Qattiq oziqa Muhitida rangsiz, shilimshiqli, usti gadir —budir, notekis koloniyalar hosil bo’ladi. Azot manbai sifatida ammoniy tuzlari, azot kislota tuzlari, aminokislotalar, purin va pirimidin asoslarni ishlatiladi. Odatdagi ozuqa Muhitida, tuganak bakteriyalarni sof kulturalari erkin azotni o’zlashtirmaydi. Keyingi vaqtda o’tkazilgan tadqiqotlarda maxsus ozuqa Muhitida, kislorodsiz sharoitda ustirilgan Rizobium avlodini sof kulturalarining molekulyar azotni o’zlashtira olishi kuzatilgan. Tuganak bakteriyalar uglevodlar, polisaharidlar, organik kislotalar va spirtlarni o’zlashtirib kislotalar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |