Tashkilot nomi: “Ulli Xovli turizm” xususiy firmasi
Rahbar F.I.O: Rajabov Davlatnazar
Manzili: Urganch tumani G‘oybu qishlog‘i
Tel/Faks: +998937509002
Elektron manzili: -
Faoliyat turi:Sayyohlik firmasi
Tashkilot nomi: “Bek Tur” sayyohlik firmasi
Rahbar F.I.O: Ro‘zmetov Maxmud Shavkatovich
Manzili: Xiva. R.Majidiy 14
Tel/Faks: 0 362-3752455
Elektron manzili: bek-tur@mail.ru, www.bektour.uz
Faoliyat turi: Sayyohlik firmasi
Tashkilot nomi: “Xorasmiya Kavsar” xususiy firmasi
Rahbar F.I.O: Inoyatova Yodgora Atabaevna
Manzili: Urganch. A.Qodiriy 2a
Tel/Faks: 0 362-2267437
Elektron manzili: x_kavsartour@mail.ru
Faoliyat turi: Sayyohlik firmasi
Tashkilot nomi: “Mitra Travel” MChJ
Rahbar F.I.O: Bekjanov Baxrom Masharipovich
Manzili: Urganch. Al-Xorazmiy 27
Tel/Faks: +998933779583
Elektron manzili: info@mitratravel.uz
Faoliyat turi: Sayyohlik firmasi
Tashkilot nomi: “Javhar Hulkar Yulduzi” MChJ
Rahbar F.I.O: Jumaniyazova Mohigul Maxmudbekovna
Manzili: Urganch. Sheroziy 7
Tel/Faks: +998919921000
Elektron manzili: makush22@list.ru
Faoliyat turi: Sayyohlik firmasi
Tashkilot nomi: ООО "ZUKHRO TRAVEL"
Rahbar F.I.O: Sadaddinov Bunyod
Manzili: 220100, g. Urgench, ul. P. Maxmud 2 Tel/Faks: +99862 2231425
Elektron manzili: info@zukhrotravel.com, zukhrotravel@gmail.com, www.zukhrotravel.com Skype: zukhrotravel Faoliyat turi: Sayyohlik firmasi
Aviatransmilliy kompaniyalar va Xalqaro turizm o’rtasidagi bog’liqlik. Jahon xo’jaligida turizm sohasining rivojlanishi juda ko’plab omillarga taqaladi. Bu asosan yer yuzining qaysi burchagida turistik resurslarning joylashuviga bog’liq. Bu kabi resurslar tabiiy- geografik, tarixiy madaniy yoki turistik rekreatsion makonlar guruhi bo’lishi mumkin.
Turizm sanoatini rivojlantirishda eng avvalo turizmning keng qamrovli infrastrukturasini shakllantirish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, jahon miqyosida turizm bozorida kuchli raqobatlar sharoitida eng mukammal infrastrukturaning mavjudligi muvofaqqiyatlar garovi ekanligi Butun Dunyo Sayohat va Turizm Konsulligi tomonidan tasdiqlangan. Bu infrastruktura o’z ichiga aeroportlar ularning turistik makonga qulay joylashganligi , samalyotlarning sifati, yo’llar, avtotransportlar , temir yo’l va bandargoh (bort)lar , shuningdek, asosiy infrastruktura xizmatlari bo’lgan mehmonxonalar, restoranlar, do’konlar va rekreatsion qulayliklarning mavjud bo’lishi maqsadga muvofiq.
Shunday infrastrukturaning bir bo’g’ini bo’lgan aeroportlar to’g’risida mavzu borar ekan, xalqaro turizmning rivojlanishida ularning ahamiyati qay darajada muhim ekanligini hamda turizm bozorida aeroportlar qanaqa vazifani bajarayotganini o’rganish asosiy masala bo’lib turibdi.
Dunyo bo’ylab turistik resurslar notekis joylashgan. Biroq inson o’z sayohatini u uchun yangi bo’lgan ekzotik makonlarga amalga oshirishni istaydi va bunday hollarda notekis joylashgan turistik makonlarga qisqa muddatga borib kelish muammosi yuzaga keladi. Ayni shu holat aviakompaniyalar xizmatidan unumli foydalanishda asosiy omil hisoblanadi.
Global iqtisodiy o’sish, aviatsiya sohasining ham o’sishi uchun muhim rol o’ynashi bilan birga ishlab chiqarishning ko’pgina sohalarining rivojlanishiga ham o’z hissasini qo’shadi. Avvalo, aviaturlarning o’sishi xalqaro turizm geografiyasining kengayishi bilan bog’liqdir. Biroq, turistik obyektlardan uzoqda joylashgan mamlakatlar uchun avia transportning ahamiyati yanada oshadi.
Aviakompaniyalar o’zlarining asosiy ish faoliyatidan ya’ni havo tashuvidan o’z zarariga ishlagan holda bir vaqtning o’zida mehmonxona va turfirmalarni va boshqa moddiy jihatdan bu zararlarni qoplovchi manbalarni egallaydi. Zotan bu manbalar ularning zararlarini qoplab berishi kerak. Biroq oxirgi yillarda boshqacha jarayon ko’zga tashlanmoqda- bankrotlikka uchragan aviakompaniyalar o’zlarining iqtisodiy mustaqilligini qo’ldan chiqaradi va natijada ulkan monopoliyalarga birlashadi. Bunday hollarda aviakompaniyalar yoki yirik dunyoga yetakchilik qilayotgan aviakompaniyalarga birlashadi yoki butun avia turistik kompaniyasiga asos solishadi. Bu kabi avia turistik kompaniyalar turistlarni tashish bilan shug’ullanadi. Transmilliy integratsiyalashgan avia turistik kompaniyalar, ayniqsa, G’arbiy Yevropada ko’plab barpo etilgan. Bunday hollarda, turistik kompaniyalar o’zlarining bosh aviakompaniyalarining doimiy yo’nalishdagi reyslarida va boshqa aviakompaniyalarning asosiy yo’nalishi bo’yicha yollangan ya’ni charter usulidan foydalanib havo transportlarini ishga tushirishadi.
Bunday kompaniyaga misol tariqasida “S7-Tur” turistik kompaniyani keltirish mumkin va u “S7” aviakompaniyaning asosida barpo etilgan.
Turizm sanoatining asosiy qismi sifatida turmahsulot joylashgan va shakllantirilgan hududlar hisoblanadi. Bunday hududlar dunyoning turli nuqtalarida joylashganligini hisobga olgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, turizmning rivojlanishi ko’p hollarda havo transportiga ham bog’liq ekan.
Turistik hududlarning muvaffaqiyatli barpo etilib, rivojlanishida sezilarli muammo tug’dirayotgan shunday omillar borki, bularni hisobga olish ayni muddaodir. Shunday sifatlardan biri sifatida turistik potesialning notekis tarqalganligi va infrastrukturaning turlicha rivojlanganligini keltirish mumkin. Tashqi va ichki bozorlarning ham oldinga siljishi uchun infrastruktura bilan ta’minlanganlik darajasiga ko’ra , ularni 3 guruhga bo’lish mumkin:
Yuqori darajada rivojlangan;
O’rta darajada rivojlangan;
Past darajada rivojlangan hududlar.
Bunday taqsimot turistik zonalarda yanada samarali rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishga ko’maklashishi bilan regionlarning ijtimoiy- iqtisodiy holatiga ham yaxshi ta’sir etadi. Shunday regionlar borki, u yerda ko’plab turistik zonalar bo’lishiga qaramay, turistlarning oqimi juda past bo’ladi. Aynan ana shunday hollarda avia transportning ahamiyati nihoyatda ortadi. Bunday regionga misol tariqasida Qora dengizning Kavkaz qirg’oqlari, Afrika qit’sining ayrim xushmanzara regionlarini keltirish mumkin.
Yo’lovchilar oqimi va ularning tashrifi o’z navbatida infrastrukturaning to’g’ri o’rnatilganligiga ham bog’liq. Bunday muammolarning hal etilishi turistlar tashrifining reytingi oshishiga olib kelishi bilan birgalikda turistlarning dam olishlariga ko’p xarajat qilishlarning oldini oladi va ularni kamxarj qiladi.
Dunyo bo’ylab sayohatlarning deyarli 80 % i aviatsiya orqali amalga oshiriladi. Sayyoh sayohatga chiqadigan paytda transport vositasining quyidagi sifat belgilarini inobatga olgan holda qaysi transport vositasidan foydalanish kerakligiga qaror qabul qiladi:
Yetib borishning tezligi;
Sayohatning qulayligi;
Narxi;
Yuk tashish qulayliklari va og’irlik o’lchov birligidagi imkoniyatlari;
Xavfsizlikning kafolatlanganligi kabilar shular jumlasidandir.
Yuqorida ko’rsatilgan sifat darajalari qanchalik yuqori bo’lsa, chipta narxi ham shunga mos ravishda yuqori ko’tarilib boradi.
Uzoq masofali sayohat qilish transport vositalari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Quruqlikda qatnovchi transport vositasi;
Suvda suzuvchi transport vositasi;
Havo transport vositasi.
Geografik jihatdan kengaytirilgan sayohatlarda ularning qisqartirilgan muddati soat chastotalarida ancha foyda keltiradigan, eng tez va qulay transport vositasi bu avia transport vositasi hisoblanadi.
Transport aloqalari , shuningdek, hududning iqtisodiy, ijtimoiy va rekreatsion zonalarini bog’lashga xizmat qiladi. Turistik transportlar yo’nalishlarda joriy qilingandan so’ng turistik zonalardan foydalanish mumkinligi aniq bo’ladi. Bu yo’l bilan transport vositasi regionning rivojlanishiga hissa qo’shadi hamda mamlakatning obro’si oshishiga olib keladi.
Turizmda kompaniyalarning milliy chegaradan chiqishlari uchun turmahsulot o’ziga xos xususiyatga ega bo’lishi kerak. Kompaniya o’z xizmatlar to’plamini tavsiya etishi bilan bir qatorda turistlar uchun kerakli bo’lgan tovarlarni ham taqdim etadi. Bu tovarlarning ayrimlari turistlarning o’z mamlakatlariga xos bo’lsa, boshqalari transit region yoki mamlakatga hamda turistik regionga xos bo’lishi mumkin.
Turistlar qabul qiladigan tovar va xizmatlar bir- birini to’ldiradigan bo’lishi kerak. Kerakli bo’lgan natijaga erishish maqsadida bularning barchasini birgalikda olib borish kerak. Xizmat (mahsulot)ni joriy qiluvchi kompaniya birgina xizmati (mahsulot)ga bo’lgan talab boshqa xizmat yoki mahsulot turlariga ham talabni keltirib chiqarishini juda yaxshi biladi. Shuning uchun har bir ishlab chiqaruvchi firma o’z oldida eng yuqori foydani qo’lga kiritish motivini qo’ygan holda turizmning boshqa qismlarida o’z faoliyatini kengaytirishni o’ylaydi.
Aviakompaniyalar bunday integratsiyalashuv jarayonida turistik xizmatlarni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar evaziga o’z daromadini 30- 35 % dan 93 %gacha oshirishi mumkin. Bundan tashqari, inklyuziv turlarni sotish orqali ham foyda olishi mumkin. Ya’ni bu elementlar tashish va joylashtirishni o’z ichiga oladi va bular kompaniyaga qo’shimcha daromad olib keladi.
Shu tariqa, turistik oqimlar yo’nalishida mamlakatlarda boshchilik qiladigan tur firmalar turistik talab va xalqaro bozordagi sayohat tendensiyalarida mahsulotni realizatsiya qilingan turistik markazlar qabul qiladilar.