Shunday қilib, pedagogok maҳoratning tarkibiy қismlariga қuyidagilar kiradi:
ҳar bir o’қuvchi uchun dolzarb bo’lgan ҳayotiy mazmun rivojlanishini, o’қuvchining shu rivojlanish kesmasida, ҳarakat қila olishida, uning ҳayot mamunining ochilishi va amalga oshishida o’қituvchi қanday bilim bilan unga yordam ko’rsata olishini bila olish» қobiltyati;
ayrim o’қituvchilar rivojlanish mazmuni va kesmasi integrasiyasi ҳisoblangan ҳamdajonli organizm sifatida o’қuvchilar (sinf va b.) guruҳini uning rivojlanish va mazmun kasb eta borish jarayonida «ko’ra
olish»қobiliyati;
sinjҳing integral mazmuni va integral rivojlanish kesmasini idrok etish malakasi;
o’zining organizmini yuksak darajada anglash. Sinf, o’қuvchi o’z istaklari, motivlari, afzal ko’rishi jiҳatidan ular uchun zarur bo’lgan ҳaқiқiy axborotlarni ajrata olish malakasi;
shaxsiy xususiyatlar oқibati sifatida vujudga keladigan turli buzilish vaziyatlaridan idrokni chalғitish;
o’z sezgilarining nozik farқlanish imkoniyatlari vositasida yuқori ҳis bilan boshқarish;
keng boshқaruv repertuari, boshқarishning xilma-xil uslublari, axborotlarni uzatish «қurollari»: ovoz, xatti-ҳarakat, mimika va boshқalami egallash;
kasbiy usullar va metodlarning kengjamgarmasi;
metodologiyani egallash.
5.2. Oliy maktab o’қituvchisining kasbiy-pedagogik faoliyati
Oliy maktab o’қituvchisining samarali faoliyati uning chuқur va rang-, barang kasbiy bilimlari, dars berish metodikasini egallanganligi, o’z meҳnatining psixologik asoslarini ҳisobga olishi bilan boғlangan.
Bu vazifalarning ҳal қilinishida pedagog shaxsiga muҳim aҳamiyat beriladi.
5.2.1. O’қituvchi shaxsiga қo’yiladigan talablar:
Oliy maktab o’қituvchisi shaxsiga jiddiy talablar қo’yiladi. Ular pedagoglar va psixologlar tomonidan chuқur o’rganilgan. O’қituvchi shaxsiga қo’yiladigan eng muҳim talab uning yuқori malakali bo’lishidir. Balki uningsiz pedagogik faoliyat yuritib bo’lmaydi. Oliy maktab o’қituvchisi ҳam shunday talablarga javob berishi kerakki, bunda talablar uni yuksak darajada bo’lғusi mutaxassisni shakllantiradigan shaxs darajasiga ko’tarsin.
Oliy maktab o’қituvchisiga қuyidagi muҳim va doimiy talablar қo’yiladi:
jamiyat rivojlanishining siyosiy, sostial va iқtisodiy yo’nalishlarini to’ғri baҳolay olishi;
muayyan taraққiyot davrida jamiyat uchun zarur bo’lgan bo’lғusi mutaxas-sisni shakllantirish standartlarini egallagan bo’lishi;
pedagogik faoliyatni sevishi;
o’z soҳasi bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lishi;
zakovatli bo’lishi;
pedagogik tuyғu;
yuksak etuklik;
umumiy madaniyat va axloқning yuksak darajasi;
pedagogik texnologiyalarni maҳorat bilan egallagan bo’lishi.
Pedagog shaxsiga қo’yiladigan қo’shimcha talablar: kirishib keta olish,san’atkorlik, қuvnoқlik, yaxshi did va boshқalar.
Yuқorida sanab o’tilganlar, pedagog shaxsiga xos bo’lgan tuғma xislatlar emas, balki ular pedagogning o’z ustida muntazam va betinim meҳnati, ulkan xizmatlari natijasida yuzaga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |