2.1. Tuproqqa ishlov berish texnologiyalari
Bugungi kunda dunyo qishloq xo’jaligida tuproq mikroflorasini yaxshilash masalasi ham muhim hisoblanadi. Chunki tuproq mikroflorasi tuproq organizimlarining asosiy yashash joyi hisoblanib, uning biologik tirikligi eng avvalo tuproq muhitning yaxshiligini ta’minlab, so’ngra o’simliklarning o’sish va rivojlanish manbai bo’lib hisoblanadi ham. Endilikda tuproqqa ishlov berishning yangi minimal usullari ishlab chiqarishga kirib kelmoqda. Bu texnologiyaning e’tiborli tomoni shundaki yerga har 3-4 yilda bir marta chuqur ishlov berilib, keyingi yillari yer yuza ishlov berish qurollari bilan ishlanadi. Bu tartibda yerga ishlov berishda tuproq zichlashmaydi, uning mikroflorasi uchun muhit yomonlashmaydi, tuproq zarrachalari maydalanib kukunlashmaydi va eng muhimi g’ovaklik, zichlik, suv o’tkazuvchanlik, havo muhiti, donadorligi hamda boshqa ko’rsatgichlari yaxshi holda saqlanadi. Ma’lumki, tuproq tarkibida oziq moddalar va namlik yetarlik miqdorda bo’lsa, mikroorganizimlarning rivojlanishi uchun eng qulay muhit hisoblanadi. O’rta hisob bilan 1 g. tuproqda 2,5-3 milliardgacha mikroorganizmlar bo’ladi, ya’ni 30 sm. li bir gektar ekinzor haydalganda tuproq tarkibidagi mikroblar vazni 3-5 tonnaga yetib boradi. Bu esa tuproqning tirikligidir. Endilikda ushbu tirik organizimlarning faoliyatini boshqarish va ulardan chirindi hosil bo’lish jarayonida to’g’ri foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuni hisobga olib yerga ishlov berishda ushbu tirik organizmlarni saqlagan holatda minimal ishlov berish usullarini o’rganish va uni qishloq xo’jaligiga joriy qilish muhim masala bo’lib hisoblanadi.
Ma’lumki, Respublikada dehqonchilik qilinib kelinayotgan tuproqlar tarkibida gumus miqdori bo’yicha eng so’ngi o’rinlarda turadi. Chirindi tuproqda qanchalik kam ekan uning zichlashib borishi Shunchalik yuqori darajada. So’ngi 30-40 yillarda ekin dalalariga og’ir texnikalarni kirishi va yerni vegitattsiyasi davrida 8-10 martagacha ishlashi oqibatida yerlar o’ta qotirib yuborildi.
Kuzgi shudgorni qanday chuqurlikda o’tqazilishidan qat’iy nazar bahorda urug’ ekish oldiga qo’yilgan vazifalar butunlay boshqacha bo’ladi. Bahorda yer yuza ishlov berish qurollari bilan yuza, 12-15 sm. bo’lgan chuqurlikda ishlash talab etiladi. Bunda yer yuza ishlanishi, yumshatilishi, donador holga kelishi, g’ovak va yumshoq bo’lishi zarur. Muhimi tuproqqa tushgan urug’likni ko’mishi kerak.
Ko’rinib turibdiki bu davrda tuproqni chuqur ishlash talab etilmas ekan. Keyinchalik o’simlikni o’sib rivojlanishi bilan yer chuqur ishlash qurollari bilan chuqurroq ishlanib boriladi. Masalani ikkinchi tomoni shundaki yer kuzda haydalgandan keyin 90-110 kun davomida dam oladi deymiz. Bu to’g’ri va inkor etib bo’lmaydigan holat. Ammo shu bilan bir vaqtda kuzgi va qishki yomg’ir- qorlar natijasida yer bir oz qotib ham qoladi. Uning fizik xususiyatlari buziladi.
Noananaviy usulda, ya’ni yerga yuza ishlov berish qurollari bilan ishlov berilgan variantlarda vegetatsiya davri 90-96 kun bo’lgan va sentyabr oyining oxiri oktyabr oyining boshida hosil yig’ishtirib olingan. Olingan hosil bo’yicha ikkala usulda yer tayyorlash texnologiyasida keskin farq kuzatilmagan. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, an’anaviy usulda yer tayyorlangan dastlabki variantlarda takroriy ekinlar hosilini yig’ishtirib olish bilan bog’liq ishlarni cho’zilib ketishi hisobiga kuzgi shudgorlash muddati kechikib ketadi. No’ananaviy usulda, ya’ni yerga yuza ishlov berish qurollari bilan ishlov berilgan variantlarda kuzgi Shudgorni o’z vaqtida o’tqazish imkoniyati to’liq saqlanib qoladi va kuzgi bug’doyni o’z muddatida ekish imkoniyatini yaratadi. Ikkinchidan bir gektar ekin dalasini haydash uchun 35-40 litr yoqilg’I va uni ikki marta dioganaliga ishlash uchun 25 litrda yoqilg’i sarfini hisoblaganda, jami 85-90 litr yoqilg’i sarflanib, mehnat xarajatlarini oshirib yuborar edi. Bu esa yetishtirilgan mahsulot tannarxiga o’zini ta’sirini ko’rsatmasdan qolmasdi.
Yerga ekinekishdan oldin ishlov berib uning unumdorligi yaxshilanadi. Bu jarayon fizik usulda ishlov berish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |