Rang-baranglik. Talabalarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va ғoyalar paydo bo’ladi.
Rang-barang fikr va ғoyalar yakkayu-yagona javob mavjudligi ҳaқidagi tasavvur bartaraf қilingan choғdagina yuzaga keladi. Fikrlarni ifoda қilish chegaralanganda talabalarning fikrlashiga chek қo’yiladi. Faқat birgina javob mayjud bo’lgan taқdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida talabalar ana shu javobni topa olsin.
Faollik. Tanқidiy fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita boғlangan. . Odatda, talabalar sustkash tinglovchilar bo’lishadi. Chunki ularda o’қituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilim I olishlariga o’қituvchi masul degan ishonch shakllanib қolgan. O’қuv jarayonidagi talabalarning faol ishtiroki va o’қishlariga o’zlarining masul ekanligiga tayyorligi tanқidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga, o’z ғoyalari va fikrlari bilan o’zaro o’rtoқlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondoshuv ularning faolligini o’stiradi.
Mixali Chikjentmixaliy (1975) ta’kidlaydiki, talabalar o’sha murakkab darajadagi o’kuv jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida қatnashganligidan katta baҳra oladilar va o’zlarida chuқur қoniқish ҳissini sezadilar.
Tavakkalchilik.Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Uning bilim faoliyatida қo’rқmay tavakkal қiluvchi insonlarni raғbatlantirib turish joizdir. Fikrlash jarayonida «aҳmoқona ғoyalar» aқl bilan tuzilmagan birikma va tushunchalar ilgari surilgan ҳolatlar ҳam bo’lishi mumkin. O’қituvchi uni o’қuv jarayonini tabiiy ҳolati sifatida talabalarga tushuntirishi lozim.
Talabalarni tavakkaldan ҳoli bo’lgan, ya’ni ғoyalar қadrlangan, talabalarning fikrlash faoliyatida faol ishtirokini yuқori motivastiyalash imkoni bo’lgan muҳitda o’ylash lozimligi ҳaқida ularda ishonch ҳosil қilish zarur.
Қadrlash.Tanқidiy fikrlashning omillaridan biri talabalarning fikrlash jarayonini қadrlashdir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida talabalar o’z ғoyalari, tasawurlarining o’қituvchi tomonidan қadrlanayotganini tushungan choғdagina chuқur ma’suliyat va e’tiborga yarasha javob қaytaradilar.
Talabalar o’z fikrlash jarayonini қadrlashni namoyish қilishga ҳarakat қiladilar. Unga va uning oқibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo’la boshlaydilar.
Қimmatlilik.Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talaba ularning fikrlari, o’z tanқidiy taҳlili natijalari қimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. O’қituvchi talabalardan muayyan materialni shunchaki қaytaishlashni talab қilgandatayyor қoliplardan, andozalardan ҳoli bo’lishi lozim. Bu esa talabalarda o’zgalar ғoyalarini mexanik tarzda қayta ishlab chiқish eng muҳim va қimmatli ekanligiga ishonch ҳosil қilishga olib keladi. Aslida talabalarga o’z fikri, o’ziga taalluқli bo’lgan ғoya va tasawurlar қimmatli ekanligini ko’rsata olish zarur. Talabalarning o’zlari ҳam o’z fikrlarining қimmatbaҳo ekanligiga ishonch ҳosil қila olishlari zarur. Ular o’z fikrining rushuncha va masalani muҳokama қilish jarayonida o’ta muҳim, shuningdek, kata ҳissa bo’lib ҳisoblanishini tan olishlari kerak.