«tuproqshunoslik va agrokimyo»


Qora tuproqlarning tarkibi va xossalari



Download 18,39 Mb.
bet49/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Qora tuproqlarning tarkibi va xossalari.
Qora tuproqlarning umumiy xususiyati – granulometrik va minerologik tarkibi ona jinslar tarkibiga o’xshashligi. Granulometrik tarkibi amalda tuproq paydo bo’lish jarayonida o’zgarmaydi. (59 jadval). Sharqiy - Yevropa fasiyasi podzollashgan va ishqorsizlangan va janubiy -Yevropa fasiyasining podzollashgan qora tuproqlari bundan mustasno, ushbu tipchalar profilida loyqa fraksiyaning elyuvial-illyuvialli kuchsiz differensiasiyasi kuzatiladi.
Granulometrik tarkibi yengil qumoq va og’ir qumoqli qora tuproqlar katta maydonlarni egallaydi, qaysiki ulardagi fizik loyning (0,01 mm dan kichik zarrachalar) miqdori 50-60% atrofida o’zgarib turadi. Bular og’ir tuproqlar kategoriyasiga kiritiladi. Ular faqat yuqori donador, uvoqli – donador va uvoqli strukturali bo’lganda o’simliklar uchun optimal xossaga ega bo’ladi. Strukturasi buzilgan haydalma gorizontlar uchun yirik kesaklilik xarakterli hisoblanadi. Mashinalar ta’sirida qora tuproqlar chuqur qatlamlari juda zichlashib ketadi.
Qora tuproqlar lessimon soz va qumoqli ona jinslarining lessimon xossalarini o’zida aks ettiradi. Qora tuproqlar minerologik tarkibida birlamchi minerallar ko’pchilikni tashkil etadi. Aksariyat, qora tuproqlarda monmorillonit va gidroslyudalar gruppasiga mansub ikkilamchi minerallar uchraydi. Loyqa fraksiyada kaolinitli guruh minerallari ko’p bo’lgan qora tuproqlar ham uchraydi.
Shuningdek ikkilamchi minerallardan kristall shakldagi oksidlar- getit, gibbsit, amorf holdagi qator moddalar va kam miqdorda yuqori dispersli kvars ham tarqalgan. Yuqori dispersli minerallar tuproq profilida bir tekisda taqsimlangan. Qora tuproqlar minerologik tarkibidagi minerallarning farqlanishi jinslar xususiyati va birlamchi minerallar nurash sharoitlariga bog’liq.
Ishqorsizlangan va podzollashgan tipchalaridan boshqa barcha tipchalarida genetik gorizontlar bo’yicha SiO2, Fe2O3, Al2O3 lar tekis tarqalgan. (59 jadval).
Kalsiy va magniy karbonatlarining elyuvial-illyuvialli xarakterda taqsimlanishi qora tuproklar suv va termik rejimi xususiyatlariga va tuprok havosi va tuproq eritmasidagi uglekislota dinamikasiga bog’liq. Bahorda, pastga yo’nalgan namning eng ko’p bo’lgan davrida, karbonatlarning yuvilishi sodir bo’ladi. Ammo, karbonat kalsiy juda kuchsiz eruvchanligi va tuproq havosi va tuproq eritmasida ko’mir kislotasi konsetrasiyasining pastligi, shuningdek bu vaqtda tuproqda biologik jarayonlar faolligi hali juda sustligi tufayli, oson eriydigan tuzlarda kuzatiladigan, maksimal namlanish chuqurligigacha yetib bormaydi, va yuqorida ushlanib qolinadi. Keyinchalik haroratning ko’tarilishi ildizlar nafas olishini kuchaytiradi va mikroorganizmlar faoliyatini aktivlashtiradi; bu esa tuproq eritmasida uglekislota konsetrasiyasini oshishiga va bikarbonatlarning ko’p hosil bo’lishiga olib keladi, so’ngra balandga ko’tarilayotgan namlik bilan profil yuqorisiga harakat eta boshlaydi. Suvning parlanishga sarflanishi karbonatlarning cho’kmaga tushishi va illyuvial-desuktiv gorizontning hosil bo’lishiga olib keladi.
Sharqiy Yevropa fasiyasining podzollashgan va ishqorsizlangan qora tuproqlari profilida migrasiyalanadigan shaklda ajralib chiqadigan karbonatlar, yupqa qatlam, trubkasimon bog’lamalar, tomirlar va x.z. lar tarzidagi yangi yaralmalarning absolyut ko’p bo’lishi xarakterlidir. Karbonatlarning barqaror shakllari turnachalar tarzida bo’lib, migrasion ajralmalar zonasining ostida joylashadi.
Oddiy va janubiy qora tuproqlarda karbonatlar asosan g’ovak zichlangan hosila – oq ko’zanak shaklida segregasiyalangan. Migrasion shakllari kam uchraydi, va ular ajralib chiqadigan zona barqaror shakllari zonasining ustida ham, shuningdek uning ostida ham joylashadi. Oddiy qora tuproqlarda karbonatlar yangi yaralmasining shakllari ko’proq turli-tumandir. Ularda tipik va ishqorsizlanganlarida ham va shuningdek janubiy qora tuproqlarda ham kuzatiladigan ko’pchilik shakllari uchraydi, garchi ifodalanish darajasi kamroq bo’lsa ham.
Sibir fasiyasi qora tuproklarida karbonatli gorizont barcha joyda yangi yaralmaning miseliyali shakllarida ifodalangan. Shimilgan va unsimon dog’lar, ba’zan-oq ko’zanak shakllari xarakterlidir.
Tuproqlardagi karbonatlarni o’rganishda har doim CaCO3 miqdoriga asoslanadi. Haqiqatan ham janubiy – Yevropa fasiyasi qora tuproqlari karbonatli profilini 10 m chuqurlikkacha o’rganish erkin karbonatlar tarqalishi taxminan quyidagicha ekanligini ya’ni: CaCO3 – 80% va MgCO3 – 20% ni tashkil etishini ko’rsatdi. (40-rasm). Bu qora tuproqlarda almashinuvchi Ca2+ va Mg2+ larning taqsimlanishi bilan korrelyasiyalanadi.
Qora tuproqlar profilida karbonatlar miqdori ularning fasial, genetik, tipcha va turlari bo’yicha farqlanishini ifodalaydi. Masalan janubiy-yevropa fasiyasi qora tuproqlari karbonlarning qora tuproklar profilida migrasiyasining fasial xarakteri bilan ajralib turadi, qaysiki bu gumusli gorizont pastida karbonatli gorizontning va migrasion tipdagi (tomirlar, miseliya, turli tola) karbonatli yangi yaralma ajratmalari hosil bulishiga olib keladi.
Yumshoq qish, tuproqning qishda kuchsiz muzlashi, chuqur namlanishi, iliq davrning uzoqligi, namning pastga va yuqoriga xarakatlanishining almashib turishi profil bo’yicha karbonatlar migrasiyasi amplitudasining ancha kengligini va miseliya shakldagi yangi yaralmalar paydo bo’lishini belgilaydi, qaysiki bu quriyotgan tuproq kesmasida yaqqol kuzatiladi. Qaynash chizig’idan 20-30 sm pastda va oq ko’zanak ajratmalarining boshlanishigacha, karbonatli miseliyalar aniq ko’rinib turadi. Karbonatlarning miseliyali ajratmasi qora tuproqlar karbonatli va tipik tipchalari uchun ko’proq xarakterli.
Karbonatlar miqdorining genetik o’ziga xosligi qora tuproqlar karbonatli profili ko’rinishida tipik namoyon bo’ladi: ustki gorizontlarda CaCO3 ning bo’lmasliga yoki ozligi, karbonatlar miqdorining karbonatli konkresiyalarning illyuvial-desuktiv gorizontigacha asta-sekin ko’payib borishi va so’ngra ona jinsda ular miqdorining kamayishi. Odatda karbonatli profil quyidgi CaCO3 miqdori bilan aniqlanadi: 10% HCl ta’sirida qaynashning boshlanishi – 0,3%, kuchsiz qaynash – 0,3-2,0%, kuchli qaynash va karbonatlarning asta-sekin ortib borishi – 2,0-8,0 (10,0)%, ohak to’plangan illyuvial-desuktivli gorizont – 8,0 (10,0) – 10,0 (12,0)%, ona jinsda (lessimon soz va qumoqlarda) karbonatlar miqdorining 8,0-10,0% gacha kamayishi.
Bu qora tuproqlar taksonomik turining farqidagi xususiyatlari. Qora tuproklar tipchalarida erkin karbonatlar miqdoridagi farq aniq ifodalanadi. Ushbu karbonatlar profilining birxil emasligi, karbonatlar paydo bo’lish chuqurligi boshlanishining va shuningdek tuproqning ikki metrli qalinligidagi CaCO3 yalpi miqdorining turlicha ekanligi bilan aniqlanadi. Hisoblar ko’rsatishiga, 1 m2 maydondagi CaCO3 miqdori 0 – 200 sm qalinlikda karbonatlilarda – 260 kg, tipiklarda – 130 kg, ishqorsizlanganlarda – 70 kg. Har gektardagi karbonatlar miqdori ming tonnalarda hisoblanadi, karbonatli qora tuproqlarda maksimumga yetadi.


Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi

Ekinlar

Tuproqdagi eng ko’p xlor miqdo-ri,og’irligiga nisbatan % hisobida

Tuproq eritmasining xlor bo’yicha kon-sentrasiyasi, g/l. Tuproq namligi 19% bo’lganda

Tuz ta’siriga juda chidamsiz

Mosh, no’xat, loviya

0,005-0,008

0,26-0,42

Tuz ta’siriga kam chidaydigan

Beda, kartoshka

0,008-0,015

0,42-0,79

Tuz ta’siriga sal chidamli

G’o’za

0,01-0,022

0,59-1,05

Yuqoridagidek

Suli, bo’g’doy,makkajo’xori

0,015-0,025

0,79-1,92

Yuqoridagidek

Tariq, arpa

002-0,03

1,05-1,58

Tuz ta’siriga chidamli

Lavlagi, shabdor

0,03-0,04

1,58-2,10

Yuqoridagidek

Oq jo’xori

0,04-0,05

2,10-2,63

Tuz ta’siriga ancha chidamli

Kunga boqar

0,05-0,07

2,63-3,68



Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish