Eritma cho‘kma, gumin va ulmin
kislotalari
Bu sxema asosida gumus moddalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
1. Gumin va ulmin kislotalar.
2. Fulvokislotalar (kren va apekren)
3. Gimatomelan kislotasi.
4. Gumin va ulmin.
Gumin kislotalar, ularning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari
Odatda gumin kislotalari guruhiga NaOH, KOH, NH4OH, NaHCO3, Na4P2O7, NaF lar yordamida ajratilgan moddalar kiritiladi. GK geterogen, polidispers yuqori molekulali azotli oksikislotalar hisoblanadi.
Aleksandrova ma’lumotlariga ko‘ra, GK ni elementlar tarkibi C 50-62, H 8-6.6, O 31-40, N 2-6% ni tashkil qiladi. Shuni alohida aytish joizki, elementlarning bu birlikdagi, ya’ni foizlardagi ko‘rinishi hech nima bermaydi. Shularga qarab GK ning tuzilishi aromatik halqalarini yoki faol uchastkalarini aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun Aleksandrova GK dagi elementlar atomlar soni bilan ifodalanishini tavsiya qiladi. Lekin unda har xil tuproqda har xil atomlar soni chiqishi bilan bir qatorda, aniq bir ketma-ketlikni keltirib chiqarmaydi.
GK ning tarkibi doimiy emasligi, tuproqdan-tuproqqa o‘zgarishi, uning tarkibi geterogenligidan nishona. Ayni vaqtda uning tarkibi yoshiga va hosil bo‘lish sharoitiga ham bog‘liq.
GK tarkibida aromatik molekulalar borligi ham isbot qilingan bo‘lib, strukturasining yadro qismi aromatik halqalardan iborat. Bu halqaning asosini benzol, furan, piridin hamda konsentrlangan kalkali naftalin, indol, minolin va boshqalar tashkil qiladi. Bu aromatik birikmalar o‘zaro turli bog‘lar C-C yoki -O-, -H-, -H-, -CH2- orqali bog‘langan. GK ning muhim xususiyatlaridan biri yoshi oshgan sari halqalarning soni ortadi. Halqalar soni ortishi bilan birga GK ning harakati susayadi.
GK ning chekka zanjirlarida aromatik bo‘lmagan molekulalar joylashadi. GK ning yadrosi gidrofob xususiyatiga ega, GK lar funksional guruhlarga boy bo‘ladi.
Tyurin, Kononova, Sheffer, Ulverix va boshqalar GK ni bromlash, xlorlash, nitrat kislota bilan titrlash, ishqor bilan ishlash asosida uning tarkibidagi aromatik halqalarni isbot qilganlar.
Oksidlangan mahsulotlar ichida fenol hosilalari xinon, benzakarbon kislotalari va quyi molekulyar organik kislotalar aniqlangan. Ishqor yordamida torf ishlangandan keyin pirokation borligi aniqlangan.
Gidrogenezatsiya jarayoni orqali ham fenol va karbon kislotalari aniqlangan. GK ning kislotalik xususiyatini uning tarkibidagi karboksil (COOH) guruhi belgilaydi. Bundan boshqa unda metoksil, amin, karbonil va boshqa guruhlar mavjud. Bu guruhlarning miqdori va tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar har xil. Kislotalik xususiyati COOH dagi H ni almashinishi asosida ko‘rinadi.
Aleksandrova fikricha, GK tarkibidagi spirt qoldig‘iga to‘g‘ri keladigan H ham almashinadi. GK tarkibidagi nisbatan erkin azot, ya’ni bog‘lanmagan amino guruhlar aniqlanmagan.
Rentgenografik ma’lumotlar ko‘rsatishicha, GK lar amorf tuzilishiga ega bo‘lib, singdirish sig‘imi 350-500 mg.ekv/ 100g. GK uchun GK ning shakli, o‘lchami to‘g‘risidagi masalalar savol-javoblar holatida turibdi.
Dragunov GK ning tuzilishi sxemasini 1948 yilda tavsiya etgan. Bu ma’lumotga ko‘ra GK tuzilishi to‘g‘ri, uzunchoq shaklga ega.
Kuxarenko fikricha, GK ning shakllangan molekulasining diametri 50-80 A0.
Orlov fikricha, GK molekulasi disksimon bo‘lib, 60-85 A0 diametrga ega. GK ning molekulyar og‘irligi to‘g‘risida bir butun aniq, ravshan fikrlar kam. Uning o‘rtacha molekulyar og‘irligi 400-100000 gacha degan ma’lumotlar mavjud. Bu sohadagi to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, GK ning molekulyar og‘irligini ikki guruhga bo‘lib tushuntirish mumkin.
1-guruh 800-1500 gacha.
2-guruh 5000-30000 gacha.
Bu tebranishlar GK ning dezagregatsiyasini va aniqlash usulining har xilliligi asosida vujudga kelgan.
Kaurichev GK ni elektroforez qilib undan 15 ta fraksiyani ajratadi. Xullas, har xil tuproqlarning GK lari turlicha bo‘lishi, turli C:H nisbatiga ega bo‘lishi hamda xilma xil (COOH,
-CO-, -OH) funksional guruhlarni ushlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |