8 .2-rasm. Laboratoriya qurilmasini sxemasi.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarning afzalliklari: ixcham, gidravlik qarshiliklari katta emas, shuning uchun ikkala agentlarning tezligini katta qilish mumkin, natijada issiqlik o‘tkazish koeffitsiyentini oshirish mumkin.
Kamchiliklari: katta bosimlarga bardosh bera olmaydi, isitkichlar tuzatilgandan keyin (qistirmalarning soni ko‘p bo‘lgani uchun) tegishli zichlikni xosil qilish qiyin.
G‘ilofli issiqlik almashinish qurilmalari konstruktiv jixatdan sodda, kuzatish
va tuzatish qulay.
Ishni bajarishdan maqsad:
Ish o‘tkazishdan maqsad, “truba ichida truba” tipidagi issiqlik almashinish qurilmasida isituvchi agentdan sovutuvchi agentga issiqlik o‘tkazish koeffitsiyentini aniqlash.
Ishni bajarish tartibi
8.2 - rasmda tajriba o‘tkazish qurilmasi tasvirlangan. Eksperimental qurilma naporli bak 1, “truba ichida truba” tipidagi issiqlik almashinish qurilmasi 2, suyuqliklarning sarfini o‘lchaydigan rotametrlar 3, 4 va temperatura o‘lchash asbobi 5 lardan iborat. Isituvchi agent sifatida issiq suv (60-800C) ishlatiladi va u isitkichning ichki trubasiga yo‘naltiriladi. Sovituvchi agent sifatida sovuq suv (9-150C) ishlatiladi va u isitkichning trubalararo bo‘shlig‘iga yuboriladi.
Issiqlik o‘tkazish koeffitsiyenti tajriba qurilmasida quyidagi tartibda aniqlanadi:
Naporli bak 1 issiq suv bilan to‘ldiriladi va uning temperaturasi (t1) o‘lchanadi. So‘ngra issiq suv almashinish jarayoniga yuborilib, rotametr yordamida sarfi (V1) aniqlanadi. Krandan kelayotgan sovuq suvning temperaturasi (t1/) aniqlanadi va isitkichga yuborilib, uning sarfi (V2) rotametr yordamida topiladi. 30 daqiqadan keyin issiq (t2) va sovuq (t2/) agentlarning temperaturasi isitkichdan chiqish paytida o‘lchanadi.
Tajriba natijalarini hisoblash
Issiqlik o‘tkazish koeffitsiyentlarining tajribadan olingan qiymatlari issiqlik o‘tkazishning asosiy tenglamasi orqali topiladi
F – devorning yuzasi,
bu yerda Q1 – issiq suvdagi issiqlik miqdori, Vt; Q2 – sovuq suvdagi issiqlik miqdori, Vt; c1, c2 – o‘rtacha temperaturadagi issiq va sovuq suvning solishtirma issiqlik sig‘imi koeffitsiyenti, J/kg·K.
Issiqlik o‘tkazish koeffitsiyenti K ning hisobiy qiymatini quyidagi tenglamadan topiladi:
, [ ]
bu yerda – truba devorining qalinligi; – issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti.
So‘ngra, tajribaviy va hisobiy issiqlik o‘tkazish koeffitsiyentlar taqqoslanib, tajribaning xatosi % larda aniqlanadi.
8-1 jadval
Issiq suv sarfi
|
Sovuq suv sarfi
|
Issiq suvning isitkichga kirish paytidagi temperaturasi
t1, 0C
|
Issiq suvning isitkichdan chiqish paytidagi temperaturasi
t2, 0C
|
Sovuq suvning isitkichga kirish paytidagi temperaturasi
t1/, 0C
|
Sovuq suvning isitkichdan chiish paytidagi temperaturasi
t2/, 0C
|
Issiqlik o‘tkazish koeffitsiyenti
K,
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat uchun savollar:
1.Issiqlik o‘tkazish jarayonining fizik asosi.
2.Issiqlik o‘tkazishning asosiy qonuni, uning fizik ma’nosi.
3.Issiqlik o‘tkazish koeffitsiyenti va uning fizik ma’nosi.
4.Issiqlik tashuvchi agentlarning harakat yo‘nalishi va issiqlik almashinish jarayonini harakatga keltiruvchi kuchini aniqlash.
5.Issiqlik almashinish qurilmalarning ishlash prinsipi va konstruksiyasi (qobiq trubali, zmeevikli, plastinali va b.).
6.Issiqlik almashinish qurilmalarining solishtirma xarakteristikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |