O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch Davlat universiteti
“TURIZM GEOGRAFIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: GERMANIYANING TURIZM SALOHIYATI
Kurs ishi rahbari___________
Loyihalovchi: Turizm yo’nalishi yo`nalishi
202-guruh talabasi ___________Shahzod
Urganch 2021
Mundarija
Kirish……………………………………………………..………..3
I bob. GERMANIYA DAVLATINING IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIFI …………………………………………………………....6
1.1 Germaniya davlatining iqtisodiyoti ……………………............6
1.2 Germaniyaning sanoati va qishloq xo’jaligi …………….….…11
II bob. GERMANIYANING TURIZM SALOHIYATI VA UNING GEOGRAFIK OMILLARNING TA’SIRI …………...……….…17
2.1 Germaniya shaharlaridagi turizm…………………………..……17
2.2 Mintaqa turizmning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati ………....21
Xulosa va tavsiyalar ……………………………………...……........32
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………...…38
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Germaniya (nemicha: Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (nemicha: Bundesrepublik Deutschland) — Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni 357 ming km2. Aholisi 83,149,300 kishi (2019-yilga koʻra).[1] Poytaxti — Berlin shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 yer (shtat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga boʻlinadi.
GFR — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-yil 23-mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994-yillarda qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi — federal prezident. U maxsus chaqiriladigan federal majlis tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va yana faqat bir marta saylanishi mumkin. Federal majlis bundestag raisi tomonidan chaqiriladi va u bundestag deputatlari hamda landtaglar (yer parlamentlari) tomonidan saylangan aʼzolardan iborat. Prezident ish qobiliyatini yoʻqotsa yoki vafot etsa, bundesrat raisi prezident vakolatlarini bajaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. U ikki palata: bundestag va bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Bundesrat esa yer hukumatlari oʻz orasidan 4 yil muddatga tayinlaydigan vakillardan iborat. Ijroiya hokimiyat federal kansler boshchiligidagi federal hukumat qoʻlida. Federal kansler bundestagda prezidentning taklifiga binoan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi. Vazirlar federal kanslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlanadi. Har bir yerning oʻz konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |