Tuganaklar ichida yoki oziqa Muhitida, bu bakteriyalar qarishi bilan yug’on, shoxlangan, noksimon, ba‘zan oval formalar hosil qiladi. Ular odatda tuganak bakteriyalardan ancha katta bo’ladi va bakterioidlar deb ataladi. Bakterioidlar ko’payish kobiliyatini yukotgan, harakatsiz formalardir. Ba‘zi olimlar bo’lakrni boshqacha nom, ya‘ni involyutsion forma deb ham atashadi. Tuganak bakteriyalar bakterioid formasiga o’tgandan so’ng ularda azot o’zlashtirish juda kuchli ketadi. Har xil o’simliklarining tuganak bakteriyalari sun‘iy ozuqa Muhitida har xil tezlikda usadi. Beda, kashkar beda, loviya tuganak bakteriyalari bunday Muhitda tez ussa, soya, yer yongok, lyupin, vigna kabi dukkakli o’simliklarning tuganak bakteriyalari ancha sekin usadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |