Sotib olinuvchining ulushli instrumentlarda hisob-kitob qilinadigan aktsiyaga-asoslangan to’lov operatsiyalari B62A Sotib olinuvchi shunday amaldagi aktsiyaga-asoslangan to’lov operatsiyalariga ega bo’lishi mumkinki, bunda sotib oluvchi ularni o’zining aktsiyaga-asoslangan to’lov operatsiyalariga ayirboshlamaydi. Agarda o’tgan bo’lsa, ushbu sotib olinuvchining aktsiyaga-asoslangan to’lov operatsiyalari sotib olinuvchidagi nazorat qilinmaydigan ulushning qismi bo’ladi va ular o’zlarining bozorga-asoslangan bahosida baholanadi. Agarda o’tmagan bo’lsa, ular 19 va 30-bandlarga muvofiq xuddiki sotib olish sanasi taqdim etilish sanasi bo’lgandek o’zlarining bozorga-asoslangan bahosida baholanadi.
B62B O’tmagan aktsiyaga-asoslangan to’lov operatsiyalarining bozorga-asoslangan bahosi nazorat qilinmaydigan ulushga o’tish davrining tugallangan qismini quyidagilarning kattarog’iga nisbati asosida taqsimlanadi: jami o’tish davri bilan aktsiyaga-asoslangan to’lov operatsiyasining dastlabki o’tish davri. Qoldiq birlashuvdan keyingi xizmatga taqsimlanadi.
Keyingi baholash va hisobga olish bo’yicha ko’rsatmalarni ta’minlaydigan boshqa MHXSlar (54-bandni qo’llash) B63 Biznes birlashuvida sotib olingan aktivlar va zimmaga olingan yoki qabul qilingan majburiyatlarni keyingi baholanishi va hisobga olinishi bo’yicha ko’rsatmani ta’minlaydigan boshqa MHXSlarga misollar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
(a) BHXS 38 biznes birlashuvida sotib olingan aniqlanadigan nomoddiy aktivlarni hisobga olishni belgilaydi. Sotib oluvchi gudvillni sotib olish sanasida tan olingan summadan har qanday yig’ilgan qadrsizlanish zararlarining chegirilganida baholaydi. BHXS 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” qadrsizlanish zararlarini hisobga olishni belgilaydi.
(b) MHXS 4 “Sug’urta shartnomalari” biznes birlashuvida sotib olingan sug’urta shartnomalarini keyingi hisobga olinishi bo’yicha ko’rsatmani ta’minlaydi.
(v) BHXS 12 biznes birlashuvida sotib olingan muddati kechiktirilgan soliq aktivlari (jumladan tan olinmagan muddati kechiktirilgan soliq aktivlari) va majburiyatlarini keyingi hisobga olinishini belgilaydi.
(g) MHXS 2 xodimlarning kelgusi xizmatlariga tegishli bo’lgan holda sotib oluvchi tomonidan chiqarilgan almashtirishning aktsiyaga-asoslangan to’lovining rag’batlarining qismini keyingi baholanishi va hisobga olinishi bo’yicha ko’rsatmani ta’minlaydi.
(d) MHXS 10 bosh tashkilotning shu’badagi egalik ulushidagi o’zgarishlarni nazoratga ega bo’lingandan keyin hisobga olinishi bo’yicha ko’rsatmani ta’minlaydi.