Tuproq organik qismining kelib chiqishi, tarkibi, hossalari va ahamiyati. Tuproq gumusi, uning tarkibi va hossalari, evolyutsiyasida va tuproq unumdorligida gumusning ahamiyati. Reja


Tuproq energiyasi va uning manbalari



Download 47,66 Kb.
bet8/8
Sana25.04.2022
Hajmi47,66 Kb.
#581227
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-мавзу

Tuproq energiyasi va uning manbalari


Hozirgi davrda tuproqni o‘rganish eng zarur muammolar qatoridan joy olmoqda. Tuproqni o‘rganishda uning ichki va tashqi ko‘rinish i, dunyosi, tarkibi, xossa va xususiyatlari, energiyasi va boshqalar asosiy yo‘nalishlar bo‘lib, birgalikda uning unumdorligini belgilaydi. Unumdorlik esa tuproqning sifat belgisidir.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, tuproqni o‘rganishda atom, molekula, ion, energiya davri keldi. Bu o‘rganish XXI asr uchun poydevor bo‘lsa ajab emas. Har bir tana atom, molekulalardan tuzilgani kabi tuproq garchand «biokos» tana bo‘lsa-da, u ham atom, molekulalardan iborat.
Uning energiya zahirasi ana shu atomlar, molekulalar va ularning joylashuvi, ya’ni qanday birikmalar tarkibida qaysi tartib va intizomda, qanday holatda turishi bilan bir qatorda ichki hamda tashqi omillar bilan ham bog‘liq.
Ayni vaqtda shu tuproqda o‘sayotgan o‘simlik dunyosi va yashaydigan hayvonot, mikroorganizmlar dunyosi energiyasi, harorati bilan ham o‘zaro aloqador bo‘ladi. Tuproq energiyasi va uning tarkibiy qismini, ya’ni tashkil etuvchilarini, zahiralarini o‘rganish mushkil bo‘lsa ham bu sohada diqqatga sazovor ishlar mavjud (Volobuev, Aliev). Lekin bunday ishlarning soni uncha ko‘p bo‘lmasdan, ular bu sohadagi barcha masalalarni qamrab olgan ham emas.
Tuproq uchun asosiy energiya manbalaridan biri kosmik energiya bo‘lib, o‘z navbatida quyosh, oy, yog‘inlar energiyalaridan iborat. Gumosfera quriqlikda buyuk akkumulyator hisoblanadi, ya’ni quyosh issiqlik energiyasining ma’lum qismini qabul qilib uni potensial energiyaga aylantiradi. Bu o‘rinda atmosferaga ham alohida e’tibor berish kerak. Ya’ni gumosfera (gumusli qatlam) tushunchasida odatda tuproqning ustki qatlamlari yoki nisbatan gumusga boy qatlamlari inson ko‘z o‘ngida gavdalanadi, tuproqni to‘la tushunchasi qamrab olinmaydi.
Tuproq harorati ma’lum darajada quyoshdan keladigan harorat miqdoriga bog‘liq bo‘ladi va unumdorlikni ko‘rsatuvchi omillar qatoridan joy oladi. Uning bu omilini boshqa turdagi omil bilan almashtirib bo‘lmaydi. Bu omilning asosiy manbayi bo‘lgan quyosh har bir sm2 yer yuzasiga bir minutda 1,946 kaloriya issiqlik beradi. Bunga quyoshning o‘zgarmas issiqlik miqdori deyiladi.
Yer yuzasiga tushadigan kosmik energiya miqdori joyning geografik o‘rniga, relefiga va boshqa xususiyatlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Yer yuzasiga tushgan quyosh nurining shu yuzadan qaytgan miqdorini foizlarda ifodalangan miqdoriga albedo deyiladi. Tabiiy bu ko‘rsatkich har xil tuproqlarda bir xil bo‘lmaydi. Buni quyidagi tuproqlarda ko‘rish mumkin.
Qo’riq qora tuproq -14 %, bo‘z tuproq-23–31 % va boshqalar. Nam qora tuproq - 8 – 9%. Tuproq uchun yirik energiya manbalaridan biri litosfera hisoblanadi. Yerning litosfera qatlamining qalinligi o‘rtacha 16 km deb qabul qilingan bo‘lib, ichki qatlamlarga kirib borish jarayonida har 33 m da bir gradusga isish qonuniyati ham aniq va ravshan. Lekin bu qonuniyat mantiyaga yaqinlashgan sayin buziladi. Ajoyib savol tug‘iladi. Yerning tarixida mantiya energiyasi hisobiga isib boryaptimi yoki sovumoqdami?
Yer tarixiga nazar solsak, ya’ni uning Oy davridan bu tomonini o‘rganadigan bo‘lsak, albatta, yerda sovush jarayoni davom etmoqda deyish mumkin.
Demak mantiyaning ham harorati, energiyasi pasayayotgan bo‘lishi kerak. Agar shunday bo‘lsa bu energiya nimalarga, qaysi jarayonlarga sarf bo‘lmoqda? Litosfera ustki qismlari haroratining o‘zgarishiga quyosh energiyasi va iqlim ta’sir qilayotgan bo‘lsachi?
Quyosh energiyasining bir qismi tuproq, o‘simlik, organizmlar, suv orqali litosferaga kirib boradi, bu jarayon aniq. Landshaft bloklari tomonidan akkumulyatsiya qilingan energiyaning bir qismi shu bloklar faoliyati uchun sarf bo‘ladi. Bir qismi zahira energiyaga aylanadi. Yana shuni aniq aytish mumkinki, tuproqning energiya muvozanatida litosfera energiyasi katta rol o‘ynaydi.
Demak, litosferaning tuzilishiga, tarkibiga bog‘liq ravishda uning ichki qatlamlaridan har xil maydonlarga turli miqdorda issiqlik va boshqa turdagi energiya yetib keladi va tuproqda gavdalanadi, yoki akkumulyatsiyalanadi. Bundan tashqari, litosferaning tarkibini tashkil etuvchi har xil tog‘ jinslari va minerallarning ginezisiga qarab hosil bo‘lish va parchalanishi, yangilari hosil bo‘lishi va buzilishida ham har xil miqdorda energiya hosil bo‘ladi.
Bu energiyaning ham ma’lum miqdori tuproqda akkumulyatsiyalanadi va tuproqda kechadigan jarayonlarga sarf bo‘ladi. Tuproq ona jinsi va shu jinsni vujudga keltiruvchi jinslar ichidagi radioaktiv elementlar energiyasi ham ma’lum miqdorda tuproq uchun energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi.


Nazorat savollari:

        1. Tuproqning organic qismi nechi bo’lmga bo’linadu?

        2. Gumus degada nimani tushunasiz?

        3. Tuproqdagi oshlovchi moddalarga nimalar kiradi?

        4. Kren va opokren kislotalari qaysi sharoitda tuproqda hosil bo’ladi?

5.Gumusning fraksion tarkibini tushuntirib bering.

м


1 (Organic Farming: Policiesand ProspectsStephan Dabbert,Anna Maria Häring,Raffaete Zanoli.2003,13 бет).



Download 47,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish