Туризм, таълим ва и қ тисодиёт тармо қ лар



Download 7,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/285
Sana12.03.2022
Hajmi7,11 Mb.
#491948
TuriСборник
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   285
Bog'liq
Интеграция туризма, образования и экономики

4. Narxlash modellari
-bannerlarni joylashtirish narxlari. Internet tarmog‘ida 
reklamalar joylashtirishni narxlashning bir qancha modellari mavjud. 
a) Belgilangan oylik to‘lov asosida joylashtirish FFA (Flat Fee Advertising) — 
reklamalarni joylashtirishning eng keng tarqalgan narxlash usuli bo‘lib, bu modelda 
namoyishlarning soni va unga bo‘lgan murojaatlar hisobga olinmaydi. Ko‘pchilik veb-
sahifalar reklama beruvchining bannerini o‘zlarining bir yoki bir nechta sahifalariga 
belgilangan oylik to‘lov asosida joylashtirishga intiladilar. Bu narx sahifaning 
ommabopligi, reklamaning joylashgan va egallagan o‘rni kabi bir qancha omillar 
asosida belgilanadi. 
b) Mingta namoyishlari uchun to‘lov asosida joylashtirish CPM (cost per 
thousand, M-rim ming raqami) — yana bir keng tarqalgan narxlash modellaridan biri 
bo‘lib, bu reklamaning mingta namoyishlari uchun to‘lovdir. Bu modelda to‘lov 
maxsus hisoblagich programma hisoblab boradigan namoyishlar soniga qarab amalga 
oshiriladi. Foydalanuvchining brauzeri bannerni yuklagan, ammo foydalanuvchining 
o‘zi uni ko‘rmagan hollarda ham sistema namoyish amalga oshirildi deb hisoblaydi. 
Bu kabi hollar banner sahifaning quyi qismida joylashganda foydalanuvchi sahifani 
ochib, ammo oxirigacha pastga tushmaganda yoki sahifa yuqorisidagi banner sekin 
ochilib foydalanuvchi uni kutib o‘tirmasdan pastdagi ma’lumotlarga e’tibor berganda, 
yoki brauzerdan bannerlarni ko‘rinmaydigan qilib o‘rnatib qo‘ygan holatlarda ro‘y 
berishi mumkin bo‘lib, ularni inobatga olish lozim. 
Ko‘pgina veb-sahifalarda “Рeклама на сайтe” tugmasi mavjud bo‘lib, uning 
yordamida narxlar va bannerlarga qo‘yilgan talablar haqidagi ma’lumotni olish 
mumkin. Quyida eng ommabop deb hisoblangan ba’zi veb-sahifalarga bannerlarni 100 
000 namoyishlar soni bilan joylashtirish narxlari keltirilgan. 
Ba’zi sahifalarga reklama bannerlarini faqat 33 000 ta namoyishlar soni bilan 
joylashtirish mumkin. Bunda uchta banner navbat bilan almashinib turadi. 
Bu bosqichlarni amalga oshirgandan so‘ng reklama beruvchi o‘z e’lonlarini bir 
vaqtning o‘zida bir yoki bir nechta veb-sahifalarga joylashtirishi mumkin bo‘ladi. Shu 


390 
bilan birga, internet reklamalarining yana bir qancha turlari mavjud. Misol tariqasida 
bayriklar (o‘z-o‘zidan chiquvchi reklama oynachasi), elektron pochta jo‘natmalari, 
kontekstli reklamalarni keltirish mumkin. Albatta reklama beruvchi ularning 
hammasidan kompleks tarzda foydalanishi ham mumkin, ammo bu bir tarafdan 
reklama byudjetining ortishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan jiddiy tayyorgarlikni 
talab qiladi. 
Boshqa davlatlar bilan solishtirganda mamlakatimizda Internet reklamalarni 
ishlab chiqish, yo‘lga qo‘yish borasida hali bir qancha muammo va kamchiliklar 
mavjud. Ularning eng asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
1. Reklama beruvchilarning internet reklamalari to‘g‘risida yetarli ma’lumotlarga ega 
emasligi; 
2. Internet reklama bozorining yaqindagina vujudga kelgani va hozirgi 
rivojlanish darajasi past ekanligi; 
3. Internet foydalanuvchilar soni nisbatan kamligi, shahardan tashqari 
foydalanuvchilar Internetga ulanishda ayrim qiyinchiliklarga duch kelishi; 
4. mamlakatimizda internet marketing va elektron tijorat rivojlanishi nisbatan 
past darajada ekanligi; 
5. Bevosita reklama faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, maxsus bilim va 
ko‘nikmalarni egallagan mutaxassislarning yetishmasligi. 
Yuqorida aytib o’tilgan Internet reklamasi tashkil qilishdan tortib uning 
boshqarilishigacha bo’lgan jarayonlarni hozirgi kunda mehmonxonalarda tadbiq qilish 
juda samarali natijani beradi deb o’ylayman. Chunki bugungi kuga kelib barcha 
bajariladigan kasbiy faoliyat ishlarining hamda kundalik hayotda internetning o’rni 
yuqori bo’lib qolgan. Shu bois, mehmonxona faoliyatini rivojlantirishda reklamaning 
aynan internet bilan bog’liq qismiga ko’proq e’tibor qilish talab qilinib kelinmoqda. 
Buning uchun mehmonxonaning asosiy veb-sahifasining mavjudligi hisobga olish 
kerak. Nafaqat veb-sahifa, balki butunjahon bronlash saytlarida ham o’z o’rniga ega 
bo’lishini ko’zda tutish kerak. Bundan tashqari, millionlab mijozlariga ega bo’lgan 
Facebook, Instagram saytlarida ham profilning bo’lishi yanada yaxshi natija beradi. 
Bularning hammasi mehmonxonaning rivojlanishiga hamda o’z mijozlariga ega 
bo’lishi uchun internet reklamaning to’g’ri yo’lga qo’yilishiga bog’liq.
Mehmonxonalar rivojlanishi bilangina emas, O’zbekiston turizmini yanada 
barqarorlashishiga tayanib, turistlar sonini ko’paytirishga hamda yangi ish o’rinlarini 
oshirish uchun ko’plab chora – tadbirlar olib borilmoqda. Buning isboti sifatida, 2017-
yilning 3-oktabr kuni O’zbekiston Republikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
Iqtisodiyotda o’z ta’sirini o’tkazayotgan Turizm sohasini yanada rivojlantirish 
yuzasidan yig’ilish olib bordi. Yig’ilishda mamlakatimizda turizmni izchil 
rivojlantirish 
istiqbollari, 
sayyohlik 
ob`yektlaridan 
samarali 
foydalanish, 
ko'rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan 
sayyohlar oqimini ko'paytirish masalalari o’rtaga tashlandi. 2017-yilning 9 oyi 
davomida O’zbekiston turizmining o’sish ko’rsatkichlari ko’rib chiqildi. O’tgan yilga 
nisbatan qariyb 1 million 800 ming sayyoh (17% yuqori) yurtimizga kelganligi qayd 
etildi. Natijada Turizm ko’rsatkichlari keyingi yillarda o’sishiga yo’naltirilgan g’oya, 
takliflar yuzaga chiqmoqda. Bulardan biri Turizm sohasida Internet reklamani 
kengaytirish yo’llari hisoblanadi. 


391 

Download 7,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish