Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet74/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Askobolus - Ascobolus turkuminig zamburug‘larida apotetsiy mayda diametri bir necha millimetr hosil, subgimeniy yaxshi rivojlangan. Etilgan xaltalari gimeniy yuzasiga chiqib turadi. Askosporalari rangsiz, rangli, ko‘pincha qirmizi tusda



Ascobolus: mevatanalari va undan askosporalarni chiqishi

Askoboluslarda jinsiy jarayon turlicha, xatto bitta turkum doirasida ham har xil tarzda ro‘y beradi. Bu zamburug‘larda askosporalar shilimshiqlarga o‘ralib atrofga xatto 7 sm masofagacha otilib tarqaladi.


Qo‘ziqorin - Morchella turkumida apotetsiyning balandligi 14 sm gacha boradi. Bu zamburug‘lar jinsiy jarayon orqali rivojlanadi. Askogen va anteridiylari yo‘q, somatogamiya ro‘y beradi. Soyabonsimon qismi shar yoki konus shakilda, bir qancha chuqur ariqchali, rangi qoramtir kulrangdan to‘qjigarranggacha, bu turga va mevatananing yoshiga bog‘liq.

Morchella-qo‘ziqorinlar
Gimeniy soyabonning ariqchalarida uning atrofida joylashadi, xaltachalarisilindrsimon 8 tadan as-kosporali. Bu zamburug‘larda xal-tachalar bir varakay emas, navbat bilan etiladi. Morchella turkumi-ning zamburug‘larini iste’mol qili-nadi.

Gyromitra
Giromitra - Gyromitra turku-mida apotetsiy kattaroq, muayyan shakilga ega emas, ba’zi turlarida band yo‘q.
Bu turkumidan G. Esculenta Evropa xalqi xush ko‘rib iste’mol qilishadi, undan zaharlanish hollari ham ro‘y berib turadi. Uning mevatanasida giromitrin toksini o‘sayotgan sharoitga nisbatan hosil bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra Rossiyada uni iste’molidan odamlarning zaharlanishi kam sodir bo‘ladi, Germaniya yoki CHexiyada bu holat ko‘p zamburug‘ mevatanasini quritganda giromitrin yo‘qoladi degan ma’lumotlar ham bor.
Pezizomitsetlar orasida mevatanalari erostida rivojlanadi-ganlari ham anchagina, ular tryufellar (Tuberaceae) oilasiga jamlangan. Tryufellarda mevatanalari tuganak ko‘rinishda (tuber “tuganak” deb tarjima qilinadi).
Tryufellarning meva tanasi yumaloq yoki kartoshka tuganagi kabi, etdor yoki tog‘aysimon bo‘ladi. Tryufellarning mevatanasini kattaligi yong‘oqday, kartoshka tuganagiday hatto undan katta, og‘irligi bir kilogramgacha etishi mumkin. Tryufellarning mevatanasi po‘stini tepasi silliq, to‘rlagan yoki poliedrik shaklidagi yirik tukchaga o‘hshash hosila bilan qoplangan. Ichki qismini rangi marmarsimon ko‘rinishda bo‘lib, po‘stini tashqi tomonidan boshlanib ichki vena, ichki tomonidan boshlanib tashqi vena deb ataladi, navbatlashib joylanadigan to‘rsimon chiziqlar ko‘rinadi. Meva tanalarni ichidagi bu chiziqlar ayrim turlarida po‘stning yoriladigan joyida tutashgan.

Rhytisma acerinum
1-kasallangan barg; 2-stromadagi apotetsiylar; 3-apotetsiy kesmasi;
4-xaltacha; 5-alohida spora;
6-mitselliyning yuzaga kelishi.
Tryufellarning meva tanalarni ichki venasida gimeniy qatlamga o‘xshash tahlamlar yoki mevatana ichida uyalar holida joylashadi. Bu holat sistematik ahamiyatga molik belgi bo‘lib hisoblanadi. Tryufel zamburug‘larning xaltachalari yumaloq qovunsimon, qopsimon ba’zan g‘o‘lasimon bo‘lib 1,2,4 yoki 8 sporali bo‘ladi. Tryufellar o‘simliklar ildizi bilan mukoriza hosil qiluvchilar hisoblanadi, unga ko‘ra ularni u yoki bu o‘simliklarni atrofidan tepiladi. Tryufel mitselliysi odatda 3 tadan 7 tagacha mevatanlar hosil qiladi mevatanalar etilgandan tuproq biroz ko‘tarilib qoladi. Bu shu erda zamburug‘ borligini belgisi hisoblanadi. Tryufel-larning mevatanalari odatda 3-4 oy ichida ayrim turlarida kech kuzgacha etiladi
Tryufellarni ko‘p mamlakatlarning xush-ho‘r ovqat shinavanda-lari sevib iste’mol qi-lishadi. Amaliy ahami-yatga ega tryufellar orasida qora frantsuz tryufeli yoki perigor tryufeli (viloyatni nomi) boshqalaridan xushho‘r, sevib iste’mol qilina-diganlaridan hisobla-nadi.
Qora frantsuz tryu-felining meva tanasi qirralioqish, qirraliqiz-g‘ish yoki qo‘ng‘irqora, yong‘oqday yoki o‘r-tacha kattalikdagi olma-day keladi. Eti dastlab qizg‘ish, etilaborishi bilan sapsar, qora yoki qo‘ng‘irqora bo‘lib uni qora va oq hoshiyalar kesib o‘tadi. Bu tryufel kuzda etiladi, qish-gacha terib olinadi uning uzoq vaqt saqlanib turadigan hushbo‘y mevatanasiga bo‘lgan talab ancha katta. Bu tryufelni Frantsiyaning janubiy sarxadlaridan ko‘p terishadi. Undan tashqari SHvetsariya, Italiyaning shimolida va Germaniyaning janubida ham ko‘p tarqalgan. Tryufellar bizning Markaziy Osiyoda ham uchraydi. Uning cho‘l tryufeli Terfezia boudieri turi tarqalgan.

Leotsiomitsetlar sinfi - Leotomycetes


Bu sinf vakillari ham apotetsiyga ega, ko‘p hollarda mayda, terisimon po‘stli, ular orasida qo‘ziqoringa o‘xshashlari ham bor. Apotetsiylari bittadan yoki stromalarda joylashadi. Ayrim turlarida konidiyalar ham hosil bo‘ladi.

Leotsiyalar tartibi – Leotiales


Leotsiyalar bu sinf ichida eng ko‘p tarqalgan. Apotetsiylari turlicha kattalikda tuzulishda, odatda kichkina terisimon likopcha shakldagilari ko‘p. Apotetsiylarini eng kichiklarini diometri 0,2mmdan katta bo‘lmaganligidan leotsiyalarning ancha-munchasi xali o‘rganilib fanga kiritilgani yo‘q. SHunga qaramay ular orasida ancha kattalari (bo‘yi 2-3 sm, diametri ham shuncha) ham bor. Askosporalarining kattaligi, shakli va rangi turlicha, po‘sti odatda silliq bo‘ladi. Leotsiyalarga mansub turlarning ko‘pchiligi tuproqda, yog‘ochda, boshqa organik materiallarda saprotrof hisoblanadi. Ular organik qoldiqlarni parchalashda faol ishtirok etadi.
Monilia - Monilia turkumining zamburug‘lari Rosaceae, Vaccinaceae oilalarga mansub o‘simliklarda tekinho‘rlik qiladi. M. fructigena olma mevasida qora chirishni qo‘zgatadi. Infektsiyani qo‘ng‘izlar tarqatdi, u mevani iste’mol qilganida olma etiga tuxum qo‘yishda konidiyalar ham keladi. Zararlangan joyda qo‘ng‘ir dog‘ payda bo‘ladi u kattalashadi, bir necha kunda olmani hamma joyiga tarqaladi. Zararlangan olma iste’molga yaroqsiz xolga keladi. Sklerotsiylar qorayadi, ular qishlaganidan keyin apotetsiylar hosil bo‘lishi mumkin, biroq ko‘p hollarda zamburug‘ konidiyalarni qaytadan hosil qiladi.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish