Tugma (Knopka). Yorug’lik diodini yoqish misolida tugmaning bosilishiga ishlov berish. Titrashga qarshi kurashish. Ishning maqsadi



Download 0,57 Mb.
Sana20.04.2023
Hajmi0,57 Mb.
#930790
Bog'liq
Tugma (Knopka). Yorug’lik diodini yoqish misolida tugmaning bosi


LABORATORIYA ISHI №2.
3-Mavzu: Tugma (Knopka). Yorug’lik diodini yoqish misolida tugmaning bosilishiga ishlov berish. Titrashga qarshi kurashish.


Ishning maqsadi. Tugma (Knopka) bilan tanishish va tugmani bosilish yordamida yorug’lik diodini yonishi va o’chishini nazorat qilish ko’nikmasini hosil qilish.

Ushbu laboratoriya ishida tugmaning tuzilishi haqida biroz malumot berib o’tamiz. Uning ishlash prinsipi xuddi uyingizdagi chiroqni o’chirib yoquvchi выключатель dak ishlaydi. Maktab darsliklarida esa kalit ham deb ataladi. Tugmaning vazifasi quvvatni uzush yoki ulashdan iborat bo’lib, arduino uchun maxsus kichik hajmdagilari mavjud.



1- rasm/ Tugmaning ishlash prinsipi
LED haqida ham malumot bersam, bu o’zidan yorug’lik taratuvchi qurilma. LED da diod xususiyati ham mavjud, uning xususiyati shundan imorat-ki quvvatni faqat bir tomonga o’tkazadi. Cho’g’lanma lampalarga o’xshab quvvat 1 yoki 0 ishorali quvvatni tanlamaydi emas. Faqatgina "+" va "-" ishorali quvvatlarda ishga tushadi. LED ning ham arduino uchun maxsus turlari mavjud. LED arduinoning quvvatiga bardosh bera olishi uchun qarshilik ham ishlatamiz. LEDning qaysi tomoni musbat quvvatligini farqlash uchun uning simining uzunligiga yoki to’gri yoki qiyshiqligiga qaraymiz, uzun yoki qiyshiq tomon musbat hisoblanadi. 

2- rasm. LED ko’rinishi
Breadboard bu arduino pinlari ulanishi uchun maxsus tayyorlangan, har bir katakchasi o’z qatoridagi katakchalar bilan ulangan bo’ladi. Breadboard bu bir biriga malum bir tartibda ulangan katakchalar(pinlar) to’plami.



3- rasm. Breadboard tuzilishi
1-tajriba. Bu tajribada hechqanday kod yozmaymiz ammo ishlash prinsipini haqida tushuncha olamiz. Buning uchun quyidagi qurilmalar kerak:

  • Arduino qurilmasi;

  • LED;

  • Jumper(kabellar);

  • Tugma(Button);

  • Breadboard.

(Barcha qurilmalarmizni ishlash ishlamasligni bilib oling)
Bajarish ketma- ketligi:

  1. Arduino qurilmamizni quvvatga ulab olamiz.

  2. 5 V pinini tugmaning bir uchunga ulaymiz.

  3. Tugmaning yana bir uchini LED ning musbat tomoniga ulaymiz.

  4. LED ning manfiy tomonini qarshilikka(resistorga) ulaymiz.

  5. Resistorning boshqa uchini GND ga ulaymiz.

  6. Tugmani bosib ko’ramiz LED yonsa biz maqsadga erishdik(yonmasa commentga yozing).


4- rasm.Tugma va LEDni birgalikda ishlatish
2-tajriba. Tugamani LED ga to’g’ridan to’g’ri ulamaymiz, arduino orqali tugmaning holatiga qarab LED ni yoqamiz. Buning uchun quyidagi qurilmalar kerak:

  • Arduino qurilmasi;

  • LED;

  • Jumper(kabellar);

  • Tugma(Button);

  • Breadboard.

Bajarish ketma- ketligi:

  1. Arduino qurilmamizni quvvatga ulab olamiz.

  2. 5V pinini tugmaning bir uchunga ulaymiz.

  3. Tugmaning yanabir uchiga 8-digital pinni va resistor orqali manfiy GND ni ulaymiz.

  4. 9-digital pinni LEDning musbat tomoniga ulaymiz.

  5. LEDning yana bir tominiga resistor orqali manfiy(GND) ga ulaymiz.

  6. Arduino IDE dasturida code yozamiz.

Dastur kodi:
void setup() {
pinMode(8, INPUT);
pinMode(9, OUTPUT);
}
void loop() {
if(digitalRead(8)){
digitalWrite(9, HIGH);
}
else{
digitalWrite(9, HIGH);
}
}
Sizga notanish bo’lgan digitalRead(8) bu 8-digital INPUT pinni qanday holda ekanligini, quvvat bor yoki yo’q ekanligini qiymatini beradi. Agar 8-digital pinda quvvat bor bo’lsa(tugmamiz bosilgan bo’lsa) True qiymat qaytaradi.
Xulosa: "Agar tugmacha bosilsa LED yonadi bosilmasa o’chadi." degan ma’no kelib chiqadi bu yozgan codeimizdan!!! Nega men ba’zi joylarda qarshilik ba’zi joylarda resistor deb ketdim, chunki arduinoni o’rganmoqchimisiz sizga qarshilik va resistor degan so’zlar bir ma’noni anglatishi kerak!!!

5- rasm. Tugma (knopka) yordamida yorug’lik diodini yoqish sxemasi
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:

  1. Knopka bosilganda svetodiod o’chsin , bosmaganda yonsin.

  2. Knopka bosilganda 2ta svetodiod yonsin , bosilmaganda boshqa 2ta svetodiod yonsin.

  3. Knopka bosilganda 4ta svetodiod yonsin va “knopka bosildi va birinchi 4ta svetodiod yondi” , bosilmaganda boshqa 4ta svetodiod yonsin va “knopka bosilmagan va keyingi 4ta svetodiod yondi” degan yozuv monitor portga chiqsin.

  4. Knopka bosib turilganda svetadiod yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda ishlashdan to’xtasin.

  5. Knopka bosib turilganda 3ta svetadiod ketma-ket yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda o’chsin.

  6. Knopka bosib turilganda 5ta svetadiod ketma-ket yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda ishlash tezligi2 marta kamaygan holda sekin yonib-o’chishda davom etsin.

  7. Knopka bosib turilganda o’ngdan chapga 8ta svetadiod ketma-ket yonib borishi va qo’yib yuborilganda teskari yo’nalishda xuddi shunday ishlashi kerak.



Hisobot mazmuni.
Laboratoriya mashg’ulot hisobotida quyidagilar kеltirilishi shart:
1. Ishning maqsadi.
2. O’rganilayotgan laboratoriya ishidan tushuncha.
3. Sxemalar ko’rinishlarini word dasturida elektron shaklda tayyorlash.
4. Berilgan topshiriqlar bo’yicha yig’ilgan sxemalar.
Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish