412
MILLIY QADRIYATLAR O’ZLIGIMIZ TIMSOLI
Mavlonova O’.H.,
Buxoro shahri
Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy -ma‘naviy taraqqiyotining
mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o’sha
zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, istaklari, talab va ehtiyojlari o’z
ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‘nosi o’zgarib
boradi. Xuddi Shuning uchun ham qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatiga baho
berganda konkret tarixiy shart - sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur.
Qadriyatlar insonning orzu-istаklari, niyat-umidlari, bir so’z bilan aytganda ideal
sifatida namoyon bo’ladi. Xuddi Shuning uchun ham buyuk nemis faylasuflari
V.Vindelüband, G.Rikkert at‘kidlaganidek, qadriyatlar hech qachon ob‘ektga ham,
sub‘ektga ham bog’liq bo’lmagan mustaqil olamni vujudga keltiradi. Bu olam makon
va zamon qonunlaridan ustun turadi. Shuningdek, insoniyatning buyuk ma‘naviy
xazinasi bo’lgan qadriyatlar hech qachon o’zgarmaydi, balki M.Sheler, N.Gartman
aytganidek, insonning qadriyatlar haqidagi tasavvurlari o’zgaradi. Butun olam
qadriyatlar bilan to’lib - toshgan bo’ladi va borliqqa hamisha yangi ma‘no ato etadi.
Shuning uchun ham, butun voqelik qadriyatlarning «o’ziga xos namoyishi»dan
iboratdir.
Sharq mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino qadriyatlar haqida
fikr - mulohaza yuritganlarida, eng avvalo, insonning ma‘naviy - axloqiy fazilatlari,
xislatlarini, insonning ruhiy - ma‘naviy kamoloti uchun yordam beradigan buyuk
xazinasini tuShunganlar. Tasavvuf falsafasining buyuk na-moyondalari Najmiddin
Kubro, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Aziziddin Nasafiy, Bahouddin
Naqshbandiy, Hoja Ahror Valiy kabilar inson ma‘naviy qadriyatlarining asosida
poklik, hayo, sabr - bardosh, qanoat, chidam, beozorlik, xokisorlik kabi insoniy
xislatlarni qo’yishgan. Yuqoridagi fikr-mulo-hazalardan ko’rinib turibdiki, qadriyatlar
ichida eng ulug’i, eng a‘losi insondir. Shunday ekan, qadriyatlar o’z mohiyati,
mazmuniga qarab inson aql – zakovatini, axloq-odobini, mehnatga halol, vijdonan
munosabatini, go’zal did va jismoniy kamolotini ulug’lovchi, turlarga bo’linmog’i
darkor.
Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy
va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, Shuningdek, kishilarning yoshi, pro-fessional
xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin.
Milliy qadriyatlar milliy ma‘naviy madaniyat ifodasi bo’lib, har bir millatning
insoniylik xazinasiga qo’shgan munosib hissasining hosilasidir.
Milliy qadriyatlarning negizini urf - odatlar, rasm - rusumlar, bayramu-sayllar
tashkil etadi. O’zbek milliy qadriyatlari mazmunida insonparvarlik g’oyalari yotadi.
Uzoq tarix davomida o’zbeklarning o’zaro munosabatlarida, kundalik turmush tarzida
o’zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro hurmat, biri - biriga suyanish va
yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik va ota - onaga hurmat, mehr - oqibat va sadoqat har
tomonlama e‘zozlanib kelinadi. Milliy qadriyatlar o’sha millatga mansub har bir kishi
tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazilatlar, xislatlar, xosiyatlarni
milliy - madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini ifodalovchi buyuk
ko’rsatkichdir.
413
Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yoki inqirozi bilan bevosita
bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganimizda, milliy qadriyatlar millatning o’tmishi va
buguni bilan bog’liq. Shuning uchun ham, «milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan
rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham, millat -
o’zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi - yangi qirralarini va jihatlarini
sayqallashtirib, taraqqiyot jarayonida takomillashtirib turishi ma‘nosida o’z
qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat
o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka tomon yetkazib boradigan eng
asosiy ob‘ektdir».
Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamon sivilizatsiyasi talablariga mos
yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi Shuning uchun ham, O’zbekiston davlat
mustaqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon sivilizatsiyasi talablariga
javob beruvchi umuminsoniy demokratik qadriyatlar xalqimiz turmush tarziga kirib
kela boshladi. Inson haq - huquqlariga rioya qilish, tadbirkorlik erkinligi, matbuot
erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun
muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar tarixiy jihatdan ham,
etnik - madaniy jihatdan ham xalqimizning o’ziga xos xususiyatlariga zid emasligini
qayta-qayta ta‘kidlashni istardik».
Ajdodlarimiz tomonidan asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan,
bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash mustaqilligimizning dastlabki
yillaridanoq mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Ma’naviy
qadriyatlarni tiklash, milliy o’zlikni anglashning o’sishi, xalqning madaniy
sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayondagi
o’zgarishlar taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi.
Qadriyatlar—borliq va jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti,
moddiy va ma’naviy boyliklarining ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan
tuShuncha. O’zbekiston Respublikasi birinch prezidenti Islom Karimov ta’biri bilan
aytganda, “Qadriyat deganda, biz ming yillar davomida shakllangan, odamlar hayoti,
ichki dunyosidan mustahkam o’rin olgan, hech qaysi rasmiy hujjatda aks etmagan
bo’lsa-da, unga barcha amal qiladigan, insonlarning qon-qoniga singib ketgan an’ana
va udumlarni tuShunamiz”.
Qadriyatlar tarixiy va zamonaviy bo’lishi mumkin. Qadriyatlarning xilma-xil
shakllari bor: moddiy va ma’naviy, umumbashariy, mintaqaviy, umuminsoniy; jamiyat
hayotining sohalari bo’yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy qadriyatlar; ijtimoiy
ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy, ilmiy; hayotning ijtimoiy
tuzilishiga ko’ra milliy, sinfiy, partiyaviy va boshqalar.
Qadriyatlar insoniyat tarixi davomida asta-sekin shakllanadi. Ularning
miqdori va sifatining ortishi insoniyat taraqqiyoti qanchalik ilgarilaganligining
ko’rsatkichidir. Jamiyat taraqqiy etgani sari jahonning barcha xalqlariga tegishli, ya’ni
umuminsoniy qadriyatlar ko’payib boraveradi va bu o’zgarishlarning insoniyat o’z
rivojida qanday yangi cho’qqilarni egallayotganining belgisi bo’ladi (masalan,
erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, ijtimoiy haqiqat, ma’rifat, ma’naviyat, go’zallik,
yaxshilik, insonparvarlik, insoniylik, demokratiya, huquqiy jamiyat, qonunning
ustuvorligi, xotin-qizlarning erkaklar bilan tengligi va boshqalar).
414
Milliy qadriyatlar—millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan jihat
va xususiyatlardir.
O’z milliy qadriyati bo’lmagan millat yoki elat yo’q. Millat—milliy
qadriyatlarning sohibi; millatning tanazzuli—milliy qadriyatlarning tanazzulidir.
Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar,
ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog’liq
holda namoyon bo’ladi.
Qadriyatlarni tuShunish va ularga munosabat, millatiga, yurtiga, eliga, ularning
aholisiga tegishli qadriyatlarni jamlash, avaylash, ularning ahamiyatini asoslash,
yurtining milliy qadriyatlarini ongining tarkibiy qismiga aylantirish kishilarda o’ziga
ishonch va hurmatni mustahkamlaydi, ularni o’z Vatanining istiqboliga katta umid
bilan qarashga undaydi. Har bir millat o’z milliy qadriyatini qanchalik e’zozlasa, uni
ko’z qorachig’idek asrasa, shu millatning jahon hamjamiyatidagi o’rni, obro’si, unga
ajratiladigan e’tibor, hurmat shu darajada baland bo’ladi.
“Yuksak ma’naviyat—engilmas kuch” asarida qayd etilganidek, “Ko’p asrlar
mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy
madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni
bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo’lib kelayotganini alohida
ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o’ylab
yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo’lgan fazilatlar aynan
ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi”. Tarixiy xotira—milliy g’urur va iftixor
hissining zaminlaridan biri. Millatning tarixiy xotirasi qanchalik boy, mazmunli va
uzviy bog’langan bo’lsa, bu millat Shunchalik uyushgan, tadbirkor, harakatchan,
hamjihat bo’ladi, o’z ajdodlari va avlodlarining sha’niga yarashadigan xizmatlarni,
ishlarni bajarishga intiladi. Ulug’ yurtdoshimiz Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-
Narshaxiy 943-944 yillarda arab tilida yozgan “Buxoro tarixi” kitobi, Shuningdek,
Sharqning boshqa muarrixlari asarlarida, viloyatimizning Varaxsha, Poykent singari
shahristonlarida qazish ishlarini olib borgan mamlakatimiz va xorijiy arxeologlar
topgan moziy ashyolari Vatanimiz o’tmishi naqadar qadimiy ekanidan guvohlik berib
turibdi. Birinch prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va g’oyasi asosida bunyod
etilgan Madaniy markazda salobat bilan ko’kka bo’y cho’zib turgan “Ko’hna va boqiy
Buxoro” monumenti bugungi avlod, xususan yoshlarning shu zamin tarixi, uning
alloma farzandlari xizmatlari haqidagi bilimlarini boyitishga, ularni Vatanni sevishga,
istiqlolni qadrlashga da’vat etuvchi muhtasham yodgorlikdir.
Garchi islom dini Arabiston zaminida paydo bo’lgan bo’lsa ham, u aynan
bizning yurtimizda yuksak ravnaq topdi. Bunda buxorolik allomalarning beqiyos
hissasi borligini butun dunyo e’tirof etadi.
1993 yilda birinchi prezidentimiz tashabbusi bilan Hazrat Bahouddin Naqshband
tavalludining 675 yilligi xalqaro miqyosda nishonlangani, 2003 yilda esa Hazrat
Abdulxoliq G’ijduvoniyning 900 yillik yubileyi bayram qilingani, bu allomalar
qadamjolari islom olamining go’zal ziyoratgohlariga aylantirilgani “Diling Allohda,
qo’ling mehnatda bo’lsin”, degan hayotbaxsh g’oyani ilgari surgan ana shu pirlarga
ehtiromning sharofatidir.Chunki, hanafiy mazhabining O’rta Osiyoda yoyilishi yo’lida
chinakam fidoyilik ko’rsatgan, benazir faqih Abu Hafs Kabir, zohid, olim va muhaddis
Muhammad ibn Salom Paykandiy, Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas
415
manba—”Al-Jome’ as-sahih” hadislar kitobi to’plovchisi, muhaddislar sultoni Imom
Buxoriy, olamga tariqat ilmi nurini taratgan etti pir—Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy,
Xoja Muhammad Orif Revgariy, Xoja Mahmud Anjirfag’naviy, Xoja Ali Romitaniy,
Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Xoja Bahouddin Naqshband,
ulug’ valiyulloh, shoir va faylasuf Xoja Ismatulloh Buxoriy singari yuzlab avliyolar va
allomalar ma’naviy merosisiz islom dini taraqqiyotini tasavvur qilib bo’lmaydi.
Qariyb 30 asrlik tarixga ega Buxoro vohasida 997 ta me’moriy va arxeologik
yodgorlik mavjud bo’lib, ular qadimiy zamin o’tmishi, xalqimizning yuksak
ma’naviyati, bebaho san’ati, umrboqiy an’analari, qo’li gul ustalarimizning
takrorlanmas mahoratidan guvohlik berib turibdi. Buxoro shahrining 2500 yilligiga
tayyorgarlik jarayonida birinchi prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va
rahnamoligida Kalon masjidi, Ark qal’asi, Mir Arab, Ulug’bek madrasalari,
Somoniylar maqbarasi, Bolohovuz masjidi va boshqa ko’plab obidalar ta’mirlandi, ular
hududi obodonlashtirildi. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning ko’rsatmalari va bevosita
rahbarligida yetti pir ziyoratgohlari qayta ta’mirlanmoqda.
So’nggi yillarda Chorbakr me’moriy majmui, Sayyid Amir Kulol, Xoja
Mahmud Anjirfag’naviy, Xoja Ismatulloh Buxoriy, Abu Hafs Kabir ziyoratgohlari,
Behishtiyon maqbarasi, shaharning qator qadimiy darvozalari qayta qurildi,
ta’mirlandi va obodonlashtirildi.
Ma’naviyat, qadriyatlar va milliy o’zlikni anglash haqidagi fikr-
mulohazalarimizga yakun yasar ekanmiz, avvalambor, Shuni chuqur anglab olishimiz
kerakki, ma’naviy yuksalishga erishish bir yillik yoki besh-o’n yillik ish emas. Birinchi
prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “Xalq, millat o’z milliy ma’naviyatini yillar,
asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. Chunki ma’naviyat qotib qolgan aqidalar
yig’indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo’lib, taraqqiyot
davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy hayot oldiga qo’yiladigan
talablar ham muttasil paydo bo’laveradi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |