Glaukosistofitlar.
YUqorida chapda Cyanofora; o‘ngda Glaucocystis;
pastda Glaeochaete
Glaukotsistofitlarning hujayra membranasini ostida yassilangan vezikulalar (alveola) bor. Ayrim vakillarida ular tangachasimon tuzilmali, boshqalarida fibrillyar material, uchunchilarda vezikula bo‘lishi mumkin. Burday tuzilmalar dinofitalarning hujayralarini atrofi bo‘ylab bor. Glaukotsistofitlarning tallomi kokkoid tuzilishli hujayrasining devoridasellyuloza mavjud.
Monad tuzilishlilarning oldingi tomonida uzunligi teng bo‘lmagan ikkita xivchini bor. Glaukotsistofitlardagi xivchin eukariotlardagi kabi tuzilishli. Ularning yuzasida ikki qator ayrim suvo‘tlarning xujaydalaridagi xivchinlardagini eslatadigan ingichka, nafis tuklar bor. Xivchinning asosidagi mikronaylar ayrim yashil suvo‘tlardagi kabi qo‘shuv alomati qo‘rinishida joylashgan. Ayrim turlarida haralardagi kabi ko‘p qavatli tuzilma bor. Xivchin apparatidagi bu tuzilishlar glaukotsistofitlarni yashil suvo‘tlar bilan qarindoshchiliklarni hosil qilmaydi.
Glaukotsistofitlarda plastidlar yumaloq yoki ellipis shaklida. U ikkita membrana bilan o‘ralgan, ularni orasida mureindan iborat qavat bor.
Tilakoidlarini tashqi yuzasida fikobilisomalar bor. Ularda fikoeritrin va ko‘k-yashil suvo‘tlarga xos yo‘q. Karotinoidlari v-karotin, zeaksantin va v-krintoksantinlardan iborat.
Plastidlapning o‘rtasida bittadan yoki bir nechtadan katta karboksisomalar polifosfat donalari bor.
Glaukotsistofitlar yadrosidagi genlarning filogenetik jihatlariga ko‘ra monofitlardir.
Glaukotsistofitlarning xloroplastlarini filogenetik taxlili umumiy ajdoddan monofilitik tareda ajralganligini ko‘rsatgan. Ularning xloroplastlarisianobakteriyalar va boshqa suvo‘tlarning xloroplastlari orasida evolyutsiyasi bo‘yicha joylashgan.
Cyanophora turkumida hujayralari ikkita o‘zaro teng bo‘lmagan xivchinli. Ular hujayraning oldingi qismidan, bittasi oldinga, ikkinchisi orqaga yo‘nalgan. Hujayrada ikkita yumoloqlashgan plastid qo‘rinib turadi. Salbiy fototaksislik bor ( kuchli yorug‘likdan qochadi ).
Glaucocystis turkumida yosh hujayralar koloniya hosil qiladi. Har bir hujayraning ichida ikki guruh plastidlar bor. Hujayralarida reduktsiyalashgan ikkita xivchin aniqlangan. Suvida kaltsiy tuzlari kam bo‘lgan ko‘llarda tarqalgan.
Gloeochaete turkumida hujayralari bittadan yoki koloniya hosil qilgan ( 2-4 hujayrali ). Hujayralari yumaloqlashgan, har biri ikkitadan uzun ingichka tukli, ularda mikronaylar yo‘q. Bunday o‘xshash tuklar yashil suvo‘tlardan tetrasporalarda bo‘lib ilgari shu turkumga mansub deb hisoblangan. Hujayralari shilimshiq ichida joylashib turli predmentlarga birikkan holda bo‘ladi. Xujayrisining devoridasellyuloza yo‘q. Plastidlari kosasimon tuzilishli. Zoosporalar hosil qilib jinssiz ko‘payadi.
QIZIL SUVO‘TLAR - RHODOPHYTA BO‘LIMI
Qizil suvo‘tlar quyidagi umumiy tavsiflarga ega.
1. Bir hujayrali, koloniya hosil qilgan va ko‘p hujayrali organizmlar bo‘lib tallomli kokkoid, ip, geterotrixial psevdopa-renximatoz va parenxima tuzulishli.
2. Hayotiy davrida xivchinli bosqich hosil qilmaydi.
3. Xloroplastlarini po‘sti qo‘sh membranali, xloroplastga xos endoplazmatik to‘r yo‘q. Tilakoidlari bittadan. Xloroplastdagi DNK xloroplast stromasi bo‘ylab tarqalgan kichik nukleotidlar holida.
4. Xlorofillardan faqat xlorofill a bor. Qo‘shimcha fikoeritrin va allofikotsianin, fikotsianin pigmentlar fikobilisomalarda jamlangan, turli karotinoidlar bor.
5. Asosiy g‘amlangan mahsulot – "bagryanka" kraxmalisitoplazmada to‘planadi.
6. Mitoxondriylar yassilangan kristli.
7. Mitoz yarimyopiq ro‘y beradisentrolasiz.
8. Hujayrasining devori ko‘p hollardasellyulozali va pektin moddalar – agar, karraginan, agarozadan iborat.
9. Hujayralararo tirqishlar bor.
10. Hayotiy davri gaplo-diplobion tarzda ro‘y beradi undan ikkitasi diploidli.
11. Asosan dengizlarda birikib tarqalgan, qisman chuchuk suvlarda ham uchraydi.
Qizil suvo‘tlarning ko‘pchiligi ko‘p hujayrali murakkab tuzilishli organizmlar. Ayrimlargina eng sodda tuzilganlari bir hujayrali yoki koloniya hosil qilgan tallomlilar. Bargryankalarning tanasini shakli juda hilma-hil: ipsimon ( soch tolasi kabi ), yaxlit yassiyaproq yoki murakkab tarzda bo‘laklarga bo‘lingan, qirrasi bo‘ylab joylashgan o‘simtali,silindr (tig‘iz yoki g‘ovak), quyqasimon, korallsimon ko‘rinishlarga ega. Qizil suvo‘tlarning ko‘pchiligi psevdoparenximatoz tuzilishli.
Do'stlaringiz bilan baham: |