Gudvillni yoki manfaatli xariddan foydani baholash
Sotib oluvchining sotib olinuvchidagi ulushining sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatini baholash usullari orqali baholash (33-bandni qo’llash)
B46 Tovon o’tkazilmasdan erishiladigan biznes birlashuvida, sotib oluvchi gudvill yoki manfaatli xariddan foydani baholash uchun o’tkazilgan tovonning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatini o’zining sotib olinuvchidagi ulushining sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymati bilan almashtirishi shart (32-34 bandlarga qarang).
O’zaro tadbirkorlik sub’ektilarning birlashuvlariga nisbatan sotib olish usulini qo’llashdagi maxsus tovonlar (33-bandni qo’llash)
B47 Qachonki ikkita o’zaro tadbirkorlik sub’ektilar birlashganda, sotib olinuvchidagi kapitalning yoki a’zolik ulushlarining haqqoniy qiymati (yoki sotib olinuvchining haqqoniy qiymati) sotib oluvchi tomonidan o’tkazilgan a’zolik ulushlarining haqqoniy qiymatiga nisbatan ishonchliroq baholanishi mumkin. Ushbu holatda, 33-band sotib oluvchidan gudvillning summasini tovon sifatida o’tkazilgan sotib oluvchining kapitaldagi ulushlarining sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymati orqali emas, balki sotib olinuvchining kapitaldagi ulushlarining sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymati orqali aniqlashni talab etadi. SHu bilan birga, sotib oluvchi o’zaro tadbirkorlik sub’ektilarning birlashuvida o’zining moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotida sotib olinuvchining sof aktivlarini taqsimlanmagan foydaga qo’shiluvchi sifatida emas, balki bevosita kapitalga yoki aktsioner kapitaliga qo’shiluvchi sifatida tan olishi lozim, qaysiki boshqa turdagi tadbirkorlik sub’ektilar sotib olish usulini qo’llaydigan yo’l bilan mosdir.
B48 Ular boshqa bizneslarga ko’p tomonlama o’xshash bo’lsalarda, o’zaro tadbirkorlik sub’ektilar farqlanadigan xususiyatlarga ega bo’lib, ushbu xususiyatlar asosan ularning a’zolari ham mijozlar ham mulk egalari hisoblanishidan yuzaga keladi. O’zaro tadbirkorlik sub’ektilarning a’zolari umuman olganda o’zlarining a’zoligidan naflarni, ko’p hollarda tovarlar va xizmatlar uchun to’langan kamaytirilgan haqlar yoki homiylik dividendlari shaklida, olishni ko’zda tutadi. Homiylik dividendlarining har bir a’zoga taqsimlangan qismi ko’p hollarda a’zo yil davomida o’zaro tadbirkorlik sub’ekti bilan amalga oshirgan biznesining summasiga asoslanadi.
B49 O’zaro tadbirkorlik sub’ektining haqkoniy qiymatini baholashda bozor ishtirokchilari kelgusi a’zolik naflari to’g’risida qilishi mumkin bo’lgan farazlari hamda bozor ishtirokchilari o’zaro tadbirkorlik sub’ekti to’g’risida qilishi mumkin bo’lgan boshqa har qanday o’rinli farazlari inobatga olinishi kerak. Masalan, joriy qiymat usuli o’zaro tadbirkorlik sub’ektining haqqoniy qiymatini baholashda foydalanishi mumkin. Usulda boshlang’ich ma’lumotlar sifatida foydalanilgan pul oqimlari o’zaro tadbirkorlik sub’ektining kutilgan pul oqimlariga asoslanishi kerak, qaysiki a’zolik naflari uchun chegirmalarni, masalan tovarlar va xizmatlar uchun to’langan kamaytirilgan haqlarni, aks ettirishining ehtimoli mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |