Arxiv o‘quv zali nima? O‘zbekiston Milliy arxivining o‘quv zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-5598-son Farmoyishi ijrosi asosida respublikamizning barcha hududlaridan Ilmiy ishchi guruh vakillari kelib tadqiqotlar olib bormoqdalar. M.Z.Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, tarix fanlari doktori, professor Rustambek Shamsuddinov O‘zMA rahbariyatiga “O‘zbekiston halqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasiga doir. 1941-1945 yillar” nomli mualliflik kitobini esdalik uchun taqdim etdi. Arxivlardan foydalanish va O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari o‘quv xonalarida arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilarning ishlash qoidalari. «Arxiv ishi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risida Nizomga ko‘ra davlat arxivlari va ularning filiallarida saqlanayotgan hujjatlar foydalanish uchun barcha yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.
Axborot xati nima? Axborot – 1) biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Davlatlar o‘rtasidagi muzokaralar na-tijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma to‘g‘risida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tu-zilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan rasmiy e’lon qilinadi. Ikki davlat o‘rtasida olib borilgan muzoqaralar haqidagi A. odatda qo‘shma A. deb atala-di; 2) ba’zi vaqtli nashrlarning nomi (mas, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining axboroti, O‘zbekiston Respublikasi test markazining axboro-ti va boshqalar).
Arxiv ma’lumotnomasi Mazkur xizmat orqali jismoniy shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) ma’lum tashkilotda ishlagan davridagi ish haqiga oid va ishlaganligi to‘g‘risidagi ish stajiga oid ma’lumotnomani berish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YaIDXP) orqali davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladi.