Sotib olinuvchining xodimlari egalik qilgan rag’batlarga ayirboshlangan sotib oluvchining aktsiyaga-asoslangan to’lov rag’batlari (52(b)-bandni qo’llash)
Bog'liq Biznesni birlashtirish jarayonining moliyaviy hisobot tuzish va taqdim etish.Referat
Sotib olinuvchining xodimlari egalik qilgan rag’batlarga ayirboshlangan sotib oluvchining aktsiyaga-asoslangan to’lov rag’batlari (52(b)-bandni qo’llash) B56 Sotib oluvchi o’zining aktsiyaga-asoslangan to’lov rag’batlarini2 (almashtirish rag’batlari) sotib olinuvchining xodimlari egalik qilgan rag’batlarga ayirboshlashi mumkin. Biznes birlashuvi bilan bog’liq tarzda aktsiya optsionlarining yoki boshqa aktsiyaga-asoslangan to’lov rag’batlarining ayirboshlanishi MHXS 2 “Aktsiyaga-asoslangan to’lov” ga muvofiq aktsiyaga-asoslangan to’lov rag’batlarining o’zgartirilishi sifatida hisobga olinadi. Agarda sotib oluvchi sotib olinuvchining rag’batlarini almashtirsa, sotib oluvchining almashtirish rag’batlarining bozorga-asoslangan bahosining jami yoki qismi biznes birlashuvida o’tkaziladigan tovonni baholashda inobatga olinadi. B57-B62 bandlar bozorga-asoslangan bahoni qanday taqsimlash bo’yicha ko’rsatmani ta’minlaydi. Biroq, sotib olinuvchining rag’batlari biznes birlashuvi oqibatida muddati tugaydigan hamda agarda sotib oluvchi u amalga oshirishga majbur bo’lmagan holda ushbu rag’batlarni almashtiradigan holatlarda, almashtirish rag’batlarining bozorga-asoslangan bahosining jami MHXS 2 ga muvofiq birlashuvdan keyingi moliyaviy hisobotlarda ish haqi xarajati sifatida tan olinishi lozim. Bu shuni anglatadiki, hech qanday almashtirish rag’batlarining bozorga-asoslangan bahosi biznes birlashuvida o’tkaziladigan tovonni baholashda inobatga olinadi. Sotib oluvchi sotib olinuvchining rag’batlarini almashtirishga majbur bo’ladi, agarda sotib olinuvchi yoki uning xodimlari almashtirishni talab etish imkoniyatiga ega bo’lsalar. Masalan, mazkur ko’rsatmani qo’llash maqsadida, sotib oluvchi sotib olinuvchining rag’batlarini almashtirishga majburdir, agarda almashtirish quyidalar orqali talab etilsa:
(a) sotib olish kelishuvining shartlari;
(b) sotib olinuvchining rag’batlarining shartlari; yoki
(v) o’rinli bo’lgan qonunlar yoki me’yoriy hujjatlar.
B57 Almashtirish rag’batining sotib olinuvchi uchun o’tkazilgan tovonning qismiga tegishli qismini va birlashuvdan keyingi xizmat uchun ish haqiga tegishli qismini aniklashda, sotib oluvchi MHXS 2 ga muvofiq sotib olish sanasi holatiga sotib oluvchi tomonidan taqdim etilgan almashtirish rag’batlarini va sotib olinuvchining rag’batlarini baholashi lozim. Sotib olinuvchi evaziga o’tkazilgan tovonning qismi bo’lgan almashtirish rag’batlarining bozorga-asoslangan bahosining qismi birlashuvdan oldingi xizmatga tegishli bo’lgan sotib olinuvchi rag’batining qismiga teng bo’ladi.
B58 Birlashuvdan oldingi xizmatga tegishli bo’lgan almashtirish rag’batining qismi sotib olinuvchi rag’batining bozorga-asoslangan bahosini o’tish davrining tugallangan qismini quyidagilarning kattarog’iga nisbatiga ko’paytirish orqali aniqlanadi: jami o’tish davri bilan sotib olinuvchining dastlabki o’tish davri. O’tish davri barcha belgilangan o’tish shartlari qanoatlantiriladigan davrdir. O’tish shartlari MHXS 2 da ta’riflangan.
B59 Birlashuvdan keyingi xizmatga tegishli o’tmagan almashtirish rag’batining qismi, va shu tufayli qaysiki birlashuvdan keyingi moliyaviy hisobotlarda ish haqi xarajati sifatida tan olingan qism, almashtirish rag’batining bozorga-asoslangan bahosining jamidan birlashuvdan oldingi xizmatga tegishli summani chegirilganiga teng bo’ladi. SHu tufayli, sotib oluvchining almashtirish rag’batining bozorga-asoslangan bahosining birlashuvdan keyingi xizmatga tegishli sotib olinuvchining rag’batining bozorga-asoslangan bahosidan oshgan har qanday qismini aks ettiradi va ushbu ortiqcha qismni birlashuvdan keyingi moliyaviy hisobotlarda ish haqi xarajati sifatida tan oladi. Sotib oluvchi birlashuvdan keyingi xizmatga tegishli almashtirish rag’batining qismini aks ettirishi lozim, agarda u birlashuvdan keyingi xizmatni talab etsa, bunda xodimlar ularning sotib olinuvchi tomonidan taqdim etilgan rag’batlari sotib olish sanasidan oldin o’tishi uchun talab etilgan barcha xizmatni ko’rsatgan yoki ko’rsatmaganligidan qat’iy nazar.
B60 Birlashuvdan oldingi xizmatga tegishli o’tmagan almashtirish rag’batining qismi hamda birlashuvdan keyingi xizmatga tegishli qismi o’tishi kutilgan almashtirish rag’batlari miqdorining eng maqbul mavjud bahosini aks ettirishi lozim. Masalan, birlashuvdan oldingi xizmatga tegishli almashtirish rag’batining qismining bozorga-asoslangan bahosi 100VB ga teng va sotib oluvchi tomonidan rag’batning faqat 95 foizi o’tishi kutilsa, biznes birlashuvida o’tkaziladigan tovonga kiritilgan summa 95VB ga teng bo’ladi. O’tishi kutilgan almashtirish rag’batlarining baholangan miqdoridagi o’zgarishlar biznes birlashuvida o’tkaziladigan tovonga o’zgartirishlar sifatida emas, balki o’zgarishlar yoki voz kechishlar sodir bo’ladigan davrlardagi ish haqi xarajatida aks ettiriladi. Xuddi shuningdek, sotib olish sanasidan keyin sodir bo’ladigan boshqa hodisalarning ta’sirlari, masalan faoliyat natijalari tufayli rag’batlarga o’zgartirishlar yoki ularning yakuniy natijasi, hodisa sodir bo’ladigan davr uchun ish haqi xarajatini aniqlashda MHHS 2 ga muvofiq hisobga olinadi.
B61 Birlashuvdan oldingi va birlashuvdan keyingi xizmatga tegishli almashtirish rag’batining qismlarini aniqlashda ham bir xil talablar qo’llaniladi, bunda almashtirish rag’bati MHHS 2 ning shartlariga muvofiq majburiyat sifatida yoki ulushli instrument sifatida tasniflanishidan qat’iy nazar. Sotib olish sanasidan keyin majburiyat sifatida tasniflangan rag’batlarning bozorga-asoslangan bahosidagi barcha o’zgarishlar va tegishli daromad solig’i ta’sirlari o’zgarishlar sodir bo’ladigan davr(lar)dagi sotib oluvchining birlashuvdan keyingi moliyaviy hisobotlarida tan olinadi.
B62 Aktsiyaga-asoslangan to’lovlar bo’yicha almashtirish rag’batlarining daromad solig’i ta’sirlari BHXS 12 “Foyda soliqlari” ning shartlariga muvofiq tan olinishi lozim