Tuproqning qattiqligi. Tabiiy holdagi tuproqlarning turli bosimdagi kuch ta’sirida siqilish va bo’linib ketishga qarshi tura olish qobiliyati hisoblanadi. Qattiqlik tverdomer (qattiqlikni o’lchovchi) asbob bilan aniqlanadi va kg/sm2 bilan ifodalanadi. Qattiqlik darajasi tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi, holati va namligi singarilarga bog’liq. Namlik ortgan sari, qattiqlik kamayadi. Tuproq qattiqligi o’simlik ildizining o’sishi va tarqalishida muhim ahamiyatga ega. O’simliklarning dastlabki o’sish davrida tuproqning qattiqligi 7-8kg/sm2 , intensiv o’sish paytida esa 25 kg/sm2 dan oshmasligi kerak (P.U.Baxtin). Tuproq qattiqligi qishloq xo’jalik mashinalaridan foydalanilayotganda hisobga olinadi.
Tuproqning solishtirma qarshiligi. Tuproqqa ishlov berish uchun sarflanadigan kuchlarning umumiy ko’rsatkichidir. Solishtirma qarshilik deb, tuproq qatlamini qirqish, ag’darish uchun hamda qurollar yuzasiga tushadigan qarshilikni yengish uchun sarf bo’lgan kuch miqdoriga aytiladi. Solishtirma qarshilik tuproq qatlami ko’ndalang kesimining 1 sm2 yuzasiga qancha kg kuch sarf bo’lganiga qarab aniqlanadi. Tuproqning mexanik tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari, tuproq namligi va agroxo’jalik holatiga ko’ra, solishtirma qarshilik 0,2-1,2 kg\sm2 oralig’ida bo’ladi (29-jadval).
29-jadval
Tuproqning solishtirma qarshiligi
Tuproq
|
Mexanik tarkibi
|
Foydalanish holati
|
Solishtirma qarshiligi, kg/sm2
|
Chimli podzol
Oddiy qora tuproq
Sho’rtob
Bo’z tuproq
|
Soz
Og’ir qumoq
O’rta qumoq
Yengil qumoq
Qumloq
Soz
Qumoq
Qumoq
Soz
Qumoq
Og’ir qumoq
O’rta qumoq
Yengil qumoq
Og’ir qumoq
Qumoq
Yengil qumoq
|
Haydalgan yer
---------\\--------
---------\\--------
---------\\--------
---------\\--------
qo’riq yer
---------\\--------
haydalgan yer
qo’riq yer
---------\\--------
sug’orib haydaladigan yer
---------\\--------
---------\\--------
sug’orilmaydigan,
haydalma yer
---------\\--------
---------\\--------
|
0,68
0,48
0,35
0,27
0,18
0,7-0,8
0,6-0,8
0,4-0,5
1,21
0,90
0,49
0,41
0,34
0,42
0,34
0,27
|
Bu muhim ko’rsatkich plug konstruksiyasida, traktorlar kuchini aniqlashda, yerni ishlashda ishlatiladigan qurollar va traktorlar markasini rayonlashtirishda e’tiborga olinadi (22-rasm).
Solishtirma qarshilik ko’rsatkichiga ko’ra, haydalayotgan barcha tuproqlar quyidagi 4 gruppaga bo’linadi (K.I.Kurochkin): yengil solishtirma qarshiligi 0,2-0,35 kg/sm2 (qum, qumoq, yengil tarkibli podzol va ba’zi torfli); o’rtacha tuproq, solishtirma qarshiligi 0,35-0,55 kg/sm2 (qumoq tarkibli qora, qisman tog’ oldi rayonlarining shag’alli tuproqlari); og’ir tuproq solishtirma qarshilishi 0,55-0,8 kg/sm2 (soz tarkibli qo’ng’ir va kashtan tuproqlar); o’ta og’ir tuproqlar, solishtirma qarshiligi 0,8-2,0 kg/sm2 (sug’oriladigan yerlar, bo’z va qo’riq uchastkalar, kuchli chimlangan shuningdek, sho’rtob va sho’rxoklar).
Tuproqning solishtirma qarshiligi oshishi bilan yerning ishlashda xizmat qiladigan traktorlarning yoqilg’i sarfi oshadi. Qarshi cho’lining yangi sug’oriladigan taqir tuproqlari sharoitida yengil qumoq tarkibli yerlarda solishtirma qarshilik 0,50-0,70 kg\sm2, yengil soz tuproqlarda 0,93-1,06 kg\sm2 ni tashkil etadi. Shunga ko’ra, yoqilg’i sarfi yengil qumoq tuproqlarda 10-12 kg/ga, o’rta qumoqlarda 15-18, yengil soz yerlarda 28 kg/ga, ya’ni bunda yengil qumoq tuproqlarga nisbatan yoqilg’i miqdori 1,5-3 barobar ko’p bo’lgan (T.M.Ishpo’latov).
Solishtirma qarshilik, kg/sm3
Strukturasiz tuproq
Strukturali tuproq
Do'stlaringiz bilan baham: |