Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet127/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Qizil suvo‘tlari.
1-Gelidium; 2-CHondris; 3-Rhodomenia; 4-Plumaria

Metofazada xromosomalar metafaza plastinkasini hosil qiladi, ularga urchuq mikronaylari kinetoxorlar yordamida birikadi. YAdro po‘sti yirik tirqishli bo‘lsa ham shundayligicha qoladi, qutblarda teshiqcha hosil bo‘ladi. YAdro va perenuklear endoplazmatik retikulum orasida prenuklear mikronaylar joylashadi.


Qutblararo mikronaylar anafazaning oxirida va telofazani boshlaridagina bo‘ladi. Telofazani oxiriga kelib hosil bo‘lgan yadrolar orasida vakum yuzaga keladi.
Sitokinezsitoplazmatik membranani ichiga botishi tufayli boradi. Vakula o‘rnida oqsilli qopqoq bilan yopiladigan septol tirqish shakllanadi.
Qizil suvo‘tlarning bir hujayrali tuzilganlarida mitoz bir qator xususiyatlarga ega. Ular: perinuklear po‘stning bo‘lmasligi, polyar teshiklarning juda katta bo‘lishi, anafazaning oxirida kinetoxor-lardagi tabaqalashuni sezilarsizligi va ularga bitta mikronayni birikishi.
Qizil suvo‘tlarida tirqishli bog‘lamlarni bo‘lishi boshqalaridan farqlovchi xususiyatlaridan hisoblanadi. Bu tartiblarga bo‘linishida ahamiyatli. Tirqishli bog‘lamlarni ikkita birlamchi va ikkilamchi tiplari bor. Birlamchi hujayra bo‘linib hosil bo‘layotgan ikkita hujayralar orasida. Ikkilamchi ikkita hujayrani o‘zaro qo‘shilayot-ganida yuzaga keladi. Qopqoqchalarni hosil bo‘lishida endoplaz-matik to‘r ishtirok etadi. Uningsisternalari (g‘o‘lacha) septal tirqish-da joylashadi ularda tashqi tomondan qopqoq asosi hosil bo‘ladi. Tirqish qopqog‘ini ichi oqsil bilan to‘ladi. Qopqoqni chekkasi polisaxaridlardan iborat. Qopqog‘chalar kamida 7 hil tipda bo‘ladi.
Qizil suvo‘tlarning ko‘payishi vegetativ, jinssiz, jinsiy tarzda amalga oshadi. Oogam jinssiz ko‘payishida boshqa suvo‘tlarda uchramaydigan bir qator aloxida xususiyatlar bor. Erkak jinsiy hujayra – spermatsiy xivchinsiz suv oqimi bilan urg‘ochi jinsiy organga boradi. Urug‘lanish ro‘y berganidan keyin gonimoblast iplari hosil bo‘ladi, uning hujayralari kriposporangiylarga aylanadi. Gonimoblastlarning to‘plamini gonimokarp deyiladi. Bir qator floridiyalarda gonimokarp po‘st bilan o‘ralgan. Bunday tuzilmani-sistokarp deyiladi. Karposporangiylarda diploid tetrosporalar hosil bo‘ladi. Tetrosporofit va tetrosporangiylarda reduktsion bo‘linish ro‘y beradi. Gaploid tetrasporalar gaploid gametofitga aylanadi. Bunday hayotiy davrda ( bitta gaploid gametofit va ikkita diploid-gaplosporafit va tetrasporofit ) qizil suvo‘tlarning ko‘pchiligida uchraydi, bir qator farqlanishlar ham bor. Bunday o‘ziga xos hayotiy davrda tarixiy taraqqiyot davrida xivchinning yo‘qolishini qoplagan.
Qizil suvo‘tlardagi tetrasporalarning joylanishi turlicha. Qizil suvo‘tlardagi karpogan pasti kengaygan, tepasi cho‘zilgan (tri-xogina) kolbaga o‘xshashdi. Karpogonda ikkita yadro bo‘lib, bittasi-trixoginada joylashgani karpogon etilganidan keyin yo‘q bo‘lib ketadi. Ikkinchi karpogan pastida joylashgani urg‘ochi gameta vazifasini bajaradi. Karpogan qizil suvo‘tlarning ko‘pchi-ligida karpogen shoxchalarida hosil bo‘ladi, ular ko‘pchilik qizil suvo‘tlarda rangsiz bo‘ladi.
Spermatsitlar spermatangiylarda bittadan hosil bo‘ladi. YOsh spermatangiylarda yadro apikal qismida joylashadi. Etilgan spermatsiy bir hujayrali, uni qattiq po‘sti yo‘q, shilimshiq bilan o‘ralgan, xloroplastlari bo‘lishi mumkin.
Spermatsiy suv oqimi bilan trixoginaga borib to‘qnashganidan keyin hujayra devori eriydi. Erkak yadro trixoginadagi kanal orqali o‘tib karpogondagi gaploid yadro bilan qo‘shiladi. Gonimokarpning keyingi rivojlanashi qizil suvo‘tlardan ( karposporofitda ) turlicha tarzda o‘tadi. Avvalo gonimoblastning iplari karpogonning kirish qismidan bevosita rivojlanishi mumkin. Ikkinchidan ko‘pchilik qizil suvo‘tlarda gonimoblastlar ko‘shimcha vegetativ hujayralar – auksillyarlarsiz rivojlanishi mumkin.
Qizil suvo‘tlarning ekologiyasi va ahamiyati ham etiborga loyiq. Hozir fanga malum bo‘lgan qizil suvo‘tlarning anchagina ko‘pchiligi dengizlarda tarqalgan, ular Dunyo okeanining barcha dengizlarida bor va faqat 200 ga yaqin turlarigina chuchuk suv havzalar: daryo, ko‘llarda uchraydi.
Qizil suvo‘tlar hujayralarining tarkibida qo‘shimcha qizil pigmentlari tufayli ancha chuqurliklargacha ( 100-200 m ) tushib o‘saoladi. Ular hosil qilgan o‘tloqlar ko‘p hollarda 20-40 metrlarda tugaydi. Ular litoralda ayniqsa ko‘p. Ayrim bagryankalar suv urilib, sachrab turadigan joylarda ham o‘sishga moslashgan. Qizil suvo‘tlarning orasida quruqlik sharoitida tarqalganlari oz bo‘lsa ham bor.
Dengizlarda qizil suvo‘tlar hamma joylarda uchraydi. Ular qoyalar, katta toshlar, shag‘alda suniy qurulmalar, boshqa o‘simliklar ustida va dengiz xayvonlarining qattiq sovutlarida ham o‘sadi. Bagryankalarning ko‘pchiligi boshqa suvo‘tlarning shu jumladan qizillarning ustida ham o‘sadi. Bunday epifitlarning orasida obligatlari ham bor, masalan, Polysiphonia lanosa qo‘ng‘ir suvo‘t Ascophyllum ustida o‘sadi. Polysiphonia – obligat epifit boshqa tekinxo‘rlardan farqlanib u xujayindan oziq moddalarni olmaydi, u o‘ziga zarur oziq moddalarni fotosintez hisobiga hosil qiladi.
Bagryankalar orasida xaqiqiy tekinxo‘r, chala tekinxo‘r hayot kechiradiganlari, xo‘jayin hisobiga oziqlanadiganlari ham bor. Qizil suvo‘tlar orasida adelfotekinxo‘rlar yani taksonamiya jihatidan o‘zining xo‘jayini bilan bog‘langanlari va allotekinxo‘rlar-o‘zining xo‘jayinniga taksanomik bog‘lanmaganlari ham mavjud. Adelfote-kinxo‘r hayot kechiradigan qizil suvo‘tlarning gratsilyariyalar, gigartinalar, plokamiyalar, rodumeniyalar tartiblarining suvo‘tlari orasida uchraydi.
Qizil suvo‘tlar dengizlarning ekotuzulmasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular birlamchi maxsulot yaratuvchi va dengizdagi boshqa organizmlar uchun qarargoh hisoblanadi. Qizil suvo‘tlardan odamlar o‘zlarining turmushlarida keng foydalanadilar. Oziq maxsuloti sifatida butun dunyoda Bangia, Porphyra, Dermonema, Asparagopsis, Grateloupia, Gigartinia turkumlaridan foydalaniladi.
Qizil suvo‘tlar poligalaktanlar – agar, agaroza, karraginan hosil qiladi. Agar – agarofit suvo‘tlar – Gelidium, Gracilaria, Pterocla-dium turkumlariga mansublaridan olinadi. Hozirgi kunda agar ishlab chiqaruvchi mamlakat YAponiyada XVII asrdan boshlab har yili butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqariladiganning yarmi 3500 tonna agar olinadi.
Agar mikrobiologik tadqiqotlarida katta ahamiyatga ega. 1-2% agar solingan oziq moddalar bakteriyalar, zamburug‘lar uchun foydalaniladi. Agar zaharsiz bo‘lganligidan undan oziq-ovqat sanoatida marmelat, qo‘yiq murabbo-jem, mayonez tayyorlashda, go‘sht va baliqlarni konservalashda foydalaniladi.
Karraganinlar CHondrus, Mastocarpa ustellatus turlaridan olinadi. Bu maqsadlar uchun Fillipin mamlakatida eucheuma va Kappaphyces turkumlarining suvo‘tlari maxsus ko‘paytiriladi. Bir yilda 13 ming tonnaga yaqin karraginanlar olinib uning yarmidan ko‘prog‘i Evropaga, qolganlari boshqa mamlakatlarga yuboriladi. Karroginan zaharsiz shu boisdan undan oziq-ovqat sanoatida, ziynatda, to‘qimachilikda foydalaniladi. U antivirus, antikoagulyant, yazvaga qarshi yaxshi xususiyatga ega.
Qizil suvo‘tlar eng qadimgi guruh organizmlar. Qizil suvo‘t-larning orasida toshkotgan qoldiqlar koralllar orasida malum. Solenoporaceae (to‘la qirilib ketgan) oilasining vakillari dastlab kembriyda paydo bo‘lib ordovikda ko‘p o‘sgan. Qorallin suvo‘t-larning mustaqil holda o‘sadiganlari qazilma va xozirgi rodolitlar holatida malum. Ular okeanlarning 50-200 m chuqurliklarida keng tarqalgan, sekin o‘sishi 800 yil va undan ko‘proq muddatlarda 30 sm gacha etadi xolos. Ayrim rodolitlarning yoshi radiouglerod usuli bilan aniqlanilishicha 13 ming yildan ortiqroqni tashkil qiladi.
Keyingi yillarda qizil suvo‘tlarni yashil suvo‘tlarning bir guruhi deb qaralmoqda. Bunga ularning tashqi molekulyar darajadagi tuzilishi asos qilib olinmoqda. Qizil suvo‘tlarning filogenetikasiga qaralganda ultratuzilish va molekulyar darajada bangiyalar – parafiletik shu bilan bir paytda floridieyalar monofilik guruh.
Bangiyalarga uzoq vaktlar davomida teshik bog‘lamlarini, apikal o‘sish va jinsiy rivojlanishning yo‘qligi harakterli deb hisoblanilar edi. SHu bilan bir paytda floridieyalar teshik bog‘lamlariga, apikal o‘sish va uch bosqichli hayotiy davraga ega deb qaralib kelingan. Biroq bir qator bangiyalarda (rodoxetalar, bangiyalar) teshik bog‘lamlarini, apikal o‘sishi va jinsiy rivojlanishi aniqlangan. SHu bilan bir paytda barcha floridiyalarda apikal o‘sish yo‘qligi (masalan, qorallinalarda), hammasida ham uch bosqichli hayotiy davra mavjud emasligi (masalan, batraxospermumlarda) aniqlangan.
Qizil suvo‘tlardagi nukleotidlarni o‘rganish natijasida ularni ikki guruhga: bittasi faqatsianidieyalarni, boshqasi barcha qizil suvo‘tlarni o‘z ichiga oladi.
Tom manodagi Rhodophyta bo‘limi 670 dan ko‘proq turkumlardan iborat 2500-6000 turlarni o‘z ichiga olgan. Qizil suvo‘tlarni ananaviy tarzda ikkita sinfga: Bangiophyceae va Florideophyce bo‘linadi. G.R. Sauders va M.H. Hommersand (2004) sistemasi bo‘yicha qizil suvo‘tlarni kichik olam darajasida qaraladi bu holatda yuqoridagi ikkita sinf bo‘lim deb etibor etiladi. Biz ushbu kitobimizda Moskva davlat universiteti, Kiev, Gomel universitetlarida qabul qilinib talabalarga bayon etilaetgani Rhopdophyta bo‘limi ikkita: Cyanidiophytina kenja bo‘limi unga bitta Cyanidiophyceae sinfi, Rhodophytina kenja bo‘limi: 4ta sinf - Rhodellophyceae, Compsopogonophyceae, Bangiophyceae va Rhodymeniophyceae (Florideophyceae) qabul qildik.

Sianidofitsalar – Cyanidiophyceae sinfi


Bu sinfga bir hujayrali yo‘g‘on hujayra po‘stli, endosporalar yordamida ko‘payadigan qizil suvo‘tlar kiradi. Ular ekstermal sharoit – oltingurgutli qaynoq buloqlar, RN 0,5 dan 3 gacha va harorat 56 S bo‘lgan sharoitlarda, ayrimlari geterotroflikka moyillar kiradi. Sinf bitta tartibdan iborat.

Sianidiyalar – Cyanidiales tartibi


Tartibning tavsifi sinfdagi takrorlandi. Cyanidium turkumiga mansub vakillar faqat avtotrof o‘sadi. C. saldarium turining xloroplast genomi o‘rganilganda u eng qadimgi xloroplast genomi bo‘lishi mumkinligi aniqlangan. Qizil suvo‘tlarning boshqalaridagi xloroplast genom bilan qiyoslanganda unda bir nechta unikal genlar borligi ulardan beshtasi bakteriya hujayrasining sintezida ishtirok etishi va bu suvo‘t xloroplastlarini issiq muhit sharoitiga chidam-ligini taminlashni; ikkita gen fotosintezni sho‘r tasiriga moslanishda ahamiyatli deb hisoblaniladi. Bu genlar mazkur suvo‘t turini ekspermal sharoitlarda yashashda zarur deb hisoblaniladi.
Bu turkumdan Galdieria turkumining taksonlari geterotro-fiyaligi ular 27 ga yaqin turli qandlar va spirt eritmalar bilan oziqlanishi malum bo‘lgan.

Rodellofitsalar – Rhodellophyceae sinfi


Sinf Rhodella (grek. Rhodon – pushti) turkumi nomi bilan nomlangan. Bir hujayrali va koloniya hosil qilgan vakillarida plastidlarining morfologiyasi turlicha: Porrhyridium, Dixoniella, Rhodella, CHroodactylon, Stylonema turkumlarida xloroplast yulduzsimon, pirenoidli, Rhodosorus turkumida xloroplast kosa-simon, pirenoidli, Goniothrichopsis turkumida disksimon xloro-plastlar pirenoidlar, Golji apparati endoplazmatik to‘r, mitoxond-riyalar, yadro bilan bog‘langan. Jinsiy ko‘payish malum emas.

Porfiridiyalar – Porphyridiales tartibi


Bir hujayrali va koloniya hosil qilgan organizmlar. Golji apparati endoplazmatik to‘r va mitoxondriyalar bilan bog‘langan. Xloroplastlarida uni o‘ragan periferik tilakoid yo‘q.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish