JAVOBLAR:
BODRING VA QOVUN:
Bunday savzavotlarni ayollardan ko'ra, ko'proq erkaklar tanlaydi. Bu turdagi erkaklar mard va jiddiy. Ular atrofdagilar tasiriga kamdan-kam xollarda tushadi va spirtli ichimliklarga ro'ju qo'ymaydi. Ular orasida juda ko'p sportchilar va sayoxat qilishni yoqtiruvchilar uchraydi. Bunday erkak bilan, ayol o'zini kuchli ximoyalangandek xis qiladi - uning mas'uliyatliligi oilaviy hayotda ham as qotadi. Bunday erkaklar maqsad sari intiluvchan bo'lib, o'z maqsadiga osonlik bilan erishadilar. Ammo bu turdagi erkaklarning ham o'z kamchiliklari bor - bodring-qovunli erkakga romantiklik yetishmaydi, shuning uchun agar ayol undan guldasta kutayotgan bo'lsa, orzular og'ushida kutishdan foyda yo'q, unga ilmoqli gap qilmasdan yaxshisi ochiq-oydin sovg'aga guldasta olishni xoxlayotganingizni ayting. Agar bunday tanlovni ayol kishi tanlagan bo'lsa - bunday ayol ko'pincha boshliq vazifasida ishlaydi, ammo turmush ishlarida yordamga muxtoj, xuddi yosh boladek - ovqatni yomon tayyorlaydi, byudjetni to'g'ri taqsimlolmaydi, idish va kir yuvishni yomon ko'radi. Ammo bunday ayoldan, erkak sodiq va tushunadigan do'stni topadi.
POMIDOR VA TARVUZ
Pomidor-tarvuzli insonlar quvnoq va aktivdirlar. Ular barcha bilan yaxshi chiqishib ketadilar, ammo munosabatlarda har doim ham bir xil bo'lmaydilar: tez qizishib ketishlari ko'pincha janjalga olib keladi. Bunday turdagi erkaklar bo'rondek. Ular dangasa erinchoq bo'lib yumshoq yotoqni, osib olinadigan so'mkalarni, shippak va xalatni maqul ko'rishadi. Pomidor-tarvuzli ayollar esa xis-tuyg'uga boy, hayvonlarni va uy taftini yaxshi ko'rishadi, ular bilan birga yashash issiq va qulay. Ular janjal ko'tarishni bilishmaydi, lekin muvozanatni saqlay olmasligi mumkin, sababi nima o'ylashsa shuni gapirishadi: rostgo'yligi va ayyorlik qilolmasligi pamidor-tarvuzli insonlarning asosiy psixologik jixatlaridir.
BODRING VA TARVUZ:
Bunday turdagi insonlar doim qalb bexalovatligini xis qilishadi. Ularning tashqi ko'rinishidagi sokinlik va o'zini boshqara olishi, aslida ichki taranglikni yashirib turadi. Bunday erkaklar xaqida shunday deyishadi: sokin dengizda, shaytonlar izg'iydi. Bodring-tarvuz erkak bilan xuddi vulqonda yashagandek bo'lasiz - ertaga qanaqa xolatda bo'lishini va xozirda nimalarni fikrlayotganini hech qachon bilolmaysiz. Bodring-tarvuzli ayollar esa arzimas narsalarni deb janjal ko'tarishmaydi - ular hafagarchiliklarni g'amlab yurishadi va bir ajoyib kunda uydagi barcha idishlarni otib sindirishadi, bazida esa bechora turmush o'rtog'ini boshini yorishi ham mumkin. Bodring-tarvuzli insonlar - yaxshi ijodkor shaxslardir. Ular muloxaza qilishni bilishadi, ular orasida olimlar va kashfiyotchilar ko'p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |