Тупроқ унумдорлигига салбий таъсир этувчи жараёнларга қарши курашишнинг геоэкологик асослари



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/62
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#406423
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
Bog'liq
Dissertatsiya 3.

 

 

 


 

65 


III.2.  Viloyatda  yuz  beradigan  tabiiy  jarayonlarning  yerdan 

foydalanishga  ta’siri  (deflyatsiya,  suv  eroziyasi,  sel  va  suv  toshqinlari  va 

tuproq sho’rlanishi) 

       

Shamol  eroziyasi  namligi  yetarli  bo’lmagan  (yog’ingarchilikka  qaraganda 

bug’lanish  ko’proq),  bahorgi  va  yozgi  haroratlar  yuqori  hamda  havoning  nisbiy 

namligi past bo’lgan hududlarda keng tarqalgan. Deflyatsiyaga bo’z tuproqlar, bo’z 

-qo’ng’ir  va  kashtan  tuproqlari  va  chalacho’l  mintaqalarni  tuproqlari  ko’proq 

duchor  bo’ladi,  kuchli  shamol  eroziyasi  shimoliy  hududlarni  ham  qamrab  oladi. 

Shamol  eroziyasi  Markaziy  Osiyo,  Qozog’iston,  G’arbiy  Sibir  qishloq 

ho’jaliklariga  sezilarli  ziyon  keltiradi.  Xususan  shu  joylarning  tabiiy  sharoitlari 

tuproq  deflyatsiyasining  rivojlanishiga  qulay.  Tuproq  qatlamining  eroziyaga 

chidamsiz turi: asosan  yengil mehanik tarkibli va kam chirindili tuproqlar bo’lib, 

shamol  eroziyasining  kuchayishiga  qulayliklar  yaratadi.  Uning  ustiga  bu 

hududlarning keng maydonlarining hamma joyida kuzgi g’alla ekilmaydi o’simlik 

ko’lamining  yo’qligi  ham  tuproqning  eroziyaga  chidamliligini  pasaytiradi.  Bir 

qator  tadqiqotchilar  shamol  tezligini  turli  mexanik  tarkibdagi  tuproqlarga 

ta’sirining  xar  hil  bo’lishini  isbotlab  berdi.  Yengil  mehanik  tarkibli  tuproqlar 

uchun 3-4 m/sek. tezlikka ega bo’lgan shamol deflyatsiyani amalga oshirish uchun 

yetarli bo’ladi. Donador tuproq lar,  changsimon    strukturalari  tuproqlarga  nisbatan 

shamol eroziyasiga chidamli bo’ladi. 

Eksperimental  tadqiqotlar  shuni  ko’rsatadiki,  1  mm  dan  katta  o’lchamdagi 

kesaklarda  shamol  eroziyasiga  qarshi  chidam  keskin  oshadi,  1  mm  dan  yirik 

agregatlarga  ega  bo’lganda  tuproqning  ustki  5  santimetrli  qatlamining  60  foizdan 

ortig’i  eroziyaga  barqaror  bo’ladi.  Ob-havoning  o’zgarishi  bilan  yerning 

kesaklanishi  ishlov  turlaridan  qat’iy  nazar  susayib  boradi.  Tuproq  sirtida  ang’iz 

qoldiqlari  saqlanib  qolmog’i  zarur.  Tuproq  sirtining  shamolga  chidamliligi 

quyidagi tenglamada o’z aksini topadi: 

 

 



 


 

66 


                               Q= 21

a

- vk – cS 

Bunda 


Q  -  eroziyalanish,  g/5  min;  K  -  kesakligi  –  0-5  sm,  foiz;  S  -  shartli  ang’iz  miqdori. 

 

Regressiya 



koeffitsientlarining qiymati: a – 3,2-4,0 atrofida, v – 0,02-0,04 atrofida, c -0,02-0,005 atrofida.

  

 



Bundan  kelib  chiqadiki,  tashqi  qavatning  mehanik  tarkibi  va  tuzilishi  birinchi 

darajali  shamolga  chidamlilik  ahamiyatini  kasb  etadi.  Shamol  eroziyasining  tipi 

ikkita  tipchalarga  bo’linadi:  1-changli  (qora)  dovullar;  2-  har  kungi  (maxalliy) 

shamol eroziyasi. Changli dovullar 3-5-10-20 yilda bir qaytariladi, juda kuchli (15-

40  m/s)  tezlikka  ega  bo’lgan  shamollar  natijasida,  yetarli  bo’lmagan  namlanish 

(nisbiy  namlanish  15-20  foizdan  kam)  sharoitda  kuzatiladi.  Odatda,  changli 

dovullar  martdan  to  oktyabrgacha  bo’lgan  oraliqda  kuzatiladi,  ba’zan  esa  kuzda 

ham kuzatiladi. Changli dovullar harakteri shamol tezligining sutkali o’zgarishiga 

mos  keladi.  Ertalab  boshlanadi,  kunduzi  yuqori  darajaga  yetadi  va  kechqurun 

so’nadi.  Kuchli  shamollarning  paydo  bo’lish  sababi  kontinental  viloyatlarning 

antisikloni va daryodan keluvchi siklon orasidagi bosimlar o’zgarishidir. 

Changli  dovullar  harakteri  va  rivojlanishiga  tuproq  tarkibi  katta  ta’sir 

ko’rsatadi.  Yengil  mexanik  tarkibga  ega  bo’lgan  tuproqlar  past  (4-5  m/s) 

darajadagi  shamolning  kritik  tezligida  eroziyaga  uchraydi.  Yengil  tuproqlarda 

namlik  past  bo’lganda  shamol  eroziyasi  yaxshi  rivojlanadi.  Changli  dovullar 

xo’jaliklarga  katta  ziyon  yetkazib,  tuproqlarni  shikastlantiradi,  ekinlar  bilan 

birgalikda  12-20  sm  gacha  tuproqning  sirtqi  qatlamini  ham  olib  ketadi.  Olib 

ketilgan  tuproq  miqdori  120-125  t  ga  yetadi.  Kunlik  (maxalliy)  shamol  eroziyasi 

changli  bo’ronlarsiz  namoyon  bo’ladi.  Shamol  zarbalari  tegadigan  qiyaliklarda  u 

yaqqol  namoyon  bo’ladi.  Bu  eroziya  asta-sekin,  lekin  muntazam  ravishda 

tuproqlarni  yemiradi.  Shamol  eroziyasi  ta’sirida  tuproq  tarkibida  qum 

aralashmasining  miqdori  ortadi  va  chang  zarrachalari  miqdori  kamayadi,  bu 

jarayon yengil mexanik tarkibli tuproqlarda namoyon bo’ladi. Changli bo’ronlarsiz 

shamol  eroziyasi  qishda  ham  kuzatiladi.  Qorni  shamol  uchiradi.  Tuproq  namligi 

yo’qoladi  va  sirtdan  qurib,  yemiriladi.  Eroziyalangan  dalalarning  qishdagi  qora 

rangi  "qora  sovuq"  tushunchasini  belgilab  beradi.    Yemirilish  darajasiga  ko’ra 




 

67 


kuchsiz,  o’rtacha  va  kuchli  deflyatsiyalangan  tuproqlar  mavjud.  Kuchsiz 

deflyatsiyalangan  tuproqlarning  A+V1  qavati  (kamquvvat  tuproqlarda)  va    A1 

(unumdor  tuproqlar)  eroziyalanmagan  tuproqlarga  nisbatan  5  santimetr  kichik.  

Ekinzorda 

o’simliklarning  nobud  bo’lishi  20  foizdan  oshadi.  O’rta 

deflyatsiyalangan  tuproqlar  -  A  qavati  yoki  A+V  qavati  5-10  sm.  ga  kamaygan 

quvvatga ega. O’simliklarning nobud bo’lishi 20-50 foiz, kuchli deflyatsiyalangan 

tuproqlar  A+V  qavati  eroziyalanmagan  tuproqlarga  nisbatan  10-20  sm  ga 

kamaygan  quvvatga  ega,  tuproq  yuzasi  ochiqlashgan,  ya’ni  ochilib  qolgan.  Sirtki 

qatlamning  o’ydim-chuqur  bo’lishi,  chirindi  profilining  quvvatsizlanishiga, 

chirindi  zahiralarining  ham  kamayishiga  olib  keladi.  Yupqa  qatlamda 

zarrachalarining  uchib  ketishi  organik  modda,  azot  na  fosforning  hamda,  boshqa 

ozuqa  unsurlarining  kamayishi  bilan  bog’liq  bo’ladi.  Asosan  kuchli  o’zgarishlar 

mehanik tarkibi yengil tuproqlarda sodir bo’ladi eroziyalangan tuproqlarda chirindi 

va  azotning  miqdori  2-3  marta,  kaliy  2  marta,  fosfor  esa  1,5—6  marta  kamayishi 

mumkin. Ular o’g’itlarning ko’paygan me’yoriga muhtoj. Meliorant va o’g’itlarni 

tez-tez  solish,  ya’ni,  ko’p  marta  solishni  talab  qiladi.  Eroziyalangan  tuproqlar 

sharoitida  tuproqdagi  mineral  unsurlarning  muvozanat  balansi  doimo  ta’minlab 

turilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bu  xildagi  eroziya  haqida  adabiyotlarda  ko’plab  materiallar  to’planishiga 

qaramay zarrachalarning uchishiga sabab bo’luvchi jarayonlar haqida bir xil fikr va 

xulosaga hali kelgani yo’q ba’zi olimlarning fikricha: 

    1.Tuproq zarrachalarining yuqori va pastki qismida havo oqimi tezligining farqi 

kuchayadi va sirkulyatsiya kelib chiqadi, zarralar aylana boshlaydi. 

    2.Tuproq  ustida  yotgan  qattiq  zarrachalar  shamol  ta’siriga  to’qnash  kelishi 

oqibatida ular tebranadi va sirpanadi, so’ngra aylana boshlaydi; 

    3.Qattiq zarralar tezligining o’zgarib turishi oqibatidagi  omillar yig’indisidan. 

    4.Zarrachalarni  tuproq  sirtidan  ko’tarilishiga  sabab  shamolni  umumiy  zarbasini 

"turbulent"  tezligi  emas,  balki  bosim  farqidan  sodir  bo’ladi,  bu  xaqdagi  fikrlar 

Zvenkov(1962),  Dyunin  (1963),  Ivanov  (1972),  Bogrold  (1941),  Chepil(1945) 

ishlarida o’z aksini topgan. 



 

68 


Zarralarning  uchishi  shamol  tezligi  12  m/sek.  bo’lganda  (albatta  namlikka 

bog’liq) yuz beradi. Markaziy Osiyoning sug’oriladigan yerlarida tuproq yuzasidan 

15  sm  balandlikda  shamol  tezligi  12m/sek.  dan  oshmasligi  aniqlandi.  Albatta 

tuproqdagi  namlik  zarrachalarni  uchish  uchmasligini  belgilaydi.  Bu  kattalik 

cheksiz ko’rinishda sodir bo’ladi, shuning uchun tuproqni turlicha namligiga ko’ra 

(Gi)  shamol  olib  chiqib  ketayotgan  tuproq  massasining  (G

i

.G

0



)  o’zaro  nisbati 

ko’rinishida  ifodalash  mumkin:  professor  K.Mirzajonov,  A.Azimov  bilan 

birgalikda  tuproqning  namligiga  (Wi)  uchib  ketayotgan  massaning  borliqligini  3 

ta  tartibot  bilan  ifoydalaydilar:  1)boshlang’ich;  2)  o’tuvchi;  3)  barqarorlashgan. 

Boshlang’ich tartibda shamol uchirgan massa agarda namlik 4 foiz bo’lsa, sezilarli 

bo’lmaydi, bunda jadal puflanish (vduvaniya)sodir bo’ladi, maboda namlik 7,5 foiz 

bo’lsa uchishga namlikning ta’siri aniq sezila boshlaydi, (o’tish bosqichi), namlik 

7,5  foizdan  oshganda  tuproq  uchishi  keskin  kamayib  u  barqarorlashadi,  albatta  u 

tuproq turiga bog’liq holda sodir bo’ladi. 

Uchchala tartibot eksponentsial funksiya ko’rinishida berilsa: 




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish