Tuban o‘simliklar


Zamburug‘larning o‘sishi va rivojlanishi. Mitselliyning o‘sishi



Download 29,26 Mb.
bet32/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Zamburug‘larning o‘sishi va rivojlanishi. Mitselliyning o‘sishi. Mitseliyni o‘sishi sporani unishidan boshlanadi. O‘simta hali hujayralarga bo‘linmagan, qat’iy ravishda apikal o‘sadi.
Achitqini o‘sishi. Saxoromitset achitqilarni o‘sishida; yadroni mitoz bo‘linishi, kurtak hosil bo‘lishi, kurtakka yadroni o‘tishi, kurtakni ajralishi hamda kattalashuvi ro‘y beradi. Kurtakni ajralishida hitin hosil bo‘lishi ahamiyatli, uni tasirida kurtak ajraladi. Achitqi hujayrasi to‘xtovsiz kurtak hosil qilavermaydi. Eski hujayralar yoshlarida katta, achitqi hujayralarning populyatsiyasida 50%, yosh hujayralar 25% bir marta bo‘linganlar, 12,5% ikkita kurtak hosil qilganlar bo‘ladi. Ko‘p marta kurtak hosil qilgan hujayralar populyatsiyada juda oz bo‘ladi.
Zamburug‘larning jinssiz ko‘payishi. Zamburug‘larning jinssiz ko‘payishi harakatlanadigan va harakatlanmaydigan sporalar yordamida amalga oshadi. Zoosporalarda suvdagi hayoti, suv bilan bog‘liq zamburug‘larda hosil bo‘ladi.
Zamburug‘larning ko‘pchiligi harakatlanmaydigan sporalar bilan bo‘lganligi, ularni qadimdanoq quruqlikka chiqqanligini isbotlaydi. Sporalar endogen sporangiylarda hosil bo‘laganlarini sporangisporalar, ekzogenlarini konidiyalar deyiladi. Sporangiy-larda odatda juda ko‘p (minglab) spora, ayrimlarida sporangiy mayda bo‘lganda (sporangiola) bir nechta yoki hatto bitta bo‘lishi mumkin. Endogenlar ekzogen sporalarning hosil bo‘lishini boshlab bergan.
Konidiyalar zamburug‘larning ko‘pchiligida (askomitsetlar, bazidiomitsetlar, zigomitsetlarning ayrimlarida) hosil bo‘ladi. Takomillashmagan zamburug‘lar (Deuteromycetes) faqat konidi-yalar hosil qilib ko‘payadi. Konidiyalar rangsiz,rangli,bir hujayrali, to‘siqli,bir yoki ko‘pyadroli bo‘lishi mumkin. Ular konidiyaband-larda yuzaga keladi.
Jinsiy ko‘payish. Jinsiy jarayonning eng oddiy gametalarga tabaqalashmagan vegetativ hujayrani somatogamiya deb ataladigan qo‘shilishi hisoblanadi. Bunday jarayon askomitset achitqilarga, bazidiomitsetlarning ko‘pchiligiga va boshqa zamburug‘larga xos. Ba’zan hujayralarni qo‘shilmay uni ichida yadrolari qo‘shilishi bilan o‘tadi.
Ancha murakkab jinsiy jarayonga mitselliyning aloxida qis-mini maxsuslashuvi ularni keyin qo‘shilishi bilan sodir bo‘ladiganni gametangigamiya deyilib, u zigo va askomitsetlarning ko‘p-chiligiga xos. Va nihoyat, zamburug‘larda boshqa eukariotlardagi kabi maxsuslashgan gametaning qo‘shilishi gametogamiya xarakterli.
Izogamiya va geterogamiya jinsiy jarayoni suvo‘tlarga, tuban zamburug‘lardan esa xitridiomitsetlarga xos. Mitoz tarzda o‘tadigan oogamiya zamburug‘larda umuman yo‘q. Hatto oomitsetlarda ham erkak gametalar (spermatozoidlar yoki spermatsitlar) bo‘lmaydi, oogoniydagi tuxum hujayraning xususiy hujayra po‘sti yo‘q va oosfera deb ataladi. Xaltachali zamburug‘larning ayrim turlarida oogoniy bor biroq, anteridiy yo‘q, shu boisdan urug‘lanish gifa yordamida sodir bo‘ladi. Askomitsetlarning boshqalarida va bazidiomitsetlarning zangkuya zamburug‘larida erkak gametalar- spermatsitlar bor, urg‘ochi gametalar yo‘q, ba’zan gametangiylar ham. Ba’zi turlarda spermatsitlar erkak gameta va konidiya (jinssiz ko‘payish) vazifalarini ham bajaradi.
Zamburug‘larning ko‘pchiligi uchun hayoti davomida turlicha ko‘rinishdagi sporalar hosil bo‘ladi, bu holatga pleyomorfizm deyiladi. Masalan, takomillashmagan zamburug‘lardan Fusarium ikki tipdagi konidiyalar – katta, ko‘p hujayrali, o‘roqsimon makrokonidiya va ellips, bir hijayrali mikrokonidiya hosil qiladi. Pleyomorf zamburug‘larda ularning rivojlanishidagi har bir bosqichni o‘zining nomi bor. Aspergill (Aspergillus) va penitsill (Penicillum) qat’iyroq aytganimizda zamburug‘ning nomi emas, ayrim askomitsetlarning anamorflari. Bu zamburug‘larning nomlari (tellomorfa)- Talaromyces, eurotium. YUksak zamburug‘larning anamorflarning majmuyi avvalo askomitsetlarda takomillashmagan zamburug‘lar yoki deyteromitsetlarda guruh hosil qiladi. YAdro davrasida meyoz yo‘qligi tufayli ularni mitotik zamburug‘lar deyiladi.

ZAMBURUG‘LARNING EKOLOGIYASI


Zamburug‘lar hamma joyda suv, tuproq, yog‘och, o‘simlik va hayvonlarning to‘qimalarida tarqalgan. Bunga ularning bir qator xususiyatlari sabab:
1. Zamburug‘larning ko‘pchiligida tarmoqlangan mitseliysi hisobiga hajmining kattaligi atrof muhit bilan bog‘lanish imkoniyatlarining ko‘pligi.
2. O‘sish va ko‘payishning tezligi, ko‘plab miqdorda sporalarni hosil qilishi.
3. Metobolik jarayonlarning atrof muhit omillarining ta’sirida faolligi.
4. Biokimyoviy irsiy o‘zgaruvchanliklarning yuqoriligi natijasida yangi substrat va sharoitlarga tez moslashishi.
5. Noqulay omillarning ta’siri natijasida tinim davriga tez o‘tishi, uzoq muddat davomida shu holatda qolishi, qulay sharoit yuzaga kelganda faol holga o‘ta olishi.
Zamburug‘larning ekologiya jihatidan bunday guruhlash oziqlanish usullariga va yashash muhiti sharoitiga asoslangan. Oziqlanish usuliga ko‘ra: tekinxo‘rlar, simbiontlar, mikoriza hosil qiluvchilar, endofitlar, saprotroflar mavjud.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish