316
Naqqoshlikda turli shakllar, gul elementlari va rang tuslarining ramziy falsafiy
ma’nolari kengroq ifodalana boshlandi: Kvadrat - abadiylik, mustaxkamlik, Quyosh -
hayot ramzi, Zirk guli (gulsafsar) osoyishtalik va uzoq umr, Olma - muhabbat ramzi,
Sher - mardlik, adolat va kuchlilik ramzi, Xumo - baxt keltiruvchi qush, Yashil rang -
ona zamin, Havo rang - musaffo osmon.
Naqshni tuzishda geometrik shakllar (uchburchak, kvadrat, yulduzcha, aylana va
h.) dan, Shuningdek to’lqinsimon, siniq chiziqlar, o’simlik motivlari (barglar, gullar,
shohlar, daraxtlar)dan, jonivorlar dunyosi (hasharotlar, qushlar, baliqlar va h.)
tasviridan, Shuningdek, umumlashgan odam qiyofasidan foydalanish mumkin. Ba’zan
naqshda geometrik shakllar bilan tabiat motivlari qo’shilgan bo’ladi. Naqshning
hamma qismlari mutanosib bo’lishi kerak.
Respublikamizning istiqlolga erishish, yo’qolib borayotgan qadimgi milliy
an’anaviy hunarmandchilik va xalq amaliy san’atining qayta tiklashga va unga yosh
avlodni qiziqtirishga keng yo’l ochib berdi. “Buxoro” degan tuShuncha amaliy san’at
sohasida kengroq ma’noni anglatadi va ayni paytda “mintaqaviy maktab”
tuShunchasiga ega bo’ladi. XIX asrda shahar Buxoro amirligining poytaxti edi. Buxoro
amirligi davrida ajoyib shaharda qo’li gul ustalar ishlagan. Buxoro shahrida ikki
yuzdan ortiq mahalla va guzarlar bo’lib, ularning har birida turli kasb namoyondalari
istiqomat qilishgan. Shahar aholisining 25 foizini hunarmandlar tashkil qilgan.
Amir saroyida 400 ga yaqin ustalar, xalq amaliy san’ati namoyondalari: ajoyib
to’quvchilar, zardo’zlar, misgarlar, kandakorlar, kulollar, zargarlar, xattotlar,
gilamdo’zlar, o’ymakorlar, naqqoshlar va kashtado’zlar ishlagan. Bu borada Buxoro
xalq amaliy san’atining har bir turi yuksak professionallikka erishgan. Hozir
Respublikamizning barcha viloyatlarida tiklanib borayotgan hunarmandchilik va
amaliy san’atning noyob turlari o’zining taraqqiyot bosqichida ko’p yillar va asrlar
bosib o’tgan yo’lida goh yuksalgan, goh pasaygan, lekin unda badiiy an’analarning
avloddan avlodga o’tishi hech qachon to’xtamagan. Farzandlariga yoshlik chog’idan
hunar o’rgatib kelgan xalqimiz o’zining an’ana, urf-odat, turli ma’naviy merosidan
unumli foydalanib keladi. Bugungi kunda xalqimizning boy amaliy san’ati ustoz-
shogird an’anasi asosida yoshlarimizga o’rgatishga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa,
oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida yoshlarning kasb-
hunar sir-asrorini egallashi uchun zarur shart – sharoit yaratilgan. Zero, milliy
madaniyatni rivojlantirishda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atining
ahamiyati beqiyos.
Do'stlaringiz bilan baham: