«tuproqshunoslik va agrokimyo»


Sho’rxoklar meliorasiyasi



Download 18,39 Mb.
bet50/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Sho’rxoklar meliorasiyasi. Agronomiya talablariga javob beradigan sistema asosida suvdan to’g’ri foydalanish, sug’orish shoxobchalaridan suvning ko’p miqdorda singib ketishiga yo’l qo’ymaslik, suvni tejash, o’tdalali almashlab ekish sistemasini joriy etish singari ishlar tuproq sho’rlanishining oldini olishdagi eng muhim agrotexnika tadbirlaridan hisoblanadi.
Sizot sho’r suvlarining tuproq profili bo’ylab kapillyar yo’llar orqali uzluksiz ravishda pastdan yuqoriga ko’tarilishini to’xtatish va tuproqda yig’ilgan zararli tuzlarni yo’qotish yo’li bilan sho’rlangan tuproqlarning sho’rini ketkazish va ularni yaxshilash mumkin.
Sho’rlangan tuproqlardan samarali foydalanish uchun murakkab meliorativ tadbirlarni amalga oshirish, jumladan tuproqni zarali tuzlardan tozalash, ya’ni yuvish talab etiladi. Shu maqsadda pollar kilinib tuproqning sho’ri yuviladi (45-rasm). Sho’r yuvishni muvaffaqiyatli o’tkazishning muhim shartlari-dalalarni tekislash hamda zovurlar va kollektor tarmoqlarini qurishdir.


45 - rasm

Dalalardagi turli sho’r dog’larini yo’qotish ham paxtadan yuqori hosil olish va uning tannarxini kamaytirishning katta rezervidir. Tuproqning sho’rini yuvish uning qay darajada sho’rlanganligiga qarab turli normada va bir necha marta yuviladi. Tuproqning mexanik tarkibiga ko’ra odatda ilgari o’zlashtirilgan maydonlarning har gektariga 2-5 ming kubmetr suv oqizib yuviladi, shuncha miqdordagi suv 1-3 marta beriladi.


Sho’rlangan tuproqlarni sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida o’zlashtirishda qayta sho’rlanishning oldini olishga alohida e’tibor berish kerak.
Dalalar atrofiga va sug’orish shaxobchalari bo’ylab ekilgan ihota daraxtzorlari iqlimning issiqligi va quruqligini hamda shamolning ta’sirini kamaytiradi. Bu esa tuproq betidan suvning bug’lanib ketishini ancha sekinlashtiradi, natijada sho’rlanish kamayadi.
Sug’oriladigan tuproqlarning qayta sho’rlanishi dehqonchilik uchun ancha katta xavf tug’diradi. Zamonaviy sug’orish sistemalarining ko’pchiligi gidrozolyasiyasiz qurilib, ya’ni suv singdirmaydigan qoplamalardan foydalanilmayotir. Buning oqibatida sizot suvlar yuqoriga tez ko’tarilib (ba’zan yiliga 0,5-2m va bundan ham ko’proq) tuproq yuzasiga chiqadi, agar tabiiy ravishda oqib ketmasa yer botqoqlanadi va sho’rlanadi.
Qayta sho’rlanishga qarshi kurashdagi muhim tadbir sug’orish sistemalarida suvni qat’iy belgilangan miqdorda sarflashdan, minerallangan suvni oqizib yuborish maqsadida zovurlar qurish, o’simliklarni yomg’irlatib va tomchilatib sug’orish, yaxshi zovurlangan sharoitda tuproq sho’rini yuvishni puxta o’tkazishdan iborat.
Tuzlari yuvilgan tuproqlar unumdorligini oshirishda organik va mineral o’g’itlar qo’llash, strukturasini yaxshilash, tuproq biologik faolligini oshirish tadbirlari qo’llaniladi. Bu maqsadlar uchun sho’rlangan maydonlar o’zlashtirilgandan keyingi birinchi davrlarda tuzga chidamli ekinlar ekish lozim. Meliorativ ishlarni o’tkazishda, sho’rlangan tuproqlarda beda, arpa, tariq, bug’doy, kungaboqar, oq jo’xori, lavlagi, sholi va boshqalar yaxshi o’zlashtiruvchi ekinlar hisoblanadi.



Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish