Tuganak bakteriya kulturasi uzoq vaqt sun‘iy ozuqa muhitida saqlagan bo’lsa, ularning aktivligi doimo past bo’ladi. Masalan, beda o’simligiga aktiv va noaktiv shtammlar yuqtirilsa aktiv shtamm yuqtirilgan beda noaktiv shtamm yuqtirilgan bedaga qaraganda bir necha barobar ham buyi, ham vazni jihatidan ancha yaxshi rivojlangan bo’ladi. Tuganaklarning tabiiy rangi doimo pushti bo’ladi. Bu rangni ularga leggemoglobin moddasi beradi. Leggemoglobin azot o’zlashtirishga yordam beradi, oksidlanish — qaytarilish reaktsiyalarini bir darajada ushlab turadi. Noaktiv tuganak bakteriyalardan hosil bo’lgan tuganaklarning ranggi ko’kimtir bo’ladi, chunki ularda leggemoglobin juda kam. Aktiv kultura tomondan hosil qilingan tuganak tuqimasini izoelektirik nuqtasi 3 4 rN da, noaktiv kulturaniki esa pH 6—6,5 da bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |