Tuban o‘simliklar


Cystosira va Delesseria qizil suvo‘tlari



Download 29,26 Mb.
bet126/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Cystosira va Delesseria qizil suvo‘tlari.

Xloroplastlar qizil suvo‘tlarda turlicha shakllarga ega. Ko‘pchi-ligida ularsitoplazmaning chekkasi bo‘ylab parital joylashgan. Plastidlarni shakli disk yoki tasmaga o‘xshash. Bir necha turkumlarida xloroplastlar yulduzcha shaklida, ular hujayraning o‘rtasida joylashgan. Xloroplastlarning shakli bitta suvo‘tning o‘zida ham cho‘ziq, tasma, disk ko‘rinishlarda ham bo‘ladi. Xloro-plastlarning shakli suvo‘tning yoshiga hujayraning o‘lchamlariga bog‘liq holda yoritilish, aeratsiya bilan ham o‘zgarishi mumkin. Qizil suvo‘tlarning ayrimlaridagi xloroplastlarda pirenoidlar ham bor, ularning vazifalari haqida hozircha malumotlar yo‘q.


Har bir xloroplast o‘zining hususiy ikki qavat membranasi bilan o‘ralgan. Tilakoidlar glaukotsistofitlardagi kabi bittadan teng masofada joylashgan, to‘plam hosil qilmaydi.
Xlorofillardan qizil suvo‘tlarning plastidlarida xlorofill a mavjud holos, u qo‘shimcha pigmentlar-qizil fikoeritrin, ko‘k fikotsianin va allofikotsianin bilan qoplangan. Bu fikobilinlar tilakoidlar yuzasidagi yarimsferik, yarimdisk fikobilisamalarda joylashgan.
Fikoeritrin qizil suvo‘tlarda xech bo‘lmaganda 5 ko‘rinishda ( v-fikoeritrin I va II, R-fikoeritrin I, II va III ) bo‘lib ular yorug‘likni yutish bilan farqlanadi. Barcha besh tip qizil suvo‘tlarning turli guruhlarida turlicha miqdorda tarqalgan. Fikotsianin R-va C-fikotsianinlar holida bo‘ladi. CHuchuk suvlarda tarqalgan qizil suvo‘tlarda fikotsianin ko‘p bo‘lganligidan ular havorang-yashil tusga ega. Kuchli yoritilgan joylarda tarqalgan qizil suvo‘tlar sariq, jigarrang yoki qora ranglarda bo‘lishi, ularning hujayralarida yorug‘likdan ximoyalovchi turli karatinoidlarning bo‘lishi bilan bog‘liq. Fikobilin pigmentlar suvda eriydi.
Qo‘shimcha pigmentlardan muhimlari bo‘lib b-va v-karotin, lyutein va zeaksantin hisoblanadi. Bazi turkumlarga mansub qizil suvo‘tlarda anteraksantin, vialoksantin, b-va v-kriptoksantin ham bor.
Xloroplastdagi DNK diametri 1-2 mkm keladigan nukleotidlar xolida xloroplast bo‘ylab tarqalgan.
Qizil suvo‘tlardagi g‘amlangan maxsulot – bagryanka kraxmali ( b-1,4 bog‘langan glyukon ). YAshil suvo‘tlardagidan farqlanib uning donalari xloroplastlarda emas,sitoplazmada to‘planadi. YOdning tasirida qizil rangga kiruvchi bagryanka kraxmali tarmoqlanmagan amilozadan iborat.
Qizil suvo‘tlarda ro‘y beradigan fotosintezning muhim maxsuloti bo‘lib quyi molekulali uglevodorod florizid hisoblanadi. Uning miqdori ayrim vakillarning tallomlarida quruq og‘irligiga nisbatan 10% gachani tashkil qiladi. U hujayrada osmoregulyatsiya vazifasini bajaradi. Florizid qizil suvo‘tlaridan tashqari ko‘k-yashil va kriptofitlarda ham uchraydi. Uning kontsentratsiyasi muhitda sho‘rlanishni ortishi bilan ko‘payadi. Qizil suvo‘tlarning ayrimlari ko‘p atomli spirtlarni ham g‘amlaydi.
Qizil suvo‘tlarning hujayrasini devori amorf matriks va fibrillardan iborat. Hujayra devoriga mustahkamliknisellyulozadan fibrillar beradi. Bangia va Porphyra turkumlarida hujayra devori-ning fibrillyar qismi v-1,3 bog‘langan ksilandan (ksiloza polime-ridan ), amorf qism mannanlardan iborat.
Polisaxarid amorf matriksdagi eng muhim modda bo‘lib agar, agarod, karraginan hisoblanadi. Bu moddalarni qaynoq suv bilan ajratish mumkin. Ular hujayra devorining quruq massa hisobida 70% gachasini tashkil qiladi. Bir qator qo‘ng‘ir suvo‘tlarda hujayrasining devorida asosan oqsildan iborat kutikula ham bo‘ladi.
Qizil suvo‘tlarning ko‘payishida mitoz, meyoz vasitokinez ro‘y beradi. Elektron mikroskop yordamida qizil suvo‘tlardagi yadroni bo‘linishi ko‘plab turkumlarga mansublarida o‘rganilgan. Ularda ro‘y beradigan mitoz yarimyopiq atsentrik tipga mansub. Polysi-phonia turkumiga mansub suvo‘tlar misolida profazaning dastlabki davrida qutbning bir tomonida to‘q rangdagi polyar xalqa ko‘rinishdagi tuzilma hosil bo‘ladi. Boshqa polyar xalqa karama-karshi qutbdagi yadro atrofiga ko‘chadi. Profazaning ohirida polyar halqa bo‘lg‘usi urchuq qutbida joylashadi. Bu joyda mikronaylar hosil bo‘la boshlaydi. YAdroni atrofida prenuklear endoplazmatik retikulum rivojlanadi, bu davrda yadrocha yo‘qoladi.



Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish