Muzey, galeriya yoki biron-bir tarixiy obida haqida qanday metodik tavsiyalar
Bugungi kunda mamlakatimizda etti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me'moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991 yildan Xivadagi Ichonqal'a qo'riqxonasidagi, 1993 yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro'yxatiga kiritildi. Mustaqillik yillarida qayta tiklangan muqaddas qadamjolardan biri bo'lgan Oqmasjid Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan. Bu masjidni ulug' zotlardan biri Sayyid ota bunyod etganlar. Qariyalarning aytishiga ko'ra, 1380-1390 yillarda bunyod etilgan Oqmasjid istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik va osoyishtalikka. O'zaro ahil va hamjihat bo'lishga xizmat qilmoqda.
Surxondaryo viloyatidagi muzeylarning qayd qilish ilmiy inventarizatsiyasi
Surxondaryo viloyati hududidagi Kushonlar davriga oid arxeologik yodgorliklar nihoyatda ko’p va xilma-xildir. Dalvarzintepa va Xolchayonda o’tkazilgan qazilmalar kushonlar shahri yuksak madaniyat o’choqlari bo’lganligini ko’rsatadi. Bu davrda xunarmandchilik va qishloq xo’jaligining intensiv ravishda rivojlanishi, tovar-pul munosabatlarining o’sishi arxitektura, monumental haykaltaroshlik va rassomchilik, koroplastika va gliptika san’atining yuksalishi kuzatiladi. Kushon shaharlari shuningdek, yirik targ’ibot markazlari ham bo’lgan. Ayritom, Dalvarzintepa va Ko’hna Termizdan topilgan Budda ibodatxonalari va stupalar, Baqtriya-Toxariston madaniyati ellinistik va hind buddaviylik madaniyatining kuchli ta’siri ostida mahalliy baqtriyaga xos tarzda shakllanadi.
Termiz shoxlar saroyi tarixiy yodgorligi
Termizshohlar saroyi — Termiz hukmdorlarining qarorgohi. 11 — 12-asr meʼmorligining diqqatga sazovor namunalaridan. 1926—28, 1936— 37 yillarda qaziboʻrganilgan. Saroy majmuasi katta hududni ishgʻol etib, toʻgʻri toʻrtburchak tarhsa qurilgan. Saroyning bosh tarzida peshtoq boʻlib, keng hovli oʻrtasida hovuz (8,5x8,5 m, unga sopol quvurlardan suv keltirilgan), mehmonxona (katta zal va daxlizli), zal oldida 4 ta murabba ustunli ayvon bor. Qazish paytida ganch panjara, rangdor oyna, ganchga boʻyab ishlangan tasvir qoldiklari topilgan. Saroy bir necha marta taʼmir etilgan. 12-asrda zal interyeri ganch oʻymakorligi bilan bezatilgan, devorlarga afsonaviymaxluklarning tasvirlari ishlangan. 1220 yilda Termizni Chingizxon qoʻshinlari qamal qilgan, qattiq qarshilik koʻrsatilgani uchun saroy boshqa koʻpgina binolar qatori vayron qilingan, xarobalar saqlanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |