Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
13 
yonbag‘irlarida pillapoyalar qilinib, sug‘orma dehqonchilik rivojlangan. 
Yaponiyada dehqonchilikdan besh hududda markaz, shimol, sharq, g‘arb 
va janubiy viloyatlariga bo‘linib foydalanilgan. O‘sha davrda Yaponiyada 
1,5 million gektar yerdan qishloq xo‘jaligida foydalanilgan, uning miqdori 
XVII asrlarga kelib, 3,0 million gektardan oshib ketgan, yarmida esa sholi 
yetishtirilgan. 
Hindistonda sug‘orma dehqonchilik Boburiylar avlodi Akbarshoh 
davrida juda rivojlanib, bir qator kanallar, suv omborlari va ariqlar qazilib, 
yer maydoni hisoblanib, kadastri ishlab chiqilgan. 
Feodalizm davrida qishloq xo‘jaligi, ya’ni yerdan unumli foydalanish 
Vizantiya imperiyasida rivojlanib, davlat iqtisodida asosiy o‘rinni egalladi. 
Bu mamlakatda “Dehqonchilik qonuni qabul qilindi”, “Geoponika”, ya’ni 
qishloq xo‘jaligini o‘z ichiga oladigan ensiklopedik asar yaratildi.
Mazkur davrda Arab mamlakatlarida tuproqlar ko‘rinishi va 
unumdorligiga binoan uch qismga: daxna – tekislikdagi qizil qumli yerlar, 
nerud – tepaliklardagi qumli tuproqlar, unumsiz va xarra-toshli temirsimon 
tuproqlar, vaqtincha soylar oqadigan joylarda – vadilar ajratilgan. 
Eron mamlakatlarida keng tarqalgan “Qobusnoma”da yer 
unumdorligiga qarab baholash masalalari qayd etilgan. Muqaddas 
“Avesto”da: “Zardushtiylikda ekin yerlarini ko‘paytirish, shudgor qilish
asrab-avaylash, uni muqaddas hisoblab sajda qilish ilohiy nizom tusini 
olgan, yerga yaxshi urug‘ sepish, unga yaxshi ishlov berish kerak”..., degan 
jumlalar keltirilgan. 
Abu Ali Ibn Sino tuproq, uning mexanik tarkibi, unumdorligi 
to‘g‘risida juda ravshan, ilg‘or fikrlarni «Donishnoma» asarida keltiriladi: 
«Yerning o‘zi, xususan, sovuq, katta nam jamg‘armasiga ega», «Yer 
sharining o‘rta qismida yerning oddiy faoliyatini to‘la qamrab olgan toza 
yer (tuproq) bo‘lishi kerak. Buning uchun tuproq va suvning o‘rtasida 
mutanosiblik bo‘lishi kerak. Bunday tuproq o‘simliklar va tirik 
organizmlarning hayot faoliyati uchun asos bo‘la oladi». (Donishnoma, 
1957).
Abu Rayxon Beruniy o‘zining «Mineralogiya» nomli asarida 
tuproqning mineralogik tarkibiga alohida ehtibor berib, har xil 
minerallarning qattiqligi, solishtirma og‘irliklarini aniqlash uslublari 
to‘g‘risida chuqur mulohazalarni bildiradi. Nurash jarayoni natijasida katta 
hajmdagi tog‘ jinslaridan har xil o‘lchamdagi va shakldagi bo‘lakchalar 
vujudga keladi. U XI asrdayoq bu bo‘lakchalarning tasnifini berib, ularni 5 
ta guruh: 1 - xarsang toshlar; 2 -shag‘al; 3 - qum, 4 - to‘zon; 5 - loyqaga 
ajratadi. 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
14 
Tuproq 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar 
keyinchalik 
Maxmud 
Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” (1074-1077 y) nomli asarida ham 
kiltirilgan. Jumladan, 
chalang yer 
- o‘simliksiz, sho‘rlangan, qora tuproq. 
Sag‘izli yer - 
eng yaxshi, sog‘lom yer (tuproq), 
sag‘iz tuproq 
- sog‘lom, 
toza tuproq. 
Toz yer -
o‘simliklar kam unumsiz yer. 
Kayir yer 
- juda 
yumshoq, tekis, qumli yer. 
Qazg‘an yer -
yuzasi tekis bo‘lmagan, botqoqli 
yerlar.
Feodalizm davrida tuproqshunoslik to‘g‘risidagi fan unchalik 
rivojlanmasdan B.Pallion (1563), F.Bekon, Van-Gelmont, Glauber kabi 
olimlar o‘simlikning oziqlanishi va boshqa qishloq xo‘jalik masalalariga 
extibor berdilar.
Kapitalizm davrida tuproqshunoslik to‘g‘risidagi ancha ma’lumotlar 
to‘plana boshladi. M.V.Lomonosov (1753, 1763), A.N.Radishev (1965), 
A.T.Bolotov (1833), M.I.Afoninlarning (1771) ishlari shular qatoriga 
kiradi.
Bu davrda Yevropa mamlakatlarida tuproq gumusi, ya’ni organik 
moddalarning hosil bo‘lishi, uning tuproq xossalari va unumdorlikka 
ta’siriga oid K.Shprengel (1861-1862), Ya.Bertselius (1839), Mulder 
(1840, 1862), German (1836, 1845), Grando (1872), P.A.Kostichev (1889), 
Myuller, Ramann (1888), Sven-Oden (1912, 1919), S.Vaksman (1926, 
1937), A.Shmuk (1924, 1930), A.F.Tyulin (1926,1948), V.R.Vilyams 
(1897,1902, 1914), A.G.Trusovlar (1914, 1916) tomonidan ilmiy tekshirish 
ishlari olib borilgan. 
Rossiyada tuproqshunoslik fani xalqdan yer hosili va maydonini 
hisoblash, soliq undirish maqsadida K.S.Veselovskiy va V.I.CHaslavskiy 
tomonidan 1875-yili tuproq xaritasi tuzilib, Parijda bo‘lib o‘tgan geografik 
kongressda bayon etildi. 
Rossiyada 1725-yilda Fanlar akademiyasi tashkil etilib, yer osti 
boyliklari va tuproq qoplamini o‘rganish uchun ekspeditsiyalar tashkil 
qilindi. Tuproq to‘g‘risidagi ta’limotga rus qomusiy olim M.V.Lomonosov 
(1711-1765 y) katta hissa qo‘shdi. M.V.Lomonosov 1757-1763-yili “Yer 
qatlamlari” to‘g‘risida birinchi kitob yozib, tuproq-geobiologik tana bo‘lib, 
tog‘ jinslarining tirik organizmlar ta’sirida yemirilib hosil bo‘lgan 
mahsulot deb ta’riflaydi. Tuproq tarkibida organik moddalarning hosil 
bo‘lishi o‘simlik va hayvonot dunyosining chirishiga bog‘liqdir. U qora 
tuproqlarning kelib chiqishi, paydo bo‘lishi va shakllanishi, cho‘l 
o‘simliklarining rivojlanishi va tarqalishi bilan bog‘liqligini tushuntirib 
beradi. Tuproq qoplamini tundra, o‘rmon va cho‘l mintaqasida tarqalish 
qonuniyatlarini birinchi bo‘lib ko‘rsatib o‘tadi va birinchi tasnifini 
yaratadi. M.V.Lomonosov tuproq qoplamida tuzlarning to‘planishi va 



Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish