Tuhmat tosh yoradi
Tuhmat - buso’z naqadar yoqimsiz, insonni o’yga to’ldiradigan tushuncha.Inson dunyoga kelar ekan, hayotning achchiq chuchugini totib toblanadi.Umri davomida har xil vaziyatlarga yo’liqadi. Oyning o’n beshi yorug’ bo’lsa, o’n beshi qorong’u deganidek, hayotning quvonchi, shodli, qayg’uli kunlari bo’ladi.Shular qatori tuhmat atalmish illatga ham duchor bo’lishi mumkin. Tuhmat bu eng yomon narsa.Ya’ni sen qilmagan ishinga aybdor bo’lib qolasan.Bu degani sen insonlar oldida aybdor bo’lasan.
Shuning uchun ham ota-bobolarimiz yuzlariga fotiha tortganida, duo qilganida: “O’t balosidan, tuhmat balosidan asrasin!”- deydilar. Haqiqatdan ham tuhmat ko’rinmas balo. U insonlar mehriga rahna solidi. Uning g’azabi toshni yoradi.Tuhmat qiliganlik uchun yurtimizda konstitutsiya bo’yicha belgili qonun ham ishlab chiqilgan.Jarimalar belgilangan.
Tuhmat – bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish.Tuhmat uchun qonunda ma’muriy javobgarlik belgilangan bo’lib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.Agar tuhmat qilish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi hamda jinoyat kodeksi 193-moddasiga binoan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Shuningdek, nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Agar tuhmat:
a) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab;
b) og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda;
v) xavfli retsidivist tomonidan;
g) g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.Tuhmat qilish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, jinoiy javobgarlikka tortishga olib keladi. Bunda aybdor shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi (Oʻzbekiston Respublikasining JK, 139-modda, 1-qism). Agar T. qilish nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali sodir etilgan boʻlsa, bu ogʻirlashtiruvchi holat sifatida shaxsni toʻgʻridan toʻgʻri jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi. Aybdor shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 139-modda, 2-qism). Agar Tuhmat ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab; ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan holda; xavfli retsidivist tomonidan; gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa, aybdor 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Shuningdek, shaxs oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini Oʻzbekiston Respublikasining FK asosida ham himoya qilishi mumkin. Fuqaro oʻzining shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar yuzasidan, basharti bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlay olmasa, sud yoʻli bilan raddiya talab qilishga haqli. Manfaatdor shaxslarning talabiga koʻra, fuqaroning shaʼni va qadrqimmatini uning vafotidan keyin ham himoya qilishga yoʻl qoʻyiladi. Basharti, fuqaroning shaʼni, qadrqimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, ayni shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi lozim. Agarda bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa, bunday hujjat almashtirilishi yoki qaytarib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibini sud belgilaydi. Fuqaro ommaviy axborot vositalarida uning huqukdari yoki qonun bilan himoyalanadigan manfaatlarini kamsituvchi maʼlumotlar eʼlon kilinganda u ayni oʻsha ommaviy axborot vositalari orqali chiqib, oʻzini himoya qilish huquqiga ega. Oʻzining shaʼni, qadrqimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar tarqatilgan fuqaro bunday maʼlumotlar rad etilishi bilan bir qatorda ularni tarqatish oqibatida yetkazilgan zararlar va maʼnaviy ziyonning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqlidir.
Shunday ekan azizlar tuhmat qilish azal-azaldan insonlarga yaxshilik yoki foyda keltirmagan. Ota bobolarimiz bunday qilish yaxshilik bilan tugamasligini ta’kidlab o’tishgan.Yurtimizda tuhmat qilganligi uchun qonunlar belgilanganligi ham yaxshi.Biz tuhmat qilib u insonga ham o’zimizga ham zarar keltirishimiz mumkin.Aslida tuhmat qilish,og’zimizdan yomon so’zlarning chiqishi bu insonning bilimsizligini bildiradi albatta.Azizlarim boshqalarga tuhmat qilib ularga zarar bermaylik.Xalqimizda juda ham ajoyib gap bor “Yaxshilik qilish qo’lingdan kelmasa, yomonlik ham qilma” deyishgan.Insonlarga yomonlik qilsak albatta o’zimizga bu yomonlik ikki barobar bo’lib keladi.Tuhmatga qolgan insonning holatini tassavvur qiladigan bo’lsak, bu juda juda ham yomon.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tuhmat qilmasligimiz, yaxshi xulqga ega bo’lib insoniyligimizni saqlab qolishimiz,hammaga hurmatda bo’lishimiz bu bizning insoniyligmizni va ilmli ekanligimizni bildiradi.Shunday ekan insoniyligimizni va ustozlarimiz eng asosiysi ota-onamiz bergan ilmi va tarbiyasini puchga chiqarmaylik. Ularning tarbiyasini oqlaylik azizlar. Insoniy qadriyatlarimizni asraylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |