Agrotexnik talab bo’yicha yer tekislash ishlari amalga oshirilsa:
-tekislangan dalarda qishloq xo’jalik mashinalari yuqori unum bilan ishlaydi;
-yerlarning sho’ri yaxshi yuviladi;
-urug’lar bir xil chuqurlikka tushadi;
-nihollar bir tekisda unib chiqadi;
-to’liq qo’chat olinadi;
- 6-7 foiz suv tejaladi.
- Tekislangan dalalarning hamma joyida namlik bir tekisda to’planadi, tuproq bir vaqtda etiladi, ko’chat to’liq undirib olinadi hamda g’o’za qator oralariga sifatli ishlov beriladi.
O’z vaqtida yer tekislash ishlari amalga oshirilmasa:
-tekislanmagan dalada pastqam yerlarning tuprog’i yetilguncha, boshqa joylarida nam ko’tarilib yer qurib ketadi, bunday yerlarni kultivator bir xil chuqurlikda yumshata olmaydi, bu esa:
-ish sifatini pasaytiradi;
-yumshatilmagan yerlarda yirik kesaklar paydo bo’ladi;
-tuproqning nami tez bug’lanadi;
-o’simlik yaxshi rivojlanmaydi.
Yerlarni notekisliklarini yo’qotish maqsadida qishloq xo’jaligida kapital (asosiy) va joriy tekislash ishlari olib boriladi.
KAPITAL (asosiy) tekislash 3-4 yilda bir marta o’tkaziladi.
JORIY tekislash shudgor o’tkazilgandan so’ng olib boriladi.
Tekislash natijasida quyidagi natijalarga erishiladi:
- Tekis maydonda suvchi bir kunda 1.5-2.0 gektarni sug’oradi;
- Tekislangan maydonda chigit ekish va qator orasiga ishlov berishda bir kunda traktorchi 1.5-2 norma( me’yor) ish bajaradi;
- Ish unumi oshadi;
-Yaxshi tekislangan maydonlarda sifatli sho’r yuviladi, suv sarfi kamayadi, to’liq ko’chat olinadi. Sug’orish ishlari sifatli o’tkaziladi, kultivatsiyada mayin tuproq hosil qilinadi;
-sarf xarajatlar kamayadi.
o’tkazilmasa
-Tekislanmagan maydonlarda suvchi bir kunda 0.5-0,6 gektarni sug’oradi;
- Notekis maydonlarda traktorchini belgilangan normani bajarishi qiyinchilik bilan bo’ladi;
-Ish unumi pastligi – bajariladigan agrotadbirlarni o’z vaqtidan kechiktirib o’tkazishga olib keladi;
-Sho’r yuvish ishlari sifatsiz o’tkaziladi;
- Nihollar shu sababdan notekis unib chiqadi, ko’chat soni kamayadi;
- Hosildorlikka salbiy ta’sir etadi.
Yer tekislagichlar ko’rinish jixatdan oddiy bo’lsada, ishlash, texnologik jixatdan juda murakkab bo’lib, ularning ish samaradorligi maydon va notekisliklar o’lchamlariga va boshqa bir qancha omillarga bog’lik. Bundan tashqari, ularning manervchanligi juda kam metall sig’imi katta, boshqa qishloq xo’jalik mexanizm mashinalari bilan ta’minlashga moslashmagan va ish jarayonida ko’p quvvatni iste’mol qiladi. Uzun bo’yli tekislagichlarning rastional ishlash texnologiyasini asoslash maqsadida O’rta Osiyoda ko’p ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Bu ilmiy tadqiqot ishlarida aniqlanishicha, tekislagichlar bir joydan ko’p marta o’tishi natijasida yerni ustki katlami ko’p zichlanadi va qattiqlashadi, agregatni ish unumdorligi kamayadi. Bu kamchiliklar, ayniqsa kichik konturli yerlarda deyarli ko’p bo’ladi. Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, (masalan, P-4A tekislagichi) birinchi o’tishda ish hajmi 300 m3/ga bo’lsa beshinchi marta o’tgandan keyin ish hajmi 104 m3/ga ni tashkil qiladi. Tekislagichlarning bir joydan o’tishlar soniga qarab effektivligini aniqlash uchun noteksliklarni o’rtacha qiymati aniqlab chiqilgan.
Noteksliklarni asosiy keskin kamayishi 1-chi va 2-o’tishlardan keyin, navbatdagi o’tishlarda deyarli notekisliklar o’zgarmagan. Yuqoridagini hisobga olganda o’tishlar sonini 6...7 martadan 1..2 martagacha keltirish kerak.
Noteksligi 10..12 sm bo’lganda uchastkani ikkala diagonali bo’ylab bir martadan o’tishni lozim topamiz. Yer tekislagichlarni samarali ishlashini asosiy kriteriyalari: ish sifati, ish unumi va bajaradigan ish birligiga sarf qilingan mablag’ miqdori.
Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarida ta’kidlanishicha Buxoro viloyatida notekisliklarning o’lchami o’rtacha uzunasiga 15..30 m, eniga 20..40 metrgacha balandligi esa o’rtacha konturli uchastkalarda (3..5 ga) gacha notekisliklarni o’rtacha uzunligi 7...11 m, notekisliklar o’rtacha balandligi 10..15 sm atrofida. Yuqorida keltirilgan tekisliklarni taxlili shuni ko’rsatadiki, o’rta va katta konturli uchastkalarga nisbatan kichik konturli uchastkalarga noteksliklar o’lchami jihatidan farq qilar ekan. Bundan xulosa chiqadiki, kichik konturli yerlarda o’rta va kattaroq yerlarga qaraganda tekislik darajasi yuqori. Kichik konturli maydonlarda uzun bo’yli yer tekislagichlarni ishlatsak uchastkalar burchaglari va burilishi joylari tekislanmasdan qoladi. Chunki bu tekislagichlarni bazasi 15..16 m, burilish radiusi 15..20 metrgacha kam manyovrchanligi sababli ish unumi past. Shularni va hamda mutaxassislarning ilmiy ishlari va tajribasini hisobga olib, kichik konturli maydonlarda greyder tekislagichlarni GN-2,8A va GN-4A markali agregatlarni ishlatish mumkin. Lekin bu tekislagichlarning bazasi kichik, shu sababli ish sifati to’liq agrotexnika talablariga javob bermaydi. Shuning uchun kichik konturli maydonlarda kichik bo’yli tekislagichlardan foydalanish samarali deb hisoblaymiz.
Yuqoridagilarni inobatga olib biz kichik bo’yli tekislagichning ish unumdorligini oshirish maqsadida uning kovshiga 2 ta qarama-qarshi yo’nalishda aylanma harakatlanadigan shneklar o’rnatilib tajribada sinab ko’rildi. Tajribalarning natijasiga ko’ra tekislagichning ish sifati yaxshilandi, ish unumi 30 foizgacha oshdi eksplutastion harajatlar esa qariyb ikki barobargacha kamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |