Trentepohlia turkumining vakillari geterotrixal tallomga ega, u substrat bo‘ylab, undan tikkasiga yo‘nalgan tarmoqlangan iplardan iborat. Substrat bo‘ylab o‘rmalovchi qismi rizoidsiz, odatda kalta, aloxida hujayralarga oson ajralib ketadi. Quruqlik sharoitida bo‘lganligi tufayli hujayralari qurg‘oqchilikka chidayoladi. Ular boshqa yashil suvo‘tlarning tinim hujayralarini eslatadi. Ularning hujayrasini po‘sti qalin, qavatli, uning tarkibida sporopolleninga o‘xshash moddalar bor.
Protoplasti vakuolasiz disk yoki tasmasimon xloroplastlari ko‘p miqdorda. Ko‘payishi ko‘pincha vegetativ, ipni bo‘laklarga bo‘linib ketishi bilan amalga oshadi.
Rivojlanishi sferik reduktsiyali gaplobiont tarzda izomorf gallanish bilan o‘tadi. Sporofitda faqat meyosporangiy hosil bo‘ladi, u vegetativ hujayralardan farqlanib kalta band ustida joylashadi. Sporangiylari shamol yordamida tarqalib suvga tushsa darhol, bir necha soniyalarda to‘rt xivchinli zoosporalarni hosil qiladi. Zoosporalar gaploid gametofitlarga aylanadi, ularda gametangiylar hosil bo‘ladi (ayrim turlarida zoosporangiylar ham shakllanadi). SHarsimon gametangiylarda suvli muxitda gametalar paydo bo‘ladi. Gametalarning kopulyatsiyasi kam ro‘y beradi, gametalar partenogenetik rivojlanishi ham mumkin.
Trentepohlia turkumining ko‘plab turlari lishayniklarni fotobiontlari hisoblanadi. Trentepohlila daraxtlarning po‘stloqlari, toshlar, nam tuproqlarda biroz qizg‘ish, jigarrangsimon yoki sarg‘ish tusdagi dog‘larni hosil qiladi.
Kladoforalar – Cladophorales tartibi
Bu tartibning vakillari uchun sifonakladial tuzulma xos. Tallomning hujayralari ko‘p yadroli. Mitoz ulardasitokinez bilan bog‘liq emas. Plazmodesmalari yo‘q. Ko‘ndalang devor plazmolemmadan hosil bo‘ladi. Rivojlanishi gaplodiplobiont sporik reduktsiyali, izomorf gallanish bilan ro‘y beradi. CHuqurda tarqalganlari sifonoksantin pigmentiga ega. Dengizlarda hamda chuchuk suvlarda tarqalgan.
Kladoforalar tartibi 30 ga yaqin turkum va 400 dan ortiqroq turlardan iborat.
Cladophora turkumida tallom xilma-xil ko‘rinishdagi siyrak shoxlangan buta shaklida. YOstiqsimon, sharga o‘xshash va sharsimon ko‘rinishlarda ham bo‘ladi. SHoxlangan iplarining uzunligi bir necha metrlargacha boradi, substratga rizoidi yoki bazal disk orqali birikadi. Hujayralari cho‘zilgansilindr shaklida, elaksimon xromotoforli, ko‘p pirenoidlarga ega.
Cladophora
Kladofora vegetativ bo‘laklarga bo‘linish bilan, jinssiz va jinsiy tarzda ko‘payadi. Rivojlanishi sporik reduktsiyali gaplodiplobiont izomorf gallanish bilan amalga oshadi. Zoosporalari to‘rt xivchinli, gametalari ikki xivchinli, gametangiy va sporangiylari vegetativ hujayralardan farq qilmaydi. Hamma joylarda chuchuk suvlar va dengizlarda ko‘plab biomassa hosil qilib o‘sadi.
Rhizoclonium turkumining suvo‘tlari uzun biroz shoxlangan yoki shoxlanmagan ip ko‘rinishiga ega. Hujayralari uzunasiga cho‘zilgan, ko‘p pirenoidli elaksimon xloroplasti bor. CHuchuk suvlar va dengizlarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |