Tuproq sistematikasi majmualari, Kam rivojlangan yupqa qatlamli tuproqlar
Tuproq sistematikasi yer yuzasida tarqalgan tuproqlarning turlari, ularning turli guruhlari o‘rtasidagi munosabat bilan uzviy bog‘liqligi, morfologik tuzilishi, xossa va tarkibiy o‘xshashligiga qarab aniqlanadi. Tuproq sistematikasining asosiy maqsadi, dunyo bo‘yicha tarqalgan tuproqlar tasnifini ishlab chiqishdir. Tuproq sistematikasi tarixiy va geografik solishtirish usulidan foydaladi. Tuproqshunoslikning barcha bo‘limlari tuproq evolyutsiyasi qonuniyatlari hamda ko‘rsatkichlaridan foydalanadi. Tuproq sistematikasiga asoslanib, dunyodagi mavjud tuproqlardan oqilona va samarali foydalanish masalasi hal qilinadi. Sistematika asoslari rus tuproqshunoslari V.V. Dokuchayev, N.M.Sibirsev, K.D.Glinka, L.I.Prasolov, Ye.N.Ivanova, N.N.Rozov, V.M.Fridlandlar tomonidan ishlab chiqilgan. Tuproq sistematikasi, asosan, uchta masalani oydinlashtirishi lozim, ya’ni: 1) tuproqlar orasidagi sifat va miqdoriy farqlarini aniqlash; 2) tuproqni iloji boricha, miqdoriy to‘la tavsiflash; 3) barcha tuproqlarni aniqlab, ilmiy tasnifini ishlab chiqish. Tuproq sistematikasida ishlab chiqilgan va qo‘llanilayotgan nomenklatura, taksonomiya va tuproq diagnostikasi asosida dunyo tuproqlarining tasnifi ishlab chiqiladi.
Kam rivojlangan tuproqlar profili yupqaroq A - S (O-A-S), genetik qatlamlar yumshoq tog‘ jinslarida yoki A-R (OA-R) qattiq holatdagi tog‘ jinslari ustida hosil bo‘ladi. Tuproq hosil qiluvchi ona jinsning sharoiti va xarakteriga binoan 4 xil kam rivojlangan tuproqlar ajratilgan, ya’ni litosollar - qattiq massiv kristallik tog‘ jinslari ustida, arenosollar - yumshoq holatdagi qum to‘plamlari ustida, regasollar - yumshoq qumoq yig‘ilmalar ustida, pelasollar - loy yotqiziqlari ustida hosil bo‘ladi. Vulqon mahsulotlari ustida hosil bo‘lgan andosollar bu guruhlarga kirmaydi. Ushbu toifaga daryo yoqalarida suv oqimlari hosil qilgan allyuvial tuproqlar ham kiritilmagan. Bundan tashqari, sovuq doim hukmron mintaqalarda - Arktika, Antarktida, tundra va tog‘ cho‘qqilarida kam rivojlangan kriogen tuproqlar tarqalgan. H.Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 123 Kam taraqqiy etgan tuproqlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: tog‘ jinsi ustida yupqa qatlamli - A, o‘simlik to‘shami - O, o‘tuvchi qatlam - AS yoki AR - 10 sm qalinlikdan oshmaydi, Litosol tuproqlarda A - qatlam qoramtir rangda bo‘lib, gumusga boydir. Ammo kuchsiz, kam rivojlangan yumshoq tabiatli tog‘ jinslari ustida hosil bo‘lgan tuproqlarda och qoramtir va gumus miqdori kamroq bo‘ladi, Ikkinchidan, bu tuproq profilida hali to‘liq mukammal genetik qatlamlar paydo bo‘lmagan, ammo tuproq profilida eskidan hosil bo‘lgan paleotuproq qatlamlari uchrab turadi. Demak, kam rivojlangan tuproqlar yosh bo‘lib, tog‘ hududlarida yuvilish (eroziya) natijasida yosharib turadi, rivojlanish jarayonining sahro hududida sustligi va tuproq hosil qiluvchi ona jins qumlarning kambag‘alligi bilan bog‘liqdir. Bu toifadagi tuproqlarning birlamchi yoki ikkilamchi bo‘lishi landshaft tarixiy ko‘rinishi mehyorlariga qarab belgilanadi. Kam rivojlangan tuproq tog‘larda, o‘rmonlar tagida, sahroda saksaul, kaktuslar, akatsiya daraxtlari tagida hosil bo‘lishi mumkin.
Gumus qatlami 10 sm oshiqroq, profili A-S yoki A - tuzilishida, yaxshi taraqqiy etgan avtomorf tuproqlar chimli tuproqlar deyiladi. Bu toifadagi tuproqlar turli bioiqlimda tarqalgan qattiq va yumshoq holatdagi tuproq hosil qiluvchi jinslar ustida hosil bo‘ladi. O‘t-o‘simliklari, o‘tloqlar hamda o‘rmonlar tagida shakllanadi. Allyuvial va vulkon yotqiziqlari, ya’ni kriogenez va qattiq joylashish jarayonlari rivojlangan joylarda o‘tloq chimli tuproqlar hosil bo‘lmaydi. Chimli tuproqlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat 1) tuproq profilining tuzilishi AC yoki AR, gumus qatlami yumshoqroq bo‘lib, A qatlam usti chimli bo‘ladi, o‘rmon to‘shami O bo‘lishi mumkin; 2) bu toifadagi tuproqlar profilida hali uncha shakllanmagan qatlamlar bo‘lmaydi H.Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 126 Bu tuproqlar kam taraqqiy etgan, hosil bo‘lishi tuproqlarning keyingi evolyutsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Tuproq hosil qiluvchi ona jinsning xarakteri va tuproq hosil qilish sharoitiga muvofiq har xil guruhdagi tuproqlar shakllanadi, ya’ni qattiq holatdagi tog‘ jinslari ustidagi rendzin, silikatli jinslar ustida rankerlar, karbonatli yumshoq tog‘ jinslari ustida pararendzin va silikatli yumshoq jinslar ustida chimli tuproqlar rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |