvoh bo’lishi mumkin. 
Shunday qilib, mehmonxona zanjirlariga tegishli mehmonxonalar material-texnikaviy 
va xizmatlarning bir xilligiga qattiq rioya qilishadi. Mehmonxona zanjirlari bir 
davlatda yoki bir necha davlatlarda faoliyat yuritishadi ya’ni milliy yoki xalqaro 
bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda dunyoda 100 dan ortiq mehmonxona zanjirlari 
mavjud bo’lib, jami nomerlar fondi 2 000 000 dan ortiq. 
Eng katta mehmonxona zanjirlariga quyidagilar kiradi: 
1.
Holiday INN; 
2.
Best Western; 
3.
Sheraton; 
4.
Ramada INN; 
5.
Accor; 
6.
Hilton Corporation; 
7.
Club Med; 
8.
Novhotels; 
9.
Marriot International; 
10.
HFS Ink va h.k. 
Mehmonxona zanjirlarining bilimi qanchaligi ularning dunyo bozoriga qay 
darajada kirib borishiga va u yerda o’z mavqeiga ega bo’lishiga yordam 
beradi.Ko’pgina 
mehmonxonalar 
zanjirlarining 
boshqarmasi 
AQSHda 
joylashgan.Lekin asosiy foyda boshqa davlatlardan olinadi. 
Mehmonxona zanjirlarining turizmdagi roli shu bilan birga iqtisodiyotning 
boshqa tarmoqlari uchun hech shubhasiz asosiylardan hisoblanadi. 
Mehmonxona zanjirlari ishlab chiqarish darajasining ko’tarilishiga va turistlarga 
xizmatning yaxshilanishiga olib keladi. Mehmonxona zanjirlarida yaratilgan dizayn, 
xizmat va boshqalar bo’yicha aniq ko’rinishni boshqa davlatlarda uchratgan turistlar, 
shu zanjirning boshqa davlatdagi mehmonxonalarida uchratib, shu o’xshash 
qulayliklarda o’zlarini uydagidek his etadilar. 
1950 - yillardan boshlab dunyo mehmonxona industriyasida mehmonxonalar 
ishini tashkil etishning xilma – xil modellari o’rnatildi. 
Birinchi model – Rits modeli bo’lib, Shveysariyalik Sezar Ritz nomi bilan 
bog’liq.Ko’pgina obro’li mehmonxonalar “Ritz” nomi bilan mashhur. Misol, Parijda 
joylashgan “Ritz” mehmonxonasi.Bunday nomlashning asosiy sabablari nufuz va 
aristrokratizmdir. Hozirgi vaqtda bunday nomlash tanazzulga uchragan. 
Ikkinchi model amerikalik tadbirkor Kemansi Uilson (“Holiday Inn”) nomi bilan 
bog’liq. Bu model o’zining yetarlicha yuqori standartli xizmatlari va mijozlarning 
takliflarini qondirishlarining katta egiluvchanligi bilan ajralib turadi. 
Bu model bilan tashkil etilgan mehmonxona zanjirlariga quyidagi asosiy talablar 
qo’yiladi: 
-
Bir xil stil (arxitektura, interyer); 
-
Belgilarning va tashqi axborotning bir xilligi; 
-
Mehmonlarni kutish xonasining kengligi va funksionalligi; 
-
Mijozlarni registratsiyalashning tezligi; 
-
Doimgi mijozlar uchun mo’ljallangan xonalar; 


160 
-
Ertalabki nonushta “shved stoli” asosida; 
-
Konferensiya xonasining mavjudligi; 
-
Egiluvchan tariflar sistemasi; 
-
Boshqaruv, marketing va kommunikatsiya xizmatining birligi. 
Dunyodagi mehmonxona zanjirlarining boshqaruvi ostidagi mehmoxona 
xonalarining 50% ikkinchi model asosida yuritiladi. 
Uchinchi model –“mustaqil” mehmonxona zanjirlari (Misol, “Best 
Western”).Bu modelga asosan mehmoxonalarning dizayni, xizmatlari, joylashgan joyi, 
katta kichikligining turlichaligidan qat’iy nazar bir xil brend ostida 
birlashadilar.Zanjirning a’zolari – mehmoxonalar yagona fondga vznos to’laydilar. 
Shu mehmonxona zanjirlarining barcha xarajatlari ya’ni qo’shma reklamalar va 
marketing tadqiqotlariga ketadigan xarajatlar shu yagona fonddan foydalaniladi. Shu 
bilan birga mehmonxonalar o’zlarining moliyaviy-iqtisodiy va boshqaruv tizimining 
mustaqilligi saqlanadi. 
Hozirgi kunda mehmonxona zanjirlari mustaqil mehmonxonalardan bir necha 
barobar hajmda foyda olayotganini bilish qiyin emas.1980 yili AQSHning 62% xonalar 
fondi birlashganini bilish mumkin. 10 yildan so’ng esa bu ko’rsatkich 75%ga 
ko’tarildi, 2000 yilda bu ko’rsatkich 90%ga ko’tarildi. 
Bu tez o’sishning sababi nimada bo’lishi mumkin?Bu savolga eng qisqa javob – 
samaradorlikdir.Mustaqil mehmonxona bozorda qattiq raqobatga duch keladi.Ularda 
odatda samarador siyosatli mehmonxona zanjirlariga qarshi uchta alternativ yo’l 
bo’ladi.Birinchidan, mustaqil mehmonxonalar o’zining ko’rsatadigan xizmatlariga 
narxni tushurishi mumkin.Bu usul juda mashhur, lekin shu bilan birga juda ham xavfli. 
Ikkinchidan, Agar mustaqil mehmonxonaga investitsiya kiritilsa, ular investitsiyani 
modernizatsiya, yangilikka va taraqqiyotga yo’naltirishi mumkin. Bu usul yetarlicha 
oqilona usul hsoblanib, ko’pgina mustaqil mehmonxonalar shu usulni qo’llashadi. 
Nihoyat uchinchi usul, biror – bir mehmonxonani sotish orqali foyda olish ya’ni 
sotilgan mehmonxona puli orqali boshqa obyektlarni rivojlantirish. 
O’zbekistonda Toshkent shahrida dunyo mehmonxona zanjirlari tarmoqlari 
mavjud.Bularga AQSHning mashhur “Intercontinental hotelGroups” mehmonxona 
zanjirining “Intercontinental” mehmonxonasi. 
Turkiyaning “Dedeman” mehmonxona zanjirining “Dedeman” mehmonxonasi 
va 
Indoneziyaning 
"LE 
GRANDE 
PLAZA 
HMEHMONXONA" 
xorijiy 
mehmonxonasi bor.Bir necha yil oldin AQSHning mashhur mehmonxona zanjirlaridan 
biri “Sheraton”, Toshkentda bo’lgan mehmonxonasini yopdi.
O’zbekistonda ham milliy mehmonxona zanjirlari mavjud. Bularga: “Malika”, 
“Asia” rasmiy mehmonxona zanjirlari hisoblanadi. “Malika” mehmonxona zanjiri 
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Xiva shaharlarida o’z mehmonxonalarini 
qurgan. Bugungi kunda “Asia Hotels” mehmonxona zanjiri 5 ta mehmonxonalarni 
birlashtiradi: Asia Khiva, Asia Bukhara, Asia Fargona, Asia Samarkand, Asia 
Tashkent . 
Lekin Shunday mehmonxonalar borki ular bir – birlari bilan norasmiy holda 
ittifoqlashadilar.Bunga ko’p sabablar bo’lishi mumkin. Masalan: Qarindoshlik, 
do’stlik, tanish bo’lgan va hokazolar sabab bo’lishi mumkin. Bularga misol Buxoro 
shahrining “Nodirbek”, “Caravan”, “Lyabi House” mehmonxonalari o’z aro 


161 
ittifoqlashganlari.Bu mehmonxonalarning ittifoqlashganlariga sabab qarindosh 
ekanliklari.Lekin bularning kamchiliklari joy yetishmaganda bir – birlariga murojaat 
qilishlaridir. 
Kamchiliklar 

Turizm yo’nalishida qonunlarning yetishmovchiligi; 

Turizmga e’tiborning kamligi; 

Infratuzilmaning kam rivojlanganligi; 

Erkinlikning kamligi; 

Noqonuniy ishlarning ko’pligi; 

Soliqlarning yuqoriligi… 
Shuni aytish kerakki hozigi kundadavlat tomonidan turizm bo’yicha 
qonunlarningyetarlicha ishlab chiqmayotganligi turizmning rivojlanishiga salbiy ta’sir 
qilyapti.Bundan turizmga e’tiborning kamligi bilinadi. 
Turizm bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy, tomondan tez 
rivojlanishidir.Obro’ – e’tiborining oshishiga olib keladi.O’zbekiston turizm bo’yicha 
Yevropadan qolishmaydigan potensialga ega.Lekin bu potensialdan kam foydalanish 
Shuncha rivojlanishdan qolmoq deganidir. 
Mehmonxonalarimizda qo’shimcha xizmatlarni ko’paytirishimiz kerak. Ulardan
asosiylari bu turist har doim duch keladigan valyuta almashtirish xizmatini yaxshi 
yo’lga qo’yishimiz kerak. Istalgan vaqtda ular o’z valyutalarini o’zbek so’miga 
almashtirish imkoniga ega bo’lishi.Eng kata e’tibor mehmonga qilinadigan muomila 
uning ruhiyatiga katta ta’sir qiladi. Mijoz istagan vaqti so’ragan xizmati qancha tez va 
sifatli bajarilsa usha mijozning xizmat ko’rsatgan mehmonxonaga yana tashrif 
buyurish istagini uyg’otadi va mehmonxona o’zining doimiy mijoziga ega bo’ladi. 

Download 7,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish