Epidemiologiyasi - Tabiatda qo‘zg‘atuvchining yagona rezervuari kemiruvchilar — kalam ushlar va sichqonlar hisoblanadi. Kemiruvchilarda Muzer rikketsiyalari tashqi muhitga siydik bilan ajraladi. Kasallikning asosiy sababchilari kalamush burgalarid ir. R ikketsiyalar zararlangan burgalar ichagida k o ‘payadi va najaslari bilan tashqariga chiqadi. O dam ga kasallik alim entar yo‘l, ya’ni kasal kem im vchilarning siydigi bilan ifloslangan m ahsulotlarni yeganda yuqadi. Rikketsiyalarga ega b o ‘lgan kassallik tarqatuvchilar (burgalar)ning fekaliyalarini zararlangan (shikastlangan) teriga surkalishi orqali ham kasallik yuqtirish m um kin. Zararlangan burgalar chaqishi sababli kasallik bevosita yuqm aydi, a m m o kanalar c h a q q an id a yuqishi mumkin. O dam dan odamga q o ‘zg‘atuvchi o ‘tmaydi. K alam ushlardan yuqadigan rikketsioz yirik port shaharlarida ( 0 ‘rta yer dengizi, Qora dengiz, Kaspiy dengiz qirg‘oqlarida va b.) u chraydi. U yda ham kasallikni rikketsiyalar bilan zararlangan kalam ushlar va sichqonlardan yuqtirish mumkin.
- Muzer va Provaseka rikketsiyalarining biologik o ‘xshashlik xususiyatlari kalamushlardan yuqadigan rikketsiozlar bilan epidem ik toshm ali tif kasalliklari patogenezi va patomorfologik belgilari bilan bir xildir. 0‘lim hollari kam uchrashi tufayli patologoanatomik o‘zgarishlar kam o‘rganilgan.
Klinikasi - Yashirin davr o ‘rtacha 8— 12 kun davom etadi. Kasallik um um iy holsizlik, bosh og‘rigbi va ko'ngil aynishidan boshlanadi. Bobg‘imlarda, mushak va belda og‘riq kuzatiladi. Shundan keyin tana harorati birdaniga yoki asta-sekinlik bilan k o ‘tarilishi m um kin. Kasallikning 1-haftasining oxirlariga borib harorat 38—40°C ga yetadi. Harorat egri chizig‘i doimiy yoki remittirlovchi turga ega. Isitma 2 haftagacha cho‘zilishi mumkin. Harorat lizis shaklida tushadi. Kasallikning 6—7-kuni terida xarakterli toshm alar paydo b o ‘ladi. U lar asosan k o ‘krakda, yuzda, yelkada, qorinda, q o ‘l-oyoqlarda, kaft va panjalarda paydo b o ‘ladi, bu belgilar kalamushdan yuqadigan rikketsiozni epidem ik toshm ali tifdan farqlashga yordam beradi. Ayrim bemorlarda toshm a juda ko‘p toshadi. Kasallik boshlanishida toshm a rozeola xarakterida bo‘ladi; toshmaning diametri 2—5 m m ni tashkil qiladi. Keyinchalik u papulez, b a ’zida petexial toshm aga aylanadi. Toshma 7—10 kun davomida saqlanib turadi. U yo‘qolganda pigmentatsiya hosil b o ‘lmaydi. 25% bemorlarga toshm a toshmaydi. Nerv sistemasi kam zararlanadi. Yurak-qon tomirlar sistemasida bradikardiya, ba’zan gipotoniya aniqlanadi. Nafas a ’zolari sistemasida bronxit kuzatilishi m um kin. Jigar va taloq odatda kattalashmaydi. A soratlar va residivlar kuzatilm aydi. K alam ushdan yuqadigan rikketsiozda kasallik ko‘pincha sog‘ayish bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |