Ekzogen jarayonlar.
Ekzogen so’zi yunoncha bo’lib, ekzo — tashqi, genos
— kelib chiqish ma’nosini anglatadi. Yerga tashqi ta’sir ko’rsatadigan hodisalar
majmuini o’z ichiga oladi, energiya manbai bo’lib quyosh nuri va tortish kuchi
birgalikdagi harakatlari sababchidir. Bular asosan Yer ustida yoki Yer qa’rining
ustki qismida mexanik, kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik energiya
ko’rinishlarida, litosfera bilan gidrosfera, atmosfera va biosferaning boshqa
bloklarini o’zaro harakatlari natijasida ro’y beradi. Umuman, ekzogen jarayonlar
endogen hodisalar bilan yer rel’efining shaklanishida qatnashadi. Tabiiy ekzogen
jarayonlarga quyidagilar kiradi:
1) Avraziya lotincha — avrausia bo’lib, yuvilish-botib ketish ma’nosini
anglatadi, Dengiz, ko’l va suv omborlarining to’lqinlanishi natijasida sohil bo’ylari
yemiriladi. Kishilarning shu joylaridagi daraxtzorlarni kesishi, o’t-o’lanlarning
yo’qotilishi, qurilish ishlarini olib borishlari yuvilishga sababchi bo’ladi.
2)Deflyatsiya - lotincha efgmbujpo, shamol ta’sirida tuproq zarrachalarining
uchishi va siljishi degani. Shamol ta’sirida kelib chikqan jarayonlar eol deb ataladi,
bular havo oqimining aedrodinamik kuchi bilan o’lchanadi, bunda tuproqning
bardoshligi va o’simlik bilan qoplanishi muhim axamiyatga ega.
3)Karst (Yugoslaviyadagi yassi tog’) tabiiy suvlar ta’sirida, (yer osti va ustki)
karbonatlar va korbonatsiz jinslar, minerallar (oxaktosh, bo’r, toshtuz, gips) erishi
oqibatida yopiq yoki ochiq xolatdagi chuqurliklar, ariqlar, o’yiqlar hosil
bo’lishidir. Karst jarayonlari rel’efni ustki qismini o’zgartiradi.
63
4) Kriogen jarayonlar (krio - sovuq) doimiy muzliklar bilan qoplangan joylarda
sodir bo’ladi.
5)Qurumlar — fizik "nurash" - mahsuloti bo’lib, qoyalarda tog’ qirralarida,
vodiyda hosil bo’ladi. Bularning harakati bir qancha omillarga bog’liq. Ular
harakatlanganda tuproq ustini suradi, ya’ni eroziya paydo bo’ladi.
6)Ko’chki-tog’
cho’qqisida
ko’p
qor
yog’ishi,
ularni
bir-biriga
yopishqoqligining yo’qolishi bilan ko’plab hajmdagi qor — tog’ jinslari, dov-
daraxtlar bilan qo’shilib, pastga qulashi oqibatida tuproqning
,
ustki qismini
eroziyaga bardoshsiz qilib qo’yadi, yoki yemiradi.
7)Nivatsiya — lotincha, qor ma’nosini anglatadi. bunda tog’lik mintaqalarda
qor suvlari rel’efning o’zgarishiga olib keladi.
8)Surilish — tog’ tuprog’i va tog’ jinslari birgalikdagi katta massa hosil qilib,
pastga tomon harakatlanib ekinzorlarni qoplaydi, ularni ishdan chiqaradi.
Ko’pincha surilmalar geologik ishlar bajarilganda ham yuz beradi.
9)Sel — tog’-tosh jinslarining kuchli suv ta’sirida yuvilishi bo’lib, qor mo’l
yog’ishi
va erishi oqibatida sodir bo’ladigan hodisa. Sellar dehqonchilik
mintaqalarida tuproq , o’simlik va yo’llarni ishdan chiqaradi.
10) Soliflyukatsiya — lotincha, solium-“tuproq” fluktion "oqishi" ma’nosini
bildirib, sekin-asta, o’ta nam tuproqni qiyalik bo’ylab oqib ketishi demakdir.
Ko’pincha qor erishi, muzlab qolgan tuproqning namlanib uzoq vaqt pastlikka
oqishidan yuzaga keladi, tog’lar va doimiy muz bilan qoplangan yerlarda yuz
beradi.
11) Suffoziya (lotincha sufusid –tomchilanish, "tomchi o’yishi, sho’rlantirish"
jarayoni bo’lib, suv ta’sirida mayda va erigan moddalarning tuproqdan sizilib
chiqib ketishi tushiniladi. Bunda tuproq donodorligi buziladi, yuvilaverib, ustki
qismi pastki qismiga o’tiradi, natijada aylanasi 10-500 metrgacha o’pqonlar hosil
bo’ladi.
Yuqorida qayd qilingan hodisalar tashqi muhit ta’sirida yuz beradi, ammo
bundan tashqari daryo suvlari, to’fonlar kabi seryog’in, sersuv hodisalar ham
tuproqning eroziyaga bardoshligini kamaytiradi.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |