311
Dasturning III bobi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor
yo’nalishlari” deb nomlangan. Ushbu dasturning “ Tarkibiy o’zgarishlarni
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va
diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish” bo’limida amalga
oshirilishi mo’ljallanayotgan xorijiy sayyohlarning tashrif uchun keng sharoitlar
yaratish, ularning sayohat dasturlarini mazmunan boyitish va ko’rsatilgan xizmatlar
turlarini kengaytirish hisobiga turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab
olinmoqda.
Buning uchun 2018 yil 10 fevralgacha Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi,
Tashqi ishlar vazirligi, “O’zbekiston havo yo’llari” MAK, Moliya vazirligi, Oliy va
o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida normativ –
huquqiy hujjat loyihasi
tayyorlandi. Ushbu loyiha doirasida:
- Turizmni rivojlantirish uchun viza tartibini soddalashtirish;
-
Xalqaro aviaqatnovlarni ko’paytirish, shu jumladan xorijiy aviakompaniyalarni
jalb qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish;
-
Turistik mahsulotlarni xarid qilish tizimi, jumladan, elektron to’lovlar tizimini
rivojlantirish, sayyohlarga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarga imtiyoz va
preferensiyalar taqdim qilish;
-
Sayohat dasturlarini mazmunan boyitish va ko’rsatilgan xizmatlar turlarini
kengaytirish;
-
O’zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ’ib qilishga oid masalalar
nazarda tutiladi.
Shuni
aytish joizki, mamlakatimizda mustaqillik yillarida turizmning bozor
munosabatlariga asoslangan yangi huquqiy va iqtisodiy asoslari yaratildi. Zamonaviy
infratuzilma ob`yektlari barpo etilib, turizmning jahon andozalari darajasidagi yangi
yo'nalishlari joriy qilindi. Mavjud tarixiy-madaniy yodgorliklar ta`mirlanishi
barobarida, ular keng ko'lamda targ'ib etildi.
Bundan tashqari, turizmni rivojlantirishda xorij mamlakatlarida bo’lib o’tadigan
sayyohlik ko’rgazma va anjumanlari muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimiz milliy
madaniy merosini chet ellarda ommalashtirish, mamlakatimizga xorijlik sayyohlarni
ko’proq jalb qilish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz sayyohlik
tashkilotlari Madrid, Riga, Berlin, London, Parij, Tokio, Moskva,
Istanbul kabi
dunyoning yirik shaharlarida qator ko’rgazmalar tashkil etmoqda hamda xalqaro
ko’rgazmalarda qatnashmoqda. Bu kabi tadbirlar o’z samarasini berib, xorijiy
sayyohlarning yurtimizga oqimi tobora ko’paymoqda.
Bu kabi tizimli chora-tadbirlarning samarasi sifatida, yaqinda Buyuk
Britaniyaning dunyoda mashhur “Financial Times” gazetasida chop etilgan maqolada
2017 yilda yilda jahon bo'ylab sayohatga chiqish istagidagilar
uchun eng qiziqarli
yo'nalishlar ro'yxati e`lon qilindi. Ushbu ro’yxatda e’lon qilingan
to'qqizta davlat orasida O'zbekiston jahondagi eng diqqatga sazovor sayyohlik
yo'nalishlari reytingida ikkinchi o'rinda qayd etildi.
Bu bejiz emas, albatta. Negaki, O'zbekiston sayyohlik ko'lami va tarixiy
qadamjolari ko'pligi bo'yicha dunyodagi yetakchi davlatlar sirasiga kiradi.
Mamlakatimizda 7 mingdan ziyod nodir tarixiy yodgorliklar hamda betakror
arxitektura namunalari mavjudligi, so'lim qo'riqxonalar faoliyat ko'rsatayotgani, milliy
312
madaniyat, san`at va hunarmandchilikning ko'p asrlik an`analari asrab-avaylab
kelinayotgani xorijliklarning yurtimizga bo'lgan qiziqishini yanada kuchaytirmoqda.
Statistik ma’lumotlar Shuni ko’rsatadiki, 2017
yilda respublikaga tashrif
buyurgan sayyohlar soni 2 mln. 520 ming nafardan ortiqni tashkil etib, 2016 yilga
nisbatan 24,3 foizga oshgan. Turizm xizmatlari eksporti esa 2016 yilga nisbatan 24
foizga oshib 1 mlrd. 557 mln. AQSH dollarni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2017 yil davomida jami 128 ta turoperatorlik xizmatlarini
ko’rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, turoperatorlarning bugungi kundagi
soni 561 tani tashkil qiladi.
Mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish
maqsadida, istiqbolda xorijiy investitsiyalar, jahon brendlarini faol jalb qilish, turizm
sohasida biznes uchun qulay shart sharoitlar yaratishni keng jalb qilgan holda,
respublikamizning barcha hududida turizm infratuzilmasining zamonaviy ob`yektlari,
eng
avvalo,
mehmonxonalar,
transport-logistika
tuzilmalari,
muhandislik-
kommunikatsiya ob`yektlarini
bunyod etish, bu jarayonda yangi ob`yektlarning
xalqaro andozalar, turistlar talab va ehtiyojlariga to'liq javob berishini inobatga olish
muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib Shuni aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasida ish o‘rinlarini
yaratish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, valyuta
tushumlarini ko‘paytirish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi eng
muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yaqin istiqbolda hal qilish uchun keng salohiyatga
ega bo‘lgan turizm sohasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlarni amalga
oshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: