«tuproqshunoslik va agrokimyo»


Tuproqning fizikaviy va fizik-mexanik xossalarini boshqarish



Download 18,39 Mb.
bet25/83
Sana24.02.2022
Hajmi18,39 Mb.
#203959
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
Bog'liq
Tuproqshunoslik va agrokimyo majmua

Tuproqning fizikaviy va fizik-mexanik xossalarini boshqarish.
Tuproqning umumiy fizik xossalari va fizik-mexanik xossalari ekinlarni o’stirish texnologiyasida e’tiborga olinishi kerak. Bu maqbul sharoitlar ma’lum darajada tuproqning biologik va kimyoviy xossalarini yaxshilashga qaratilgan agrotexnika tadbirlarini qo’llanish natijasida yuzaga keltiriladi. Qishloq xo’jalik ekinlarini o’stirish va ularning talabiga javob beradigan texnologiyadan samarali foydalanishda, agronom tuproqning yuqorida qarab chiqilgan fizik va fizik-mexanik xossalari ko’rsatkichlarining maqbul parametrlarini yaxshi bilishi kerak. Tuproqning umumiy fizik va fizik-mexanik xossalarini tuproqning unumdorligini baholashda va qishloq xo’jalik ekinlarini parvarish qilish texnologiyasida e’tiborga olish zarur. Ularning hammasi tuproqga ta’sir etishning agrotexnikaviy, biologik va kimyoviy usullari orqali u yoki bu darajada tartibga solinadi. Tuproqning mexanik va mineralogik tarkibi, strukturasi, namligi, almashinadigan kationlar tarkibi, gumusli holati, dalalarda foydalaniladigan texnikalar va qishloq xo’jalik ekinlarini o’stirish texnologiyalari tuproqning fizikaviy va fizik-mexanik xossalariga ta’sir etuvchi eng muhim omillar hisoblanadi.
Tuproqning fizikaviy va fizik-mexanik xossalarini tartibga solishda o’simliklar talabiga binoan va ularni yetishtirishda samarali texnologiyalarni tanlashda ushbu xossalarning yuqorida sanab o’tilgan parametrlarini baholashni hamda ularning shakllanishida ko’rsatilgan omillarning rolini bilish zarur.
Tuproqlardan dehqonchilikda foydalanishda uning mexanik va mineralogik tarkiblarining o’zgarishi qiyin bo’lganligi sababli, ularning ahamiyatini tuproqning fizikaviy va fizik-mexanik xossalarini boshqarish usullarini tanlashda (turli mexanik tarkibdagi tuproqlarni ularning namligiga ko’ra ishlov berishning optimal muddatlarini tanlashda, og’ir tuproqlarda haydov osti gorizontlarini yumshatishda va boshqa) asosan ularning ahamiyatini hisobga olish zarur. Tuproqning namligi, strukturasi, gumuslanish darajasi va almashinadigan kationlar tarkibi kabi turli darajada tartibga solinadigan omillar fizikaviy va fizik-mexanik xossalarning barcha kompleksiga har tomonlama ijobiy ta’sir etadi. Tuproqning namlik holatiga ko’ra unga ishlov berish muddati va usullarini tanlash, tuproq struktura holatini yaxshilashda amalga oshiriladigan tadbirlar (ko’p yillik o’tlar ekish, ishlov berishni minimallashtirish, organik o’g’itlar berish, siderat ekinlar ekish va boshqalar) ni amalga oshirish, tuproq gumusini oshirish tuproqning fizikaviy va fizik-mexanik xossalarini eng yaxshi parametrlarini yaratishga imkon tug’diradi.
Nordon tuproqlarni ohaklash va ishqorli tuproqlarni gipslash, singdirilgan asoslar tarkibini o’zgartirish bilan birga fizik va fizik-mexanik xossalarning butun kompleksining o’zgarishiga ham sabab bo’ladi. Tuproqning fizik xossalari, eng avvalo, zichligi, g’ovakligi, solishtirma qarshiligi kabi xossalarining shakllanishida tuproqqa qishloq xo’jalik texnikasining ta’siri alohida ahamiyatga ega. Og’ir texnika (og’ir traktor, kombayn va boshqa mashinalar), tuproqning 50-80 sm va undan ham ko’proq chuqurlikgacha va ayniqsa haydov va haydov osti qatlamlarining kuchli zichlanishiga sabab bo’ladi.
Shuning uchun tuproq zichlanishiga ta’sir etishi jihatidan mashina-traktor parklari tarkibiga qattiq talab qo’yish, dehqonchilikda ishlov berishni minimallashtiradigan texnologiyalarni joriy etish, tuproq zichlanishiga qarshi kurashda faol usullardan foydalanish (chuqur yumshatish va boshqalar) tuproqning qulay fizikaviy va fizik-mexanik xossalarini vujudga keltirishda muhim ahamiyatga ega.

Download 18,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish