191
Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlari; Toshkent, Navoiy,
Guliston kabi zamonaviy
shaharlarning ko’rki va yangicha husnu jamoli nafaqat mamlakatimiz aholisini, balki
xorijlik sayyohlarning ham diqqatini o’ziga jalb qilib kelmoqda.
Yurtimiz tarixi, xalqimiz madaniyati, tabiatining naqadar go’zalligi, tabiiy
madaniy boyliklari o’rganishga arziydigan buyuk ilmiy merosdir.
Turizm sayohat demakdir. Turizm ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida barkamol
avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo’lgan omillardan biridir. Unda dam olish,
hordiq chiqarish, jismonan chiniqish, ijtimoiy-foydali mehnat qilish, tabiatni muhofaza
qilish (ekologiya), o’lkani o’rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi keng qamrovli
ijtimoiy-tarbiyaviy hamda madaniy jarayonlar mujassamlashadi. Ularni amalga
oshirishda tashkiliy va boshqaruv faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Sayohatning
bu yo’nalishlari jahondagi qator mamlakatlarda maqsadli ravishda ommaviy
qo’llanilib kelinmoqda. Shu sababdan turizmning o’ziga
xos tarixiy rivojlanishi
mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy faoliyatiga katta ta’sir
ko’rsatadi.
Turizm shaklan sayr, sarguzasht va piyoda yurish kabilarni o’z ichiga olsada,
mazmunan insonlarning bilim doirasini kengaytirish, aql-idrokni (tafakkur)
rivojlantirish hamda jismoniy barkamollikni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Darhaqiqat, sayr-sayohatlar, ekskursiyalar xalqaro miqiyosdagi eng ommaviy-
madaniy tadbirlardan biri sifatida tashkil etiladi. Tarixiy-madaniy obidalarni tomosha
qilish, ularning tarixi bilan tanishish, zamonaviy qurilmalar, hashamatli uylar, chiroyli
bog’-rog’lar, millatlarning urf-odatlarini o’rganish kabi sohalar sayohatchilarning
diqqat-e’tiboridan chetda qolmaydi. Bunda ulovlardan (transport) foydalanish,
moliyaviy
xarajatlar, sifatli yashash joylari hamda oziq-ovqat bilan ta’minlash,
madaniy xizmat ko’rsatish ancha ustivor tashkiliy faoliyat hisoblanib, bu turizmning
rivojlanishida muhim mexanizmlardan hisoblanadi.
Darhaqiqat, o’quvchi-yoshlar va aholining barcha qatlamlari uchun ommaviy
sog’lomlashtiruvchi piyoda yurish, toqqa chiqish va turizmning boshqa turlari bo’yicha
tadbirlar o’tkazish katta ahamiyatga ega.
Ommaviy piyoda yurish sayohatlari asosan tog’li manzaralar, daryo, ko’l, suv
omborlari sohillari kabi xushmanzara joylarga tashkil qilinadi. Jismonan chiniqish,
tabiat bilan tanishish, so’lim-go’zal manzarali joylarda tunash, ovqatlanish, jismoniy
mashqlar, turli amaliy harakatlar bajarish insonning kayfiyatini ko’tarish bilan bir
qatorda mehnat faoliyatining qayta tiklanishiga yaqindan yordam beradi.
O’z o’rnida aytish kerakki, ommaviy sog’lomlashtiruvchi
piyoda yurish
sayohatlaridan maqsadli foydalanish lozim. Shu maqsadda o’quvchi-yoshlar, talabalar
va keng ommaning dam olish kunlari, ta’til vaqtlarida piyoda yurish sayohatlari hamda
sayrlarni maqsadli ravishda tashkil qilish lozim.
Aytish mumkinki, sayohat turlarini tanlash, ularni aholi va xorijlik
sayyohlarning qiziqishi, ishtiyoqi hamda ehtiyojlari bo’yicha tashkil etish bugunning
o’ta muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Turizm o’quvchi yoshlarni barkamol
shaxs qilib tarbiyalash va tabiatni o’rganishda eng muhim vosita sifatida xizmat qiladi.
Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qo’hna shaharlar, Navoiy, Guliston, Yangier va boshqa
yangidan qad ko’targan zamonaviy shaharlar o’quvchi-yoshlar,
talabalar va
xalqimizning ommaviy sayr maskanlariga aylanadi.